Bundesliga. To'purarlar poygasida etakchi o'zgardi
19 jan 2020 01:19
Yangiliklar


Bundesliga. To'purarlar poygasida etakchi o'zgardi
"Leypcig" hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionati 18-turida "Union" darvozasiga ikki bor yo'l topdi.
Ushbu gollar 23 yoshli futbolchining musobaqa to'purarlari poygasida birinchi o'ringa chiqib olishi uchun kifoya qildi. Uning hisobida 18 o'yinda kiritilgan 20ta gol bor.
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski esa 19 gol bilan keyingi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar