So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  8 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Bundesliga: Turnir jadvalidagi kutilmagan "kvartet" Yangiliklar

Bundesliga: Turnir jadvalidagi kutilmagan "kvartet"

"Championat.asia" sayti xodimi SHahboz Beg'amov o'z maqolasida Germaniya chempionatining 2-turi yakunlari haqida to'xtaldi.


Bundesliganing 2-turida jami 24ta gol kiritildi. Bu birinchi turdagidan 9ta ko'p degani. Birinchi turga nisbatan o'sish va samaradorlik kuzatildi.

O'tkazilgan to'qqizta o'yindan ikkitasida durang natija qayd etildi.

To'rtta g'alaba mezbon jamoalar nomiga, uchtasi esa mehmonlar nomiga yozildi.

Ikkinchi turda gol urolmagan jamoalar soni beshtani tashkil qildi. O'z uyida o'ynagan "Verder", "Ayntraxt" hamda mehmonda hakarakat qilgan "Maync", "Gerta" va "SHalke" raqiblari darvozasini ishg'ol etishni uddalay olishmadi.

Bu turda katta sensacion natijalar qayd etilmadi. Faqatgina endigina Bundesligaga qaytgan "Gannover" yangi mavsumda ancha ko'tarinki ruhda kirishgani ko'pchilikni yaxshi manoda hayron qoldirdi.
Yana qaddini tutayotgan va o'tgan turda "Leypcig"ni dog'da qoldirgan "SHalke" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, "Gannover"ga raqiblar jiddiy ko'z bilan qarashlariga to'g'ri keladi. Andre Braytenrayter tuzayotgan jamoa hozircha yo'qotishlarsiz ketayotgan to'rt jamoadan biri sanaladi.
Ikkita o'yin, ikkita gol va ikki g'alaba. "Gannover" uchun bundanda yaxshiroq startni o'ylab topishni iloji yo'q. Hozircha ishlar besh.

Yana bir kutilmaganda yo'qotishlarsiz ketayotgan jamoa - "Gamburg". Bu jamoadan ham ko'pchilik muvaffaqiyatli startni kutmagani aniq. "Gamburg" ham "Gannover" kabi ikkita o'yinda yuz foizlik natija ko'rsatdi.
Qizig'i, ushbu jamoa uncha-muncha jamoaning qo'lidan kelmaydigan ishni uddaladi. Markus Gisdol shogirdlari ikkinchi turda mudofaasi juda kuchli bo'lgan va o'z uyida ochko yo'qotmaydigan "Kyoln"ni mag'lub etishdi.

Turnir jadvalida karvonboshchilik qilayotgan "Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund ham kutilganidek ushbu turda o'z cho'ntaklariga uch ochkodan yozdirib qo'yishdi.

Robert Levandovskini dubli qiyin o'tgan bahsda "Bavariya"ga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Per-Emerik Obameyang hamda Nuri SHaxinning kiritgan gollari esa "Borussiya"ga "Gerta" ustidan g'alaba keltirdi.

Peter Bosh shakllantirayotgan jamoa hozircha "arilar"ning muxlislarida iliq taassurot qoldirmoqda.

Karlo Anchelotti esa "Bavariya" bilan mavsumoldi yig'inlarda futbolchilarning jismoniy holatini kerakli meyorga chiqara olmagani o'yinlarda sezilib qolmoqda. Bu esa jamoani hozircha to'liq kuch bilan o'ynashiga to'sqinlik qilmoqda.

Birinchi turda "Borussiya"dan "tarsaki" egan "Volfsburg" esa safarda Niko Kovach boshqarayotgan "Ayntraxt"ni ranjitdi. Didavi "bo'rilar"ning haloskoriga aylangan o'yinda Andres Yonker yangi jamoasi bilan ilk g'alabasiga erishdi.

Xayko Xerlixx hamda Yulian Nagelsmann qarama-qarshiligida muxlislar gollar-shousiga guvoh bo'lishdi. Ikkala jamoa ham hujumkor o'yini bilan ajralib turadi. Ammo ushbu jamoalarning himoyasidagi muammolar har safar ularga pand beradi. Bu gal ham shu narsa ikki jamoani uch ochkodan mahrum qildi. "Bayer" hujumda qanday yaxshi va samarador o'ynagan bo'lsa, himoyada aksincha. Xayko Xerlixx yangi jamoasining eski kamchiliklarini hali to'liq bartaraf etishga ulgurmagani ko'rinib qoldi.

Yana bir gollarga boy kechgan o'yin Bavariyada o'tdi. Bavariyaning janubi-g'arbiy shaharchasida o'tgan o'yinda "Augsburg" "Borussiya" Myonxengladbaxni mag'lub etishni uddalay olmadi. Uchrashuvning dastlabki startida gol urgan "Augsburg" keyinchalik o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi. O'yinnig ilk daqiqasida gol urgan mezbonlar bellashuvning yakunini gol bilan tugatishdi.
Yakunda esa jamoalar bir ochkodan ishlab olishdi.

Bundesligaga qaytgan yana bir jamoa "SHtutgart" ham ushbu turda muvaffaqiyat qozondi.
"Bavariya"ning sobiq himoyachisi Xolger Badshtuberning kiritgol goli "avtozavodchilar"ga muhim g'alabani taqdim etdi.

Mavsumdagi ilk o'yinni ko'ngildagidek o'tkaza olmagan "Leypcig" esa birinchi tur uchun muxlislaridan uzr so'radi. "Frayburg"ga qarshi o'yinni birinchi bo'limi mezbonlar uchun omdasiz o'tdi. Ammo tanaffusdan keyin Timo Vernerning gollari jamoaga yana g'oliblik ruhini qaytardi va Ralf Xazzenxyuttl jamoasi yirik g'alabaga erishdi.

Turnir jadvalida kutilmagan "kvartet": Dortmundning "Borussiya", "Bavariya", "Gamburg" hamda "Gannover" jamoalari peshqadamlikni bo'lishib turishibdi.

Hozircha ochko ishlamagan jamoalar esa "Kyoln" va "Verder".


Bundesliga, 2-tur. Turnir jadvali

Gannover 96 – SHalke-04 1:0 (0:0, 1:0)
Gol
: 1:0 – 67 Jonatas.

"Leypcig – Frayburg 4:1
Gollar
: 0:1 – 23 Niderlexner, 1:1 – 48 Verner, 2:1 – 55 Orban, 3:1 – 71 Verner, 4:1 – 80 Bruma.

Borussiya D – Gerta 2:0
Gollar
: 1:0 – 15 Obameyang, 2:0 – 57 SHaxin.

Bayer – Xoffenxaym-1899 2:2
Gollar
: 1:0 – 32, penalti Vendell, 1:1 – 47 Kramarich, 2:1 – 49 Belarabi, 2:2 – 70 Ut.

Verder – Bavariya 0:2
Gollar
: 0:1 – 72 Levandovski, 0:2 – 75 Levandovski.  

SHtutgart – Maync 1:0
Gol
: 1:0 – 53 Badshtuber.

Augsburg – Borussiya M 2:2
Gollar
: 1:0 – 1 Finnbogason, 1:1 – 7 Zakariya, 1:2 – 30 Vendt, 2:2 - 89 Kordoba

Ayntraxt F – Volfsburg 0:1
Gol
: 0:1 – 22 Didavi.

Keln – Gamburg 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar
: 0:1 – 28 Xan, 0:2 – 34 Vud, 1:2 – 90 Sorensen, 1:3 – 90 Xoltbi.



Bundesliganing 2-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Koen Kasteels ("Volfsburg")


Himoyachilar: Marsel Xalstenberg ("Leypcig"), Xolger Badshtuber ("SHtutgart"), Salif Sane ("Gannover"), Zagadu ("Borussiya" Dortmund)


Yarim himoyachilar: Nuri SHaxin ("Borussiya" Dortmund), Albin Ekdal ("Gamburg"), Nabi Keyta ("Leypcig")


Hujumchilar: Serxio Kordoba ("Augsburg"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Timo Verner ("Leypcig").


Ikkinchi turdan keyin to'purarlar poygasida Robert Levandovski uchta gol bilan boshqalardan ilgarilab ketishni boshladi.
Levandovskiga esa raqobat tug'dirishi mumkin bo'lgan Obameyang hamda Timo Verner hisobida hozircha ikkita gol mavjud.

Bundesligada eng yaxshi assistent bo'lib turgan Jon-Kevin Augustin hisobida ikkit golli uzatma bor.

Darvozabonlar ichida Roman Byurki "Borussiya" hamda Filipp SHauner ("Gannover") hozircha gol o'tkazib yubormagan.

"Bavariya"ning joriy mavsumdan boshlab sardoriga aylangan Manuel Noyer esa uzoq muddatli tanaffusdan keyin nihoyat safga qaytdi va qaytishini quruq seriya bilan nishonladi.


Ikkinchi turdan keyin eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabonlar ro'yxatida Aleksander SHvollov, Yann Sommer peshqadamlik qilishmoqda. Ushbu darvozabonlar jami 9 bor seyvni amalga oshirishgan. Undan keyingi o'rinlarda Yuri Pavlenka, Koen Kasteels, Rune Yarsten hamda Bernd Leno (8 tadan) borishmoqda.

Eng qo'pol va sariq kartochkani xush ko'radigan futbolchilar Bundesligada anchagina topiladi. Arturo Vidal, Denis Zakaria, Dennis Dikmayer, Frederik Sorensen, Gelson Fernandes Kiyrakos Papadoupoulos hamda Maksimilian Eggestein hisobida ikki o'yinda ikkitadan ogohlantirish mavjud.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика