Bundesliga tarixida ilk bor jamoalar beshta o'zgarishni amalga oshirdi
16 may 2020 21:00
Yangiliklar


Bundesliga tarixida ilk bor jamoalar beshta o'zgarishni amalga oshirdi
Biroz oldin, Germaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan beshta behs bo'lib o'tdi.
Pandemiyadan keyin jamoalarga 5ta zaxira imkoniyatidan foydalanish imkoniyati berilgandi. Bundan “SHalke” (“Borussiya D” – 0:4). “Gerta” (“Xoffenxaym” – 3:0) hamda “Pederborn” (“Fortuna” – 0:0) jamoalari foydalandi.
SHu tariqa, musobaqa tarixida ilk bor jamoalar o'yin davomida beshta o'zgarishni amalga oshirishdi.
Eslatib o'tamiz, may oyining boshida Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) har bir uchrashuvda 5ta almashtirishga vaqtinchalik ruxsat bergandi. Bu qoida 2020 yilning 31 dekabrigacha qo'llanishi kutilmoqda. SHu bois, jamoalarga o'yin vaqtida uch va tanaffus paytida ikki bor o'yinchi almashtirishi mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar