So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Bundesliga: 26-tur prevyusi Yangiliklar

Bundesliga: 26-tur prevyusi

Diqqat! Germaniya bundesligasida navbatdagi 26-tur uchrashuvlari boshlanmoqda.
Ko'z ochib yumgunga qadar bir hafta ham o'tdi va yana bundesliga o'yinlaridan baxra olish imkoniyatiga egamiz. Bir necha soatdan so'ng olmon o'lkasida 26-turga start beriladi. Etiborga sazovor jihati shundaki, mazkur tur butun mavsum taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan uchrashuv kunlaridan biri sanaladi. Boisi, ertaga chempion nomini bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Kim birinchilik g'olibi bo'lishi shundoq ham tushunarli. Ammo ushbu voqeaning qachon sodir bo'lishi ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Xo'sh, "Bavariya" nechanchi turda bundesliga g'olibi laganiga ega chiqar ekan… Balki, ertagayoq "Gollivud FK" muxlislari navbatdagi chempionlikni bayram qilish imkoniga ega bo'lishar… Ko'rib turganingizdek, 26-turning ahamiyati ancha yuqori. "Championat.asia" esa siz – aziz muxlislarni ushbu tur doirasidan o'rin olgan barcha uchrashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan tanishtirib o'tadi.



Tur doirasidan quyidagi bahslar o'rin olgan:
22.03 00:30 da   Frayburg - : - Verder Bremen
22.03 19:30 da   Maync - : - Bavariya
22.03 19:30 da   SHalke 04 - : - Ayntraxt B
22.03 19:30 da   Volfsburg - : - Augsburg
22.03 19:30 da   Gannover 96 - : - Borussiya D
22.03 19:30 da   SHtutgart - : - Gamburg
22.03 22:30 da   Borussiya M - : - Gerta Berlin
23.03 19:30 da   Nyurnberg - : - Ayntraxt F
23.03 21:30 da   Bayer Leverkusen - : - Xoffenxaym
       
Endi esa bevosita har bir uchrashuvga qisqacha to'xtalib o'tamiz:

"FRAYBURG" - "VERDER"
Stadion:
"Mage Solar shtadion"
Boshlanish vaqti: 00:30 22.03.2014

Turni  "Frayburg" - "Verder" uchrashuvi ochib beradi. "Mage Solar shtadion"da o'tkaziladigan mazkur bahsga bo'lgan muxlislarning etibori ancha yuqori. Boisi ikki jamoa ham mavsumni juda yomon tarzda o'tkazib kelishdi. Birinchi davraning ilk turlaridayoq boshlangan muvaffaqiyatsizliklar frayburgliklarni ham, bremenlik futbolchilarni ham ikkinchi davra o'rtalarigacha taqib qilib keldi. Lekin jamoalarning so'nggi uchrashuvlariga etibor qaratadigan bo'lsak, biroz bo'lsa-da ijobiy o'zgarishlarga ko'zimiz tushadi. SHu o'rinda omadsizliklar haqida gapiradigan bo'lsak, "Verder"ni bu borada 2013-2014 mavsumning "eng kuchli jamoasi" deyishimiz mumkin. Zero, bundesliga etakchilari qatorida etirof etilib kelinadigan jamoa joriy mavusmda juda ham yomon o'yin ko'rsatdi. Ketma-ket qabul qilingan mag'lubiyatlar va duranglar oqibatida "mashshoqlar" jamoasi turnir jadvali o'rtasidan joy egallab turishibdi. Hozirda ushbu jamoa hisobida 29 ochko mavjud. Ammo klub rahbariyatining murabbiy va futbolchilar oldiga jiddiy talablar qo'yganidan so'ng, holat biroz bo'lsa ham o'zgardi. Xo'sh, "Verder" qolgan turlarni ijobiy natijalar bilan yakunlay olarmikan?! Jamoa o'z muxlislarini yana g'alabalar bilan xushnud eta olarmikan?! Buning uchun "Frayburg" to'sig'idan o'tish lozim bo'ladi. Ko'ramiz, "mashshqolar" bu imtihonni necha bahoga topshirishar ekan…
"Championat.asia" taxmini: 50 % - 50 %



"MAYNC" - "BAVARIYA"
Stadion:
Kofeys arena
Boshlanish vaqti: 19:30 22.03.2014

Ko'plab futbol shaydolari intiqlik bilan kutayotgan bellashuv esa ertaga "Kofeys arena"da bo'lib o'tadi. Unda "Maync" va "Bavariya" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuvning ko'pchilikda qiziqish uyg'otganiga sabab – mazkur bellashuv yakunida chempionat g'olibi nomi aniq bo'lishi mumkin ekanidir. Qanday qilib deysizmi?! Pep Gvardiola ustozlik qilayotgan "Bavariya" mavsum yakunlanishidan 8 ta tur oldin oltin medallar masalasini o'zi uchun ijobiy hal qilib qo'yishi mumkin, agar… Agar "Gollivud FK"ning asosiy taqibchilari bo'lmish - "Borussiya D" va "SHalke 04" jamoalari mazkur turda mag'lubiyatga uchrasalar. Ammo ushbu ikki jamoa bahs yuritadigan raqiblarning salohiyatidan kelib chiqsak, bu voqeaning amalga oshishi biroz qiyin ekaniga amin bo'lamiz. Agar "Bavariya" ertaga chempionlikni naqd qilib qo'ymasa ham jamoa muxlislarining hafa bo'lishlariga xojat yo'q. Boisi jamoa kelasi turda ham g'alaba qozonish orqali chempionlikka erishishi mumkin  bo'ladi. Keyingi turda raqiblarning o'yinlari natijasining ahamiyati ham bo'lmaydi. SHunday bo'lsa-da myunxenliklarning ashaddiy muxlislari sevimli jamoalarining 26-turdayoq chempionat g'olibligini qo'lga kiritishlariga umid qilishmoqda. Ko'rib turganingizdek, mazkur bahsni tomosha qilish uchun ham etarlicha sabablar bor. Kuzatamiz, "Bavariya" ertaga muxlislariga navbatdagi chempionlikni tuhfa etarmikan…
"Championat.asia" taxmini: 40 % - 60 %

 
"SHALKE 04" - "AYNTRAXT B"
Stadion:
Veltins arena
Boshlanish vaqti: 19:30 22.03.2014

Gelzenkirxenliklar uchun "Ayntraxt B"ga qarshi kechadigan bahs juda katta ahamiyatga ega. Jamoa qanday bo'lmasin uchrashuvda g'alaba qoznishi talab etiladi. Yo'qsa, klub kumush medallar uchun kechayotgan kurashda o'z imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuboradi. Qolaversa, "SHalke 04"ning ochko yo'qotishi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi uchun qo'l kelishi mumkin. SHu boisdan ham gelzenkirxenlik futbolchilar mazkur bellashuvga o'zgacha ruhda tayyorgarlik olib borishdi. Raqibning egallab turgan o'rniga etibor qaratsak, "SHalke 04" uchun ushbu bahs unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi, deb o'ylashimiz mumkin. Ammo Germaniya bundesligasida har bir jamoadan etarlicha qarshilik kutish mumkin. SHuni inobatga olgan holda, "Veltins arena"da bo'lib o'tadigan bellashuvni ham murosasiz bahslarga boy tarzda kechadi, deb ayta olamiz.   
"Championat.asia" taxmini: 60 % - 40 %



"VOLFSBURG" - "AUGSBURG"
Stadion:
Folksvagen arena
Boshlanish vaqti: 19:30 22.03.2014

Tur doirasidan o'rin olgan yana bir match Volfsburg shahrida joylashgan "Folksvagen arena"da bo'lib o'tadi. Unda mezbon - "Volfsburg" "Augsburg"ni qabul qiladi. Ushbu ikki jamoa to'qnashuviga bo'lgan etibor ham ancha yuqori. Bunga bir qator sabablar bor: Birinchidan ikki jamoa ham ancha mazmunli va chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. Qolaversa, ikkala "burg" ham Evrokuboklarda ishtirok etish imkonini beruvchi o'rinlar uchun kurashishmoqda. SHu jihatlarni inobatga olib, mazkur bellashuvning anchagina qiziq o'tishini taxmin qilish mumkin. Turnir jadvalida oltinchi va sakkizinchi pog'onalarni band etib turgan "Volfsburg" va "Augsburg" jamoalari bellashuvini tomosha qilishga barchangizni taklif etamiz. Ishonamizki, bellashuv sizni zeriktirib qo'ymaydi.
"Championat.asia" taxmini: 55 % - 45 %


"GANNOVER" - "BORUSSIYA D"
Stadion
: HDI arena
Boshlanish vaqti: 19:30 22.03.2014

26-turda "Gannover" mexmoni bo'ladigan "Borussiya" Dortmund uchun bu bahsning qiyin o'tmasligini taxmin qilish mumkindek, bir qarashda. Ammo bu shunchaki ilk taassurot, xolos. Boisi "Gannover" o'z uyida hech bir jamoga osonlikcha ochko ulashmaydi. Bundan tashqari, Klopp shogirdlari so'nggi vaqtda yana nursiz o'yin ko'rsata boshladi. "Borussiya D"ning oxirgi o'yinlariga etibor qaratsak, yana mag'lubiyatlar qayd etilayotganiga ko'zimiz tushadi. Lekin jamoa musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Bavariya"ning chempionlikka erishishi bir jihatdan "sariq-qoralar" qo'lida ekan, "Borussiya D" mazkur uchrashuvda albatta zafar quchadi. Nima bo'lganda ham, principial raqiblariga dortmundliklar bunday shirin onlarni tezroq qo'lga kiritish imkonini shunchaki berib qo'yishmasa kerak. Nima dedingiz, aziz muxlis…  
"Championat.asia" taxmini: 45 % - 55 %



"SHTUTGART" -  "GAMBURG"
Stadion:
Mersedes Benc arena  
Boshlanish vaqti: 19:30 22.03.2014

Boshqa bellashuvlarga qaraganda "Mersedes Benc arena"da o'tkaziladigan uchrashuvga bo'lgan muxlislar etibori biroz pastroqdek. Ha, chindan ham. Jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rinlarini inobatga oladigan bo'lsak, shunday bo'lishi ham kerak. Ammo bu mazkur bahs zerikarli o'tishini anglatmaydi. Zero, har ikkala jamoa uchun ham ochko juda va juda zarur.Yo'qsa, bir necha yillar avval ham sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib kelgan "SHtutgart"dek jamoa kelasi mavsumni ikkinchi bundesligada o'tkazishiga to'g'ri keladi. Qimmatli ochkolarning qo'lga kiritilishi ikkala jamoaga ham xavfli zonadan uzoqlashish imkonini beradi. SHu boisdan, uchrashuvning ancha murosasiz ruhda o'tishini taxmin qilishimiz mumkin.
"Championat.asia" taxmini: 50 % - 50 %


"BORUSSIYA M" - "GERTA"
Stadion:
Borussiya Park  
Boshlanish vaqti: 22:30 22.03.2014

Ertaga Myonxengladbaxning "Borussiya"si "Gerta"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuvning ham ancha keskin ruhda o'tishi taxmin qilinmoqda. Boisi ikki jamoa ham bundesligadagi o'rinlari bo'yicha deyarli qo'shni bo'lib turishibdi. Qolaversa, jamoalarning oldiga qo'yilgan vazifa ham bir xil: Hech bo'lmaganda, Evropa Ligasiga yo'l olish. Demak, ikki jamoa ham faqat uch ochko uchun maydonga chiqishadi. Yana bir jihatga etibor qaratsak, mazkur matchda g'alaba qozongan jamoa nafaqat uch ochkoni qo'lga kiritadi. Balki raqibni uch ochkodan maxrum ham etadi. SHuni inobatga olib aytadigan bo'lsak, "Borussiya Park"da bo'lib o'tadigan mazkur bellashuvni ham tomosha qilsak bo'ladi.
"Championat.asia" taxmini: 60 % - 40 %


"NYURNBERG" - "AYNTRAXT F"
Stadion
: Grundig shtadion  
Boshlanish vaqti: 19:30 23.03.2014

"Grundig shatdion"da bo'lib o'tadigan "Nyurnberg" - "Ayntraxt F" uchrashuvining ham keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tishi kutilmoqda. Xavfli zonadan iloji boricha uzoqlashish harakatiga tushib qolgan ushbu ikki jamoa uchun qo'lga kiritiladigan har qanday ochkoning qadri baland. SHu boisdan ham matchning ancha qizg'in o'tishi taxmin qilinmoqda. Ayniqsa, nyurnberglik futbolchilar bu uchrashuvga o'zgacha tayyorgarlik ko'rishdi. Jamoa o'z muxlislari ko'z oldida to'p suradi. SHuning uchun ham jamoa mazkur matchga katta masuliyat bilan qaramoqda. Ko'ramiz, ikki "ochkoga tashna" jamoalar bahsida kimning qo'li baland kelar ekan…
"Championat.asia" taxmini: 45 % - 55 %



"BAYER" - "XOFFENXAYM"
Stadion:
BayArena   
Boshlanish vaqti: 21:30 23.03.2014

26-turning so'nggi uchrashuvi yakshanba kuni Germaniyaning eng ko'rkam stadionlaridan biri bo'lmish muxtasham "BayArena"da bo'lib o'tadi. Unda "Bayer" va "Xoffenxaym" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Mazkur jamoalar bellashuvi ham ko'pchilik muxlislar etiborini tortgan. Zero, "Bayer"ning medallar uchun kechayotgan bahsdan chiqib ketish yoki chiqib ketmaslik masalasi taqdiri aynan ushbu uchrashuvdan so'ng aniq bo'ladi. Agar "dorishunoslar" Zinsxaym klubini mag'lub eta olsa, "Bayer" muxlislari kumush yoki bronza uchun umid qilish imkoniga ega bo'lishadi. Yo'qsa, barchasi "Bayer" uchun boshqacha ko'rinish olishi mumkin. Buni chuqur xis etib tirgan Sami Xyupiya jamoasi mazkur bahsga qattiq tayyorgarlik ko'rdi. Biroq "Xoffenxaym" ham osonlikcha mag'lub bo'ladigan jamoalar sirasiga kirmaydi. Bu jamoa ham qattiq qarshilik ko'rsatishiga shubxa yo'q. Demak, so'nggi match ham ancha qizg'in va murosasiz tarzda kechadi.
"Championat.asia" taxmini: 55 % - 45 %

To'purarlar  bahsi:

To'purarlar bahsi ham borgan sayin qizib bormoqda. Bir-biridan o'zishga intilayotgan uch hujumchi – Mandjukich, Levandovski va Ramoslar bahsi ajoyib tarzda kechmoqda. Bir futbolchi gol ura olmagan turda ikkinchisi, albatta, to'p kiritmoqda va etakchilikni o'z qo'liga olmoqda. Bu safar ham shunday bo'larmikan?! Ko'ramiz, voqealar qay tarzda rivoj oladi… 



#

O'yinchi

Jamoa

Gollar

1

Mario Mandjukich

Bavariya Myunxen

17

2

Robert Levandovski

Borussiya Dortmund

15

3

Adrian Ramos

Gerta Berlin

15

4

Rafael

Borussiya M

13

5

Roberto Firmino

Xoffenxaym

13

6

Pier-Emerik Obameyang

Borussiya Dortmund

13

 
Bugunga kelib musobaqa jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

Och

1

Bavariya

25

23

2

0

62

71

2

Borussiya D

25

15

3

7

27

48

3

SHalke 04

25

14

5

6

12

47

4

Bayer

25

14

2

9

12

44

5

Maync 05

25

12

5

8

-1

41

6

Volfsburg

25

12

4

9

3

40

7

Borussiya M

25

11

6

8

11

39

8

Augsburg

25

11

5

9

2

38

9

Gerta Berlin

25

10

6

9

4

36

10

Xoffenxaym

25

7

8

10

-2

29

11

Gannover

25

8

5

12

-9

29

12

Verder Bremen

25

7

8

10

-18

29

13

AyntraxtF

25

6

8

11

-16

26

14

Gamburg

25

6

5

14

-13

23

15

Nyurnberg

25

4

11

10

-16

23

16

Frayburg

25

5

7

13

-20

22

17

SHtutgart

25

5

6

14

-13

21

18

Ayntraxt B

25

4

6

15

-25

18

Aziz bundesliga muxlislari, ko'rib turganingizdek, navbatdagi tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar orasida qiziq va keskin kurashlarga boy tarzda o'tishi kutilayotganlari talaygina. Boz ustiga ertaga navbatdagi chempion nomi aniq bo'lishi mumkin. Demak, tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlarni kuzatishimiz uchun sabablar etarli. Biz sizlarga ushbu bellashuvlarni kuzatishni maslahat beramiz. Zero, bundesliga o'yinlarini kuzatish orqali yana bir bor Evrofutbol havosidan bahra olish imkoniga ega bo'lamiz.

Keling ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermaymiz!
Bundesligani ko'ring! Bundesligaga muxlislik qiling! Ketkazgan vaqtingizga aslo achinmaysiz!

Zoxirjon AKRAMXONOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика