So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

Bunisi qiziq bo'ldi: FIFA so'rovnomasidagi "g'alati" ovozlar Yangiliklar

Bunisi qiziq bo'ldi: FIFA so'rovnomasidagi "g'alati" ovozlar

Teglar :  FIFA
Xabaringiz bor, kecha FIFA eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Ushbu so'rovnomada tashkilotga azo mamlakatning uch nafar vakili ovoz bergan: futbolchi, murabbiy va mahalliy jurnalist.

So'rovnoma yakunlariga ko'ra Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi, Zinedin Zidan esa eng yaxshi murabbiy deb topildi. Ushbu yo'lda Ronalduga Messi, Neymar kabi futbolchilar raqobat tug'dirishgan bo'lsa, Zidanga Konte, Allegri kabi murabbiylar asosiy raqib bo'lishdi.

Lekin, shunday holatlar bo'ldiki, bazi ovozlarda adekvatlik emas, muxlis bo'lib ovoz berilgan. Biz mana shunday ovozlarni yig'ib, sizlarga taqdim etmoqchimiz.

Rossiyalik darvozabon Igor Akinfeev o'z ovoziga CHili futbolchisi Arturo Vidalni kiritdi.

Uning ovozlari quyidagicha bo'ldi: 1.Krishtianu Ronaldu. 2.Vidal. 3.Buffon.


Mourinoning muxlislari

Portugaliyalik murabbiyga Kuka Orollari, Gvineya-Bisau va Nepal azolari ovoz berganlar.

SHotlandiyalik jurnalist Dankan Kasls esa Mourinoni yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida qayd etgan. Kaslsni Mourinoning ashaddiy muxlisi ekanligini Britaniyada barcha biladi. Uning ovozlari quyidagicha bo'ldi:

1.Mourinyu. 2.Zidan. 3.Jardim.



Do'stlariga sodiq Messi va Levandovski

Polsha terma jamoasi sardori Robert Levandovski Karlo Anchelottini yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida qayd etdi. Sen o'z murabbiyingni eng yaxshi deb takidlasangu, yakunda u so'rovnoma natijalari elon qilinmasdan istefoga chiqariladi.

Levandovskining ovozi (murabbiylar): 1.Anchelotti. 2.Zidan. 3.Lev.


Lionel Messi esa birinchi va ikkinchi o'rinlarni "Barselona"da birga ishlagan murabbiylariga bergan. Uchinchi o'ringa esa vatandoshini loyiq ko'rgan.

Messining ovozlari (murabbiylar): 1.Luis Enrike. 2.Gvardiola. 3.Simeone.


Bazilar esa murabbiylar so'rovnomasiga qanday princip asosiga ovoz berganliklarini tushunmadik:

Lima Sola (Andorra terma jamoasi sardori): 1.Pokettino. 2.Gvardiola. 3.Anchelotti.

Martin Kopman (Aruba terma jamoasi murabbiyi): 1.Simeone. 2.Gvardola. 3.Tite.

Igor Kruiushenko (Belorus terma jamoasi murabbiyi): 1.Pokettino. 2.Anchelotti. 3.Konte.

Namgay Zama (Butan terma jamoasi murabbiyi): 1.Luis Enrike. 2.Jardim. 3.Allegri.

Ronaldu va Messi eng yaxshi futbolchilar uchun ovozlarini o'z jamoadoshlariga berganliklari haqida esa bungacha xabar qilib o'tgandik:

Messi: 1.Suares. 2.Inesta. 3.Neymar.

Ronaldu: 1.Modrich. 2.Ramos. 3.Marselo.



Okeaniyadan salomlar

Vanuatada esa ingliz futbolining ashaddiy ishqibozi yashaydi. Bir yil oldin ushbu mamlakatda yashovchi jurnalist eng yaxshi futbolchilar uchun ovozini Vardi, Ronaldu va Noyerga bergandi. Bu safar ham u Angliya terma jamoasi futbolchisini eng yaxshi sifatida qayd etdi.  

Reymond Neys (Vanuatalik jurnalist): 1.Keyn. 2.Krishtianu Ronaldu. 3.Neymar.


Va yana dunyoning turli mamlakatlari vakillari bergan g'alati ovozlar bilan tanishing:

Yoan Kambefor (Yangi Kalediniyalik jurnalist): 1.Ramos. 2.Krishtianu Ronaldu. 3.Kante.

Maykl Seum (Eritreya, jurnalist): 1.Neymar. 2.Obameyang. 3.Aleksis Sanches.

Kris Koulman (Uels bosh murabbiyi): 1.Ramos. 2.Modrich. 3.Keyn.

Mixael Skibbe (Greciya bosh murabbiyi): 1.Kroos. 2.Azar. 3.Obameyang.

Richard Orlovski (Beliz bosh murabbiyi): 1.Levandovski. 2.Buffon. 3.Inesta.

Biray Maxardjan (Nepal sardori): 1.Ibragimovich. 2.Grizmann. 3.Krishtianu Ronaldu.

Mario Xarte (Barbados sardori): 1.Obameyang. 2.Grizmann. 3.Noyer.

Jen I Vey (Tayvan sardori): 1.Ibragimovich. 2.Marselo. 3.Aleksis Sanches.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика