So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Bundesliga. "Bavariya" – chempion! Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" – chempion!

Germaniya chempionati 32-tur bahslari davom etadi.

"Verder" – "Bavariya" 0:1

16 iyun, 23.30, "Vezershtadion"

Gol: Levandovski (43).

"Verder" – Pavlenka, Gebre Selassie, Fridl, Velkovich (Pisarro, 88), Fogt (Langkamp, 46), Bitenkur (Sardjent, 62), Eggeshtayn, Rashica (Bartels, 62), Klassen (Fyullkrug, 84), Moysander, Osako.

"Bavariya" – Noyer, Boateng, Pavar, Alaba, Kimmix, Gnabri (Lyuka Ernandes, 82), Devis, Goretcka, Koman, Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar:

Devis (19), Eggeshtayn (56), Langkamp (88), Kimmix (89).

CHetlatish:

Devis (79).

Werder Bremen

1. Bundesliga . 32-tur

16/06/2020, 23:30

1
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Robert Lewandowski - 43'

Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Harm Osmers

45'
90'
46'  Kevin Vogt (Sebastian Langkamp)
56'  Maximilian Eggestein
62'  Leonardo Bittencourt (Fin Bartels)
62'  Milot Rashica (Joshua Sargent)
84'  Davy Klaassen (Niclas Fuellkrug)
88'  Sebastian Langkamp
88'  Milos Veljkovic (Claudio Pizarro)
19'  Alphonso Davies
43'  Robert Lewandowski
43'  Jerome Boateng
79'  Alphonso Davies
82'  Serge Gnabry (Lucas Hernandez)
89'  Joshua Kimmich

Myunxen superklubi joriy mavsum chempioniga aylandi. "Bavariya"ning yurtimizdagi barcha muxlislarini tabriklaymiz!

Uchrashuv yakunlandi!

90+4. "Bavariya" burchakdan to'pni o'yinga kiritadi. To'p oldida Kimmix.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Fantastik seyv! O'yin yakunida "Bavariya" g'alabani qo'ldan chiqarishiga bir bahya qoldi. Ammo Noyer o'z o'rnida.

89. Maydonda harakatlanayotgan Velkovichning o'rniga "Bavariya"ning sobiq hujumchisi, tajribali Klaudio Pizarro tushirildi. U bugun sehrli tayoqcha vazifasini o'tab berishi kerak.

87. "Bavariya"ni chempionlikdan bir necha daqiqalar ajratib turibdi.

85. "Verder" futbolchilari ijrosida keskin hujum ko'rdik, ammo to'p forvardning oyog'iga yaxshi tushmadi.

82. Maydonni tark etgan Devisning poziciyasini L. Ernandes yopishga harakat qilyapti.

81. Uxx. Kingsli Koman raqib jarima maydoni ichida aldamchi harakatlar namoyish qilib Pavlenka darvozasini o'qqa tutdi. Burchak zarbasi.

79. Ana xolos! "Bavariya" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi. Velkovichga nisbatan qoidani buzgan Alfonso Devis ikkinchi sariq kartochni olib maydonni bevaqt tark etdi.

78. Tomas Myuller hujumda qoida buzdi.

76. Hisobda ortda qolayotgani bois hujumlar tashkil qilishi kerak bo'lgan mezbonlar maydonning ikkinchi yarmiga to'p bilan o'tishga ham qiynalmoqda.

73. "Bavariya" futbolchilari imkon boricha to'pni nazoratda tutib turishga harakat qilyapti.

65. Kimmixning jarimadan uzatgan to'pini Pavlenka qaytarib yubordi.

62. Kichik va chiroyli kombinaciya juda jozibali chiqdi. Yakunda Pavarning zarbasi noaniq ketdi.

60. Myullerning ajoyib pasidan keyin Levandovski qulay vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi.

55. Exxxx!!! Levandovski juda chiroyli gol urgandi. Ammo unga pas bergan Myuller offsaydda qolib ketgandi.

50. Hozircha jamoalar hujumga o'tishga shaylanishmayapti.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va 2-bo'limga start berildi.

"Bavariya" katta ustunlik qilgan taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Boatengdan super pas va Levandovskidan chiroyli gol. Futbolchi birga bir vaziyatdan unumli foydalandi! 0:1! Jamoa chempionlik sari qadam tashlashda davom etmoqda.

41. Myunxenliklar doimgidek hujumga zo'r berishgan. Ammo yakuniy zarbagacha ish etib bormayapti. Hozir ham Koman to'pni to'xtatgunicha himoyachilar tepib yuborishdi.

39. "Bavariya" bosimni oshirgan. Lekin golga tortadigan vaziyat yo'q.

37. O'yin yana markazga ko'chdi. To'p asosan mehmonlarda.

33. David Alabaning zarbasini Pavlenka ushlab oldi.

31. "Verder" ham hujumkorlikni oshirmoqda. Klassen jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olib, kuchli va noaniq zarba yo'lladi.

26. UXXXXXXXXX!!!! Jarima maydonchasi ichida to'pni offsayd holatida qabul qilib olgan Gnabri markazdagi Myullerni topdi. Tomas esa zarba uchun noqulay bo'lib turgani uchun to'pni Kimmixga qoldirdi. Joshuaning zarbasini to'p to'sini qaytardi. 

24. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Myuller raqib jarima maydonchasi ichidagi Komanga to'pni havolatib uzatib berdi. Kingslining boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

22. "Bavariya" uzoq vaqt davomida hujum tashkil qildi. Bu esa Deyvisning noaniq harakatidan keyin to'xtab qoldi.

19. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!!! Eggeshtaynning 23 metrlardan yo'llagan zarbasi Noyer darvozasi yonidan o'tib ketdi.

17. O'yin tempi baland emas. Hozircha bizning chempionatning biroz tezlashgan variantini ko'ryapmiz.

15. Kimmix jarima maydonchasi ichiga Levandovskining yo'liga to'pni tashlab bergandi. Biroq hujumchi to'pga eta olmadi.

13. So'nggi o'tayotgan daqiqalar davomida "Verder" biroz sifatliroq o'ynamoqda. Bittenkurning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Noyer ushlab oldi.

9. ZARBAAAAAAAAAAA!! CHap qanotdan uzatilgan to'pga Selassie zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

8. Kingsli Komanning qanotdan to'p uzatishi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

4. UXXXXX!! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Gnabri bo'sh darvozaga joylab qo'yishi mumkin edi. Lekin bunga qadar offsayd qayd etildi. 

2. Ilk hujum myunxenliklar tomonidan tashkil qilindi. Levandovskining zarbasini himoyachilar qaytardi. Burchakdan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishgan paytda Levandovski hujumda fol ishlatdi.

1. Bosh hakam start xushtagini chaldi.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.

- Demak, jamoalar o'yinni boshlash uchun maydonga chiqib kelishdi.

Albatta, bunday ruxlantirish juda muhim. Lekin karantin futbolida emas)

SHuningdek, uchrashuvda Bundesliga to'purari Robert Levandovski asosiy tarkibda o'ynaydi. Bugun ham undan chiroyli gollar kutib qolamiz.

SHu o'rinda ikki jamoaning o'zaro o'yinlar statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 62 o'yinda 16 bora "Verder", 36 marta "Bavariya" g'alabaga erishgan. Qolgan 10 bahsda esa g'olib aniqlanmagan.

Ayni damdagi turnir jadvalida ko'rinib turibdiki, bugungi g'alabadan keyin dortmundliklar peshqadamni quvib eta olishmaydi.

Hurmatli futbol muxlislari, bugun "Vezershtadion"da Germaniya Bundesligasi 2019/20ning chempioni aniqlanishi mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика