So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Bundesliga. Tur yakunlari haqida Yangiliklar

Bundesliga. Tur yakunlari haqida

Teglar :  Bundesliga
Germaniya Bundesligasining dastlabki tur yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

O'tkazilgan 9 uchrashuvning barchasida muxlislar gol ko'rishdi. Mazkur turda jami 23ta gol kiritildi. Mezbon jamoalar 15ta golga mualliflik qilishgan bo'lsa, mehmonlar 8 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqishdi.

Bundesliganing birinchi turida faqatgina Bremendagi bahs durang bilan yakunlandi. Olti o'yinda esa mezbonlar, qolgan ikki uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozonishdi.

Bundesliganing birinchi turidagi ko'plab o'yinlarda hakamlarning qarorlarini VAR tizimi tuzatishga muvaffaq bo'ldi. Myunxendagi bahsda "Bavariya"ning penaltidan keyin kiritgan goli qoida xilof ravishda urilganini aniqlagan VAR 11-metrlikni "nuqta"ni qaytadan belgiladi. SHuningdek, Myuller tomonidan kiritilgan yana bir gol VAR tufayli bekor qilindi.


"Volfsburg" - "SHalke" uchrashuvida hakam chetlatgan futbolchini VAR maydonga qaytardi. Aksincha, ogohlantirish olgan himoyachi esa VAR tufayli maydondan chetlatildi. Umuman Bundesliganing birinchi turi VARning benefisiga aylanib ketdi.


Germaniya chempionatining ilk uchrashuvida amaldagi chempion "Bavariya"ning "Xoffenxaym" ustidan qozongan g'alabasi bilan boshlandi.

O'tgan mavsumda vice-chempion bo'lgan "SHalke" turning markaziy o'yinlaridan birida Bundesligada arang jon saqlab qolgan "Volfsburg"ga imkoniyatni boy berdi. Garchi uchrashuv "bo'rilar" maydonida bo'lgan bo'lsada, ko'pchilik mazkur bahsda gelzerkirxenliklarning imkoniyatlarini yuqoriroq chamalayotgandi. Lekin Bruno Labbadia shogirdlari barcha taxminlarni chippakka chiqardi.

Leverkuzenning "Bayer" jamoasi esa Myonxengladbaxda katta qarshilikka uchradi va o'yin Ditek Xekking boshqaruvidagi "Borussiya"ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Garchi "Bayer"da ko'plab vaziyatlar bo'lgan bo'lsada, "dorishunoslar" Zommer darvozasiga yo'l topa olishmadi.

Dortmundda o'tgan turning oxirgi to'qnashuvida Lyusen Favr boshchiligidagi "Borussiya" "Leypcig"ni yirik hisobda mag'lub etdi. O'yinning ilk daqiqasidayoq hisobni ochgan mezbonlar, tanaffusga qadar 3ta to'p o'tkazib yuborishdi. O'yin so'nggida esa yana bir bor gol qo'yvorgan "Leypcig" mavsumdagi dastlabki o'yindayoq mag'lub bo'ldi.


Turning kutilmagan natijalaridan biri "Maync" hamda "SHtutgart" o'rtasidagi bahsda sodir bo'ldi. Tarkib jihatdan kuchli sanalgan "SHtutgart" "Maync" maydonida mezbonlarga taslim bo'lishdi.


Niko Kovachni "Bavariya"ga jo'natgan "Ayntraxt" Adolf Xyutter qo'l ostida chempionatdagi ilk bellashuvda g'alabani rasmiylashtirdi. "Frayburg" mehmoni bo'lgan "Ayntraxt" Nikolay Myuller va Sebastyan Xallerning gollari evaziga ishonchli g'alabani tantana qilishdi.

Berlinda esa "Gerta" Bundesligaga qaytgan "Nyurnberg"ni Ibishevichning yagona goli evaziga mag'lub etdi. Dyusseldorfning "Fortuna" jamoasi esa o'z uyida "Augsburg"ga taslim bo'ldi. Bremenda esa "Verder" "Gannover" bilan murosa yo'lini tanladi.


Bundesliga 1-turida qayd etilgan natijalar.


Bundesliga 1-turidan so'ng turnir jadvali.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика