So’nggi yangiliklar

21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  35 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  2 21:00"Ал Шорта" - "Ал Насср"  0 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:08Футзал бўйича ЖЧ. Гватемала - Франция  0 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   1 19:35Зайниддин Тожиев: "Пахтакор" яхши ўйнамоқда, аммо жамоага ҳужумчи етишмаяпти"  8 19:33Денис Коростиченко: "Йигитлар натижа сабаб озроқ қўрқув билан ўйнаяпти"  0 19:22Григорий Колосовский: "Металлург"ни Суперлигада сақлаб қолиш? Албатта, муддатидан олдин таслим бўлмаймиз"  4 19:15Футзал бўйича ЖЧ. Амалдаги ЖЧ ғолиби Португалия Панамага нақ 10 та гол урди, Осиёнинг 12 карра чемпиони Эрон КОНМЕБОЛ вакилини аяб ўтирмади  2 18:53"Бухоро" Бухорога қайтади  11 18:31Максим Шацких: "Пахтакор"ни фаворит деб ҳисоблашаётгани яхши, аммо буларнинг барчаси қоғозда"  23 18:22Суперлига. "Олимпик" - "Металлург" 1:1, Даврон Ҳошимов иштирокидаги вазиятда пенальти бормиди?  1 18:05Суперлига. "Металлург" "Олимпик"ка қарши сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  8

Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting! Yangiliklar

Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting!

Bugungi yoshlar bu futbolchi haqida bilmaydilar. Keling avval, Kamoliddin Kenjaev haqida axborot berib o'tsak.

1982 yil, 23 martda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida tavallud topgan Kamoliddin uyidan uzoq bo'lmagan, 100 metr naridagi futbol maydonida mahallani changitar edi. U o'rta hol oilaning farzandi bo'lib, bu yigitga 2000 yil sekin asta oliy ligada  o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan "Nasaf"dan chaqiruv keladi. Bu uning uchun haqiqiy baxt edi. Qarshi markazidan 110 km. uzoqlikda joylashgan Yakkabog' tumani uchun aytmasangiz ham bo'laveradi. Uning oyoqlari quyoshning tabiiy issig'ida kuyayotgan qumli maydonda pishdi. 

2002 yil Bahrom Hakimovning ishonchi bilan u asosiy tarkibdan o'rin ola boshladi. 16ta jamoa ishtirok etgan milliy chempionatimizning 12-turida Kenjaev oliy ligada debyutini, "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi, Qo'qonda o'tkazdi. Garchand debyut omadsiz (0:3) chiqqan bo'lsa-da, Kamoliddinning o'yinidan murabbiy to'liq qanoat hosil qildi va u keyingi uchrashuvlarda asosiy tarkibning o'zgartirib bo'lmas himoyachisiga aylandi. Faqat 27-turga kelib futbolchi 26-daqiqada jarohat olib maydonni tark etadi.  SHunday bo'lsa-da, keyingi turga qadar maydonga qaytadi va mavsumni o'zi uchun alo  kayfiyatda yakunlaydi. 20 yoshli himoyachi uchun debyut mavsumda 18ta o'yinda ishtirok etish ajoyib natija edi. Yana ham ularning barida 90 daqiqa o'ynagan bo'lsa. Yangi mavsumda  27 o'yin, 2ta gol. O'ng qanot himoyachisi ampluasida to'p tepadigan futbolchi bitta o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordi. 

Kunlar o'tdi, u terma jamoa bosh murabbiyi nazariga tushdi. Bu paytda "Mashal"ga omad qushi kelib qo'ngan, jamoa 2005 yil oliy ligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda, 2006 yilgi OCHL yo'llanmasiga ega bo'ldi. O'sha davrni yodga olsak, Mirjalol Qosimov  boshchiligida klub ancha kuchayadi. "Nasaf"dan Zafar Xolmurodov va Kamoliddin Kenjaev ijara asosida mavsumni "Mashal"da boshlaydilar. "Mashal"ning OCHLdagi ishi yurishmagach, Kenjaev va Xolmurodov "Nasaf"ga qaytadilar, bu orada Kamoliddin o'z qishlog'idan uylanadi. Kelin bilan o'rtasidagi munosabat jiddiyligidan, ikki yosh ortiq ayro yura olmas edilar. Eh muhabbat, afsuski bu muhabbatning shirin onlari uzoqqa  cho'zilmadi, ha, hayot beshafqat, uning o'ziga yarasha og'ir siru-sinoatlari bor.

Oliy liganing 27-turi Kenjaev uchun so'nggisi bo'ldi. Mazkur o'yin qaydnomasini  etiboringizga taqdim etamiz. 

Afsuski, uchrashuvning 55-daqiqasi Kamoliddin Kenjaev uchun futbolchilik faoliyatidagi eng so'nggisi ekanligini hech kim bilmasdi...

26 dekabr... SHu kuni tunda Toshkentda oliy liga sovrindorlarining taqdirlash  marosimi bo'lib o'tishi kerak. "Nasaf" tarkibida chempionatning bronza medallarini qo'lga kiritgan "Nasaf" futbolchilari tongda Qarshida yig'ilib, Toshkent tomon yo'lga  chiqishi kerak edi. Hamma o'z uyida. Kamoliddin ham Yakkabog'dan emasmi, tong otishiga yaqin do'stlari davrasiga oshiqdi. U yangi “Matiz” rusumidagi mashinasida yo'lga chiqdi. Bir kun avval boshlangan qor hamon to'xtamagan. Kun g'ira-shira, tong otyapti. Bir payt “Matiz” yonidan katta yuk mashinasi tezlik bilan o'tib qoladi. Yuk mashinalarning "glyushitel"i  (tutun purfagich) yon tomonda bo'lmaydimi, undan chiqqan kuchli havo erga uriladi. Kuchli bosimdan keyin bir talay qor “Matiz”ning old oynalarini to'sib qo'yadi, boshqaruvni  yo'qotgan futbolchi mashinasi bilan yo'ldan chiqib ketadi va tepalikdan biroz pastga  tushib ketadi. Qizig'i, uning hech qaeri lat emagan, bilakdagi kuch yordamida oynani ochib tashqariga chiqadi, ammo oyoqlarini sezmas edi. Uning hayotini hal qiluvchi daqiqalar o'tayotgan bir paytda, bir engil mashina egasi Kenjaevni ko'rib qoladi va yordamga  oshiqadi. Uni ko'tarib mashinaga o'tkazgan holda kasalxonaga etkazishdi. Bundan xabar topgan Ro'ziqul Berdiev jamoa sardorligida "Nasaf" futbolchilari kasalxonaga oshiqishadi. SHaharning eng old shifokorlari tez tibbiy yordamni ko'rsatishadi, uning hayoti saqlab qolinadi, ammo... Ammosi shuki, u endi butunlay nogironlar aravasiga mixlanadi. Endigina to'yiga 6 oy bo'lgan futbochi hali kuyovlik baxtiga to'ymagan, endi-endi terma jamoadan joy olayotgan himoyachi hali Vatan bayrog'ini yuqoriga xilpirata olmagandi. Uning uchun hali hammasi oldinda edi...

Umurtqa pog'onasi orqali miyadan kishining barcha azolarini boshqarib turadigan milliondan ortiq mayda tolalarning hech bo'lmaganda bittasi uzilmay qolganida futbolchining tiklanib ketish imkoniyati oshar ekan. Ha, endi bu taqdir, undan qochib qutula olmaysiz. 

Taqdirlash marosimida "Nasaf" futbolchilarining kayfiyatlari yo'q, Kamoliddin esa hali maydonga qaytish tugul, yura olmasligini bilmasdi... Avvaliga unga aytishmadi, ancha vaqt o'tdi, buni o'zi sekin-asta tushuna boshladi. Men ilk marotaba 2007 yil uning uyiga borgandim. Mana 7 yil o'tib, shu yilning fevral oyida yana bir bor Yakkabog'ga tashrif buyurdim-u, bu futbolchi uchun bitta kichik tadbir o'tkazishni niyat qildim. Bu ish borasida bazi ishlar amalga oshirildi, ammo oxiriga bormadi, o'zimni-o'zim koyidim. 

Yana shunisi meni juda ham tasirlantirdiki, hali chaqaloq ovozi eshitilib ulgurilmagan xonadon edi bu. Hamon Kamoliddinning izzatini joyiga qo'yib, birga hayot kechiryapti. Bunday ayollarga faqat va faqat rahmat aytish lozim, onalik baxtini chetlab o'tib bo'lsa-da Kamoliddinni dedi faqat. Buni ikki qator so'z bilan tushuntirib bera olmayman...

Kuni kecha "Feysbuk"da Geynrix yozib qoldi:

- Nodir, salom! 

- Salom!

- Kamoliddin Kenjaevni taniysanmi?

- Bo'lmasam-chi, yaqinda uyiga borgandim.

- Kel bir nima o'ylab topaylik, tadbirga o'xshagan...

- Bajonidil, men bundan faqat xursandman!

- Unda o'yindan keyin gaplashamiz!

O'yin ham o'tdi, "Paxtakor" g'alaba qozondi, mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Geynrixning insoniyligiga qoyil qolmay ilojim yo'q. Kecha u bilan ko'rishgach, bazi rejalarni tuzib chiqdik. Unga ko'ra Sasha oliy ligadagi barcha jamoa sardorlaridan pul yig'adi, biz bu tomondan targ'ibot qilamiz. Umid qilamizki, unda ishtirok etadiganlar soni juda ko'p bo'ladi. Maqsadimiz bita: Kamoliddin Kenjaev uchun Qarshida bitta uy va shifoxonaga qatnab turishi uchun bitta mashina olish. Mana ko'rasiz, bu ish biz, futbolchilar, atrofdagi yaxshilar va o'quvchilarimiz tomonidan "5" bahoga bajariladi. 

Geynrix bilan uchrashuv yakuniga etgach, Mirjalol Qosimov bilan uchrashdim. Boisi bu loyihada terma jamoamizning ham o'z o'rni bo'lishi kerak, qolaversa, Qosimov 2006 yil Kenjaev bilan bir jamoa sharafini himoya qilgan. Qosimov bilan kelishdik, "SA"ning 4 yilligi 29 noyabr, soat 12:00da nishonlanadigan bo'ldi. Unda terma jamoamiz azolari ham ishtirok etadilar. 

Endi gap bunday, xayriyada ishtirok etishni istaganlar, imkoniyatdan kelib chiqib quyidagi raqam bilan bog'langan holda o'zlarining moddiy yordamlarini ko'rsatishlari mumkin: 

1 noyabr kuni Yakkabog'ga borib, Kenjaev uchun maxsus hisob raqami ochamiz va o'zining firmasiga ega bo'lgan o'quvchilarimiz yoki klub vakillari imkoniyatlaridan kelib chiqib pul o'tkazishlari mumkin. 

Xorijda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz Kenjaev uchun o'z moddiy yordamlarini pul o'tkazish yo'li bilan etkazishlari mumkin. 

Ishonchimiz komilki, bu loyihani birorta futbolchi rad etmaydi! Tomchi-tomchi bo'lib ko'l bo'lur deb bejizga aytishmagan, demak boshladik!


Telefon: +99890 988-6755 (soat Toshkent vaqti bilan 10:00dan 19:00gacha qo'g'iroqlar qabul qilinadi. Raqam kodini tergan taqdirdagina aktiv holatda bo'ladi.)

e-mail: [email protected] 

O'z firmasidan pul ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun, 1 noyabr kuni hisob raqamlarni keltirib o'tamiz.

Xorijdan pul yuborishni maqsad qilganlar elektron pochtamizga xat yozsinlar, futbolchining pasport nusxasini yuboramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика