So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  2 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

Bundesliga start olmoqda! Yangiliklar

Bundesliga start olmoqda!

Bugun Germaniya chempionatining yangi mavsumi rasman ochiladi.

G'ir etib Evropada yozgi tatil ham o'tib ketdi. Buyog'iga qaynoq futbol mavsumi boshlanmoqda. O'tgan haftada Angliya, Franciya, Gollandiya kabi chempionatlarda yangi futbol mavsumi boshlangan edi. Bugundan etiboran esa Bundesliga shaydolari uchun yangi futbol mavsumini rasman ochiq deb elon qilsa bo'ladi.

Odatga ko'ra, yangi mavsumni ochib berish o'yini o'tgan yilgi chempion jamoaning uyida o'tkaziladi. Amaldagi chempion "Bavariya" klubi o'z maydonida "Gamburg" bilan kuchi sinashadi. Ushbu uchrashuv orqali bundesliganinig 2015/2016 mavsumiga start beriladi.

Xususan ushbu ikkala jamoaning o'yinlariga haqida gapiradigan bo'lsak, "Bavariya" uchun "Gamburg" nisbatan osonroq raqib sanaladi. So'nggi yillarda o'tkazilgan o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra, "Bavariya" yaqqol favorit hisoblanadi. Eng ajablanarlisi shundaki, myunxenliklar "Gamburg"ga qarshi kechadigan bahslarda asosan yirik hisoblardagi g'alabani tantana qilishadi.

O'tgan yilgi birinchi davra uchrashuvidagina "Bavariya" "Gamburg" bilan kutilmaganda durang o'ynab qo'ygandi.


Yangi futbol mavsumi har safar eskisidan farq qiladi. "Gamburg" jamoasi ham o'tgan yilgi xatolardan to'g'ri xulosalar chiqargan, pley-off o'yiniga ko'ra "Gamburg" arang yana bundesligada qolishga muvaffaq bo'ldi. Endi jamoa o'z suyuklilarini imkon qadar xursand etishga, chempionatning dastlabki o'yinida o'zlari uchun kerakli natijani qayd etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlari tayin.

Bundesligada odatda "Bavariya" ishtirokidagi o'yinlarda nisbatan kam sensaciyalar kuzatiladi. Birinchi turdanoq Germaniya chempionatini amaldagi chempion sensaciya boshlashiga ko'pchilik ishongisi kelmasligi aniq. Biroq bu futbol. Futbolda, ayniqsa so'nggi yillarda ildamlik bilan rivojlanib borayotgan bundesligada istalgan natijalar uchrab turadi.

"Bavariya" - "Gamburg" to'qnashuvida favorit malum. "Bavariya" har qanday musobaqa yoki o'yinlarda ishtirok etmasin, juda kamdan-kam hollarda favorit maqomisiz o'ynaydi. Bundesligadaku bu borada gapirish shart emas. Bundesliganing eng qiziq va nozik tomoni shundaki, bu erda kim g'alaba qozonishi yoki mag'lubiyatga uchrashidan qatiy nazar, avvalo futbol o'ynaladi. Yani g'alaba qozonayotgan jamoa ham, uchrashuv davomida mag'lubiyatni tan olib bo'lgan jamoa ham bir maromda futbol o'ynashda davom etaveradi. SHu boisdan ham bu o'yinga bo'lgan qiziqish ortsa ortadiki, pasaymaydi. Germaniya futbolidagi sifat va jamoalarning muxlislar manfaatini birinchi o'ringa qo'yishi ham tomoshabinlar mehrini qozona olishiga asosiy sabab bo'lgan.

Dastlabki uchrashuvda "Bavariya"ning imkoniyatlarini yuqori baholagan holda, "Gamburg"ni ham hisobdan chiqarmay turamiz.

Mazkur o'yinda agarda Labbadia shogirdlari raqibga to'p nazoratini berib qo'yib, o'zlari darvozalarini oldida yaxshigina "avtobus" o'rnata olishsa va Gvardiolaning eng ojiz tomoni - qarshi hujumda muvaffaqiyatli o'ynay olishsa, balki "Gamburg" bundesligadagi dastlabki o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritishi mumkin. Bu uddalasa bo'ladigan ish va "Gamburg"ning yagona imkoniyati ham shu. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha "Bavariya" raqibidan bir bosh ustun hisoblanadi.


Bundesliganing yangi mavsumiga to'xtaladigan bo'lsak, unda har doimgidek chempionlik uchun kurashda asosiy favorit "Bavariya". Xosep Gvardiolaning rejalarini chippakka chiqarish uchun Dortmundning va Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoalari va o'tgan mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan "bo'rilar", yani "Volfsburg" jamoalari kurash olib borishadi. SHuningdek, "SHalke" hamda "Bayer" jamoalari ham yuqori maqsad sari intilishadi. Biroq ushbu jamoalar chempionlik masalasida qolgan klublarga nisbatan kamroq imkoniyatga egalar. "Bavariya"ning bu yilgi haqiqiy bosh og'rig'i bu "bo'rilar" bo'lishadi. Ularning "Bavariya"dan yakkayu-yagona ustunliklari bu Diter Xekkinning Gvardiolani qanday mag'lub etish mumkinligini bilishidadir. O'zaro o'yinlarda "bo'rilar" murabbiyning taktik aqlli yurishi evaziga so'nggi paytlarda "Bavariya"ni engishmoqda. Bu erda eng muhim omil murabbiyning taktik yurishi bo'lmoqda. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha "Bavariya" "Volfsburg"dan kuchli. Lekin aynan shu narsa evaziga "Volfsburg" chempionlikka erisha olmaydi. Sababi, "Bavariya" singari ular qolgan raqiblari bilan bo'ladigan bellashuvlarda ochko yo'qotmasliklari zarur. Biroq "bo'rilar"ni bu mavsumda ECHLda ham ishtirok etishlarini inobatga oladigan bo'lsak, unda Xekking bu borada yaxshigina muammolarga duch keladi. Kuchni to'g'ri taqsimlay olish ham "Volfsburg" uchun juda muhim. Kevin de Bryuyne transfer oynasi yopilgunga qadar boshqa jamoaga o'tib ketib qolmasa bo'lgani. Aks holda "Volfsburg"ning muammolari yanada ko'payib ketishi mumkin.


Bundesliga tarixida hali hech bir jamoa ketma-ket to'rt marotaba chempionlikni qo'lga kiritmagan. "Bavariya" bu mavsumda bu natijani qayd etishga yaqin turibdi. Lekin bu safar ularga oson bo'lmasligi aniq. Xosep Gvardiola katta ehtimol bilan "Bavariya" bilan so'nggi mavsumini o'tkazadi. Ikki yildan buyon bundesligada muvaffaqiyat qozongan bo'lsada, Gvardiola hali "Bavariya" muxlislari istagan futbolni yo'lga qo'ya olgani yo'q. Myunxenda nafaqat natija, balki jamoaning ko'rsatayotgani o'yini va ECHLdagi natijalari ham muhim ahamiyatga ega.

Pep Gvardiola ikki yildan buyon o'z xatolaridan to'g'ri xulosa chiqara olmayapti. Startni juda yaxshi boshlaydigan "Bavariya" mavsumning final pallasiga kelganda o'z tezligini keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat ikki yildan buyon takrorlanib kelmoqda. Agarda bu mavsumda ham Gvardiola xatolardan kerakli xulosalarni chiqarmay, yana o'z o'jarligini qilsa, unda bu mavsumda bundesligada ham ularning muammolari paydo bo'lishi shubhasiz. Aytib o'tganimdek, bundesliga jamoalari murabbiylari Pepning taktikasiga qarshi chora ko'rish yo'llarini o'rganib olishdi. "Bavariya"ning hozirgi himoyasi raqibning tezkor qarshi hujumlari oldida ojiz qolishi yangilik emas. Gvardiolada esa o'sha bitta asosiy urg'u - to'pni o'z nazoratida ushlab turish yo'lga qo'yilgan. Futbolda esa butun o'yin davomida to'pni raqibga berib o'ynashning ilojisi yo'q. Kamiga to'pni olib yurib shunchaki gol urib ham bo'lmaydi. "Bavariya"ning raqiblari bunga aqlli etmoqda va Gvardiola boshqaruvidagi "Bavariya"ni zararsizlantira olish juda katta muammo bo'lmay qolmoqda. Kamiga Riberi jarohatdan boshi chiqmay qolgan va Robben uzluksiz jarohat olib yurgan pallada. Bu sanab o'tilgan holatlar "Bavariya"ning kamchilik va ojiz taraflari sanaladi.


Germaniya chempionatining yangi mavsumiga yangicha qarash bilan kirib kelayotgan Tomas Tuxel boshchiligidagi Dortmundning "Borussiya" jamoasidan ham syurpriz kutsa bo'ladi.Ularning eng katta plyuslari bu - Mats Xummels va Marko Roysning jamoada qolishi bo'ldi. Aynan shu ikki futbolchi hozirda jamoaning asosiy quroli sanaladi. Tomas Tuxel ham aynan shu futbolchilar atrofida yangi o'yin uslubini o'rnatmoqda. Dortmundliklar chempionlik yo'lida asosiy nomzod bo'lishmasada, ularni shunchaki hisobdan chiqarib bo'lmaydi. Bu jamoadan istalgan paytda xavf kutish mumkin. Tomas Tuxel hech kim kutmaganda "Borussiya D" bilan "comeback" qilishga qodir murabbiy.

Germaniya chempionatining bu yilgi yangilari "Darmshtadt" va "Ingolshtadt" jamoalari yangi mavsumda bundesliga havosidan nafas olishadi va birinchi maqsad shu erda jon saqlab qolish bo'ladi.

Demak Bundesliganinig yangi mavsumini qarshi olamiz. Lekin hozircha o'zimizni sharoitda Germaniya chempionatini jonli kuzatishning imkoni juda past. Aksiga olib "NTV-Plyus" kanali Bundesliga translyaciyasini bu yildan etiboran efirga uzatmaydi. "Sport" kanalimiz evrofutbollarni ancha oldin ko'rsatishni to'xtatib qo'ygan. O'tgan yili bazi bundesliga o'yinlari jonli efirga uzatilgandi. Bu yili ham bundan umid qilib qolamiz. Lekin dastlabki o'yin "Bavariya" - "Gamburg" bahsi "Sport" telekanalining bugungi dasturlaridan o'rin olmagan.

"Eurosport2" kanali bugungi uchrashuvni jonli olib ko'rsatishi ko'zda tutilgan.

Nima bo'lgan taqdirda ham Bundesligani kuzatishda davom eting! Har bir tur malumotlari va uchrashuvlar natijalari saytimizda keng yoritib boriladi.

Bundesligada haqiqiy futbol zavqini his etish mumkin!



Bundesliga, 1-tur.


Bugun

"Bavariya" - "Gamburg" (23:30)


15 avgust, shanba.

"Darmshtadt" - "Gannover" (18:30)

"Bayer" - "Xoffenxaym" (18:30)

"Augsburg" - "Gerta" (18:30)

"Verder" - "SHalke" (18:30)

"Maync" - "Ingolshtadt" (18:30)

"Borussiya D" - "Borussiya M" (21:30)


16 avgust, yakshanba.

"Volfsburg" - "Ayntraxt F" (18:30)

"SHtutgart" - "Kyoln" (20:30)


Ha aytgancha, "FIFA.UZ"da bundesliga uchun o'ynaydigan jamoangizni tuzdingizmi? Tezroq shoshiling! Sizga bir sirni ochaman, bugun hamma Myuller, Levandovski va Robben singari futbolchilarga sardorlik bog'ichini ishonib topshiradi. Roys, de Bryuyne kabi futbolchilarning ham ishi yaxshi virtual futbol olamida. Meni maslahatim, "Bavariya"ning yangi xaridi Duglas Kostani o'z jamoangizga sotib oling. Aynan shu futbolchi bugun chap qanot yarim himoyasida harakat qiladi. "Bavariya"ning so'nggi o'yinlarida ko'proq Kosta yaxshi taassurot qoldirdi va ko'pincha hujumlar ham Kostaning qanotidan tashkil etildi. Bu endi shaxsiy fikrim. Lekin o'zim ham hali Kostani asosiy tarkibga kiritish bo'yicha bosh qotiryapman))


Salomat bo'ling!


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика