Bundesliga, 29-tur start olmoqda. "Gamburg" - "Bayer"
04 apr 2014 17:01
Yangiliklar


Bundesliga, 29-tur start olmoqda. "Gamburg" - "Bayer"
Bundesliga uchrashuvlari ko'pchilik futbol ishqibozlarini o'zining shiddatkor o'yinlari bilan rom etib keladi. Germaniyada chempionati kutilmagan hisoblari va jamoalarining kuchli xarakteri bilan boshqa chempionatlardan ajralib turadi. Bu chempionatda qaysi klub nechinchi pog'onada va kim qanday kuchga ega ekanligi ham unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi. Har qanday uchrashuvlarda muxlislar o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurishadi.
Bundesliganing har qanday o'yinlari muxlislarda katta
qiziqish uyg'otishining asosiy sababi mana shular. Bugun chempionatda
kutilmaganda o'z o'yinini topa olmayotgan "Gamburg" jamoasi o'z uyida
Leverkuzenning "Bayer" klubini mehmon qiladi. Ayni paytda "Gamburg" bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bo'lsa, Sami Xyuyupya boshqaruvidagi "Bayer" ECHL yo'llanmasi uchun bahs olib bormoqda. Uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechishi aniq. Bu o'yin gollarga boy bo'lishini ham taxmin qilish mumkin. Bu ikkala jamoa himoyaviy o'yindan ko'ra, hujumkorroq futbolni yoqtirishadi. Asosan "Gamburg" ishtirokidagi uchrashuvlarda muxlislar ko'proq gollar shousini ko'rishga o'rganib qolishgan.
Bundesliga, 29-tur.
"Gamburg" - "Bayer" (23:30 "NTV-PLYUS Futbol")
"Imtex Arena" stadioni.
Hamkamlar: Bastian Dankert, Markus Xaker, Rene Rode.
Taxminiy tarkiblar:
"Gamburg": Rene Adler, Dennis Dikmayer, Maykl Mansenn, Xayko Vestermann, Joan Juru, Milan Badel, Tolg'ay Arslan, Petr Irachek, Rafael van der Vart, Xakan CHalxanoglu, Jak Zua.
"Bayer": Bernd Leno, Sebastyan Benish, Julio Donati, Filipp Vollshayd, Emir Spaxich, Emre Jan, Andres Guardado, Gonsalo Kastro, Lars Bender, SHtefan Kissling, Son Xin Min.
Birinchi davradagi o'yin: ("Bayer" - "Gamburg" 5:3)
SHahboz Beg'amov

Fikrlar