So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Bundesliga. Bugun markaziy o'yin Myunxenda emas Bremenda bo'ladi Yangiliklar

Bundesliga. Bugun markaziy o'yin Myunxenda emas Bremenda bo'ladi

Bugun Germaniya Bundesligasida 5-tur o'yinlari start oladi.

Nemis chempionati gegemoni "Bavariya" Myunxenda "Augsburg"ni qabul qiladi. Dastlabki 4ta turda 4ta g'alabaga erishgan Niko Kovach boshchiligidagi jamoa hafta o'rtasida ham g'alabaga erishib muxlislarini xursand qilishga urinadi.

Oxirgi 7ta o'zaro o'yinda "Bavariya" "Augsburg"ni faqat mag'lub etgan. So'nggi bor 2015 yil "Augsburg" sensacion tarzda Myunxendan 3 ochko bilan qaytgan edi. Bugungi kunning markaziy o'yini Bremenda bo'lib o'tadi. Unda ushbu mavsumda hali mag'lubiyatga uchramagan ikki klub "Verder" va "Gerta" to'qnash keladi.



Hujumchi Vedad Ibishevich etakchiligidagi "Gerta" 10 ochko bilan ikkinchi, Klaudio Pisarro boshchiligidagi "Verder" 8 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Gerta" yarim himoyachisi Ondrey Duda 4ta o'yinda 4ta gol urib hozirda Bundesligada to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.

O'zbekistonda tug'ilgan Anton Valdemar o'ynayotgan "Gannover" o'z muxlislari qarshisida o'tgan hafta ECHL guruh bosqichida debyut qilgan "Xoffenxaym"ni qabul qiladi.

Germaniyaning amaldagi vice-chempioni "SHalke-04" uchun yangi mavsum daxshatli darajada omadsiz tarzda boshlandi - 4ta o'yin, 4ta mag'lubiyat va musobaqa jadvalida so'nggi o'rin. Bugun Domeniko Tedesko boshchiligidagi jamoa "Frayburg" mehmoni bo'lishadi. 


Bundesliga. 5-tur. Musobaqa jadvali
25 sentyabr.
21:30 "Verder" - "Gerta"  ("Match TV. FUTBOL 2" LIVE)
23:30 "Bavariya" - "Augsburg" ("Match TV. FUTBOL 2" LIVE)
23:30 "Gannover" - "Xoffenxaym"
23:30 "Frayburg" - "SHalke-04"

*Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика