So’nggi yangiliklar

08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2

Bundesliga: 14-tur prevyusi Yangiliklar

Bundesliga: 14-tur prevyusi

Hafta yakuniga kelib bundesligada navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Vada berganimizdek, bundan buyon har turning prevyusini etiboringizga havola etib boramiz. Bugun 14-tur prevyusi bilan tanishish imkoniga egasiz.
Turning ilk o'yini kecha bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Unda“Volfsburg“ – “Gamburg“  1-1 hisobida durranng natijani qayd etishdi.  Qolgan uchrashuvlarning o'yinoldi tafsiloti bilan esa quyida tanishib olishingiz mumkin.


"Xoffenxaym" – "Verder" Bremen

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (19:30)

Stadion: Virsol Rayn-Nekkar-Arena, Zinsxaym

Rayn-Nekkar Arenada bo'lib o'tadigan uchrashuvda o'tgan turda mag'lubiyat alamini tortishga majbur bo'lgan ikki jamoa bahs olib boradi. “Xoffenxaym“ Bremenning “Verder“ jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvda g'alaba qozonish mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmayotgan ikki klub uchun ham juda muhim. CHunki jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rinlari maqtovga arzigulik emas. 13 o'yinda 13 ochkogina yig'a olgan mezbonlar 14 pog'onada bormoqdalar. “Verder“ esa 15 ochko bilan  12 o'rinda qayd etilgan. SHu boisdan ikkala jamoa ham bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishdi.  SHu o'rinda “Xoffenxaym“ va “Verder“ ning o'zaro o'yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, yaqqol ustunlik Bremenliklar tarafida ekani diqqatimizni tortadi. Jamoalar shu paytga qadar 11 bor to'qnash kelishgan bo'lib, 7 ta uchrashuv “Verder“ foydasiga xal bo'lgan. 3 ta o'yinda durrang qayd etilgan va faqatgina bir uchrashuvda “Xoffenxaym“ g'alaba qoznishni uddalagan. Ko'rinib turibdiki, Bremenlik “mashshoqlar“ o'zaro o'tkazilgan uchrashuvlarda tashabbusga ega bo'lib kelishgan. Ammo bugunga kelib jamoalar holatining deyarli bir xil ekani hamda o'yinning Zinsxaymda bo'lib o'tishini hisobga olib, “Verder“ ni yaqqol favorit deb ayta olmaymiz. “Xoffenxaym“ ham uyda g'alaba uchun harakat qiladi. Bu esa bizni uchrashuvni kuzatishga undasa neajab... 

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Xoffenxaym”: Kastels - Bek, Abraham, Suyle, F. Jonson - SHtrobl, Salihovich - Folland, Roberto Firmino, Elyunusi - Modeste

“Verder”: Milic - Fritc, Lukimya, Kaldirola, Garsiya - Makiadi - Elia, Gebre Selassie - Hunt - Selke, di Santo

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Xoffenxaym: Paterok, SHtols, Romario, Vukchevich

“Verder“: SHtraybinger, Pavlovich, K. Ryokker, Yunuzovich, F. Kroos, P. Stevanovich

“SA” tahmini: “Xoffenxaym” 50%-50% “Verder” Bremen


“Maync – “Borussiya Dortmund

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (19:30)

Stadion: Kofeys-Arena, Maync

Turning eng qiziq o'tishi kutilayotgan o'yinlaridan biri Maync shahrida joylashgan ko'rkam Kofeys-Arenada bo'lib o'tadi. Unda mezbonlar – “Maync“ futbolchilari bundesliga etakchilaridan hisoblangan Dortmundning “Borussiya“ jamoasini qabul qiladilar. Ushbu bahsnining ko'pchilikda qiziqish uyg'otayotganiga malum sabablari bor. Birinchidan, “Bavariya“ dan qaqshatqich mag'lubiyat qabul qilib olgan “sariq-qoaralar“  kombek qila olishadimi degan savol ko'plab muxlislar o'rtasida qizg'in muhokama qilinmoqda. Ikkinchidan, Dortmundliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'zining murabbiylik sohasida ilk qadamlarini qo'ygan jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Kloppning murabbiylik sohasida qo'lga kiritayotgan muvaffqaiyatlarida aynan “Maync“ ning ham alohida o'rni bor. Klopp ish yuritgan ikki klub bahsini tomosha qilish esa muxlislar uchun qiziq, albatta. “Maync“ hamda “Borussiya D“ bugunga qadar 14 bor bahs yuritgan bo'lib, uchrashuvlarning aksariyati “sariq-qoralar“ ning g'alabasi bilan yakunlangan. “Borussiya“ da 6 ta, “Maync“ hisobida esa 2 ta g'alaba mavjud. Jamoalar o'zaro o'yinlarning 6 tasida murosa yo'lini tanlaganlar. Etibor berganingizdek, “Borussiya“ “Maync“ dan bir bosh ustun. Lekin “Maync“ bu yil o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan. Jamoa Evrokuboklarda ishtirok etishni ko'zlamoqda. Bundan kelib chiqadiki, bizni murosasiz bahs kutib turibdi.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Maync”: Karius - Pospex, Bell, Noveski, Park - Gays, Soto - Polter, Zimling, N. Myuller - Okazaki

“Borussiya D”: Vaydenfeller - Grosskoyc, M. Friedrix, Sokratis, Durm - S. Bender, SHaxin - Blashchikovski, G. Mxitaryan, Roys - Levandovski

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Maync”: X. Myuller, Vetklo, Bungert, Baumgartlinger

“Borussiya D: Alomerovich, Hummels, SHmelcer, Subotich, Gyundogan

“SA” tahmini: “Maync” 45%-55% “Borussiya D”


“Gerta – “Augsburg

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (19:30)

Stadion: Olimpiashtadion, Berlin

14 turda “Gerta“ afsonaviy Olimpiashtdionda “Augsburg“ ga qarshi bahs yuritadi. Ushbu match Berlinliklar ustozi Yos Luhukay uchun alohida ahamiyatga egadir. Boisi Gollandiyalik mutahassis “Augsburg“ ni bundesligaga olib chiqqan murabbiy sanaladi va uning bu hizmatini ushbu jamoa muxlislari halihamon yuksak qadrlaydilar. Golland murabbiyining sobiq va hozirgi jamolari bahsiga bo'lgan etibor boshqalariga qaraganda unchalik yuqori emasdek taassurot qoldirmoqda, biroq ikkala jamoaga ham ochko suv va havodek zarur ekanligi uchrashuvni keskin kurashlarga boy bo'lishini taminlashini tahmin qilishimiz mumkin. Hozirda jamoalar turnir jadvalida sakkizinchi va o'ninchi o'rinlarni egallab turibdilar. Ular orasida 2 ochkogina farq bor. Umumiy hisobda “Gerta“ va “Augsburg“ bundesliga doirasida 4 bor uchrashishgan va natijalar borasida tenglik vujudga kelgan. Ularning har biri bir martadan g'alaba qozongan va yana ikki o'yin durrang bilan yakiniga etgan.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Gerta”: Kraft - Pekarik, S. Langkamp, Lustenberger, J. van den Bergx - Xosogai, Jigerji - Allagui, Skelbred, Ben-Xatira - Ramos

“Augsburg”: Xits - Ferxaey, Kallsen-Brakker, Klavan, Ostrzolek - Baier - To. Verner, Vogt, Moravek, Holsxauzer -Halil Altintop

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Gerta”: Burxert, Brooks, Baumyohann

“Augsburg“: Gelios, Xaan

“SA” tahmini: “Gerta” 50%-50% “Augsburg”


“Bavariya – “Ayntraxt Braunshvayg

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (19:30)

Stadion: Allianc-Arena, Myunxen

Myunxen super klubi 14 tur doirasidan o'rin olgan Braunshvaygning “Ayntraxt“ jamoasiga qarshi kechadigan bahsda g'alaba qozonib, bundesligadagi mag'lubiyatsiz seriyani yanada yaxshilab olish imkoniyatiga ega. Bu voqeaning amalga oshishiga ishonmaydigan futbol muxlisi topilmasa kerak. Zero “Gollivud FK“ ko'rsatayotgan o'yin borgan sari chiroyli ko'rinish olmoqda va uni to'xtatish hozircha hech bir klubning qo'lidan kelmayotir. “Ayntraxt“ ning “Bavariya“ ni to'xtata olishiga esa ishonish qiyin. Turnir jadvalida so'nggi pog'onada borayotgan Braunshvaygliklar “Bavariya“ ga qarshi uchrashuvlarda doim qiyinchilikka duch kelishgan. Buni jamoalarning o'zaro uchrashuvlarda qayd etgan natijalaridan bilib olish qiyin emas. Umumiy hisobda jamoalar 41 bor uchrashishgan. Uchrashuvlarning 23 tasida “Bavariya“ zafar quchgan, 6 ta bahs esa “Ayntraxt B“ g'alabasi bilan yakunlangan. Yana 12o'yinda durrang qayd etilgan. Allianc-Arenada, o'z muxlislarining ko'z oldida mag'lubiyatsiz o'yinlar sonini 39 taga etkazish “Bavariya“ ning qo'lidan kelarmikan?! Buni yaqin soatlar ichida bilib olish imkoniga egamiz.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Bavariya”: Noer - Rafinya, van Buyten, Dante, Alaba - Xavi Martinez - M. Gyotce, Tiago, T. Kroos, Robben - Mandjukich

“Ayntraxt B”: Davari - Elabdellaui, Bichakchich, Dogan, Pertel - Kratc, Vranchich, Toerkauf - Bellarabi, Boland - Kumbela

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Bavariya”: Badshtuber, Riberi, SHvaynshtayger, SHakiri, Pizarro

“Ayntraxt B: Rayxel, Xoxshaydt, Kruppke

“SA” tahmini: “Bavariya” 60%-40% “Ayntraxt B”


“Bayer Leverkuzen – “Nyurnberg”

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (19:30)

Stadion: BayArena, Leverkuzen

“Dorishunoslar“ jamoasi bundesligada ajoib odimlamoqda. Lekin ular 14 turga unchalik yaxshi kayfiyatda etib kelganlari yo'q. Boisi “Bayer“ CHL da qaqshatqich mag'lubiyatga uchradi va hozir jamoa o'yinchilarining kayfiyatlari ko'tarinki holatda emas. Bu BayArenada mehmon bo'ladigan “Nyurnberg“ ga qo'l kelishi mumkin. Ammo buning qiyin masala ekanini tushunib turibsiz. “Nyurnberg“ 13 o'yinda boryo'g'i 8 ochko yig'a oldi, xolos. Qolaversa, bundesligada bir marta bo'lsa ham g'alaba nashidasini surmagan yagona jamoa aynan “Nyurnberg“ dir. “Bayer“ ning muxlislar oldida g'alaba qozonishdan boshqa ilojisi yo'q ekanini hisobga olib, bu uchrashuvda “dorishunoslar“ ning uch ochko olishlarini tahmin qilishimiz mumkin. Bu ikki jamoaning o'zaro o'yinlari soni 51 tani tashkil etadi. 24 ta bahs Leverkuzenliklar foydasiga xal bo'lgan. 14 ta uchrashuvda “Nyurnberg“ ning qo'li baland kelgan. 13 ta o'yin bo'lsa durrang bilan nixoyasiga etgan.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Bayer”: Leno - Donati, Vollshayd, Toprak, San - L. Bender, Reinartz, Rolfes - Kastro, Kisling, Son

“Nyurnberg”: R. SHeyfer - CHandler, Nilsson, Pogatetz, Plattenxardt - Frantz - Foylner, Xasebe, Kiyotake, Drmich - Ginchzek

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Bayer”: Palop, Boenish, Xilbert, Zam

“Nyurnberg“: Markus Antonio, Gebxart

“SA” tahmini: “Bayer” 60%-40% “Nyurnberg”


“SHalke 04” – “SHtuttgart

Boshlanish vaqti: 30.11.2013 (22:30)

Stadion: Veltnis-Arena, Gelzenkirxen

SHubxasiz, turning markaziy uchrashuvi Gelzenkirxenda – Veltnis-Arenada bo'lib o'tadi. Unda ikki principial raqiblar – “SHalke 04“ hamda “SHtuttgart“ jamoalari o'zaro bahs yuritadilar. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar har doim murosasiz ruhda o'tib kelgan. Ayniqsa “SHtuttgart“ ga bu bahsdagi g'alaba juda zarur. Ushbu jamoa 16 ochko to'plagan holda o'ziga nomunosib bo'lgan to'qqizinchi o'rinda bormoqda. Bu esa jamoa muxlislarini aslo qoniqtirayotgani yo'q. Ular sevimlilarining aynan prinsipial raqibga qarshi bahsda g'alaba qozonishlarini va jamoani hech bo'lmaganda Evropa Ligasida qatnashish imkonini beradigan o'rinlardan birida ko'rish istagidalar. Ammo “SHalke“ ham anoyilardan emas. Ular shuningdek, o'z uylarida to'p suradilar va bu qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Bu omillarni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, bizni juda ajoib va kutilmagan vaziyatlarga boy o'yin kutib turibdi. Bu ikki jamoa umumiy hisobda 93 bora to'qnashgan kelgan. O'zaro bahslarning 36 tasi mezbonlar uchun muvaffqaiyatli yakunlangan. 42 ta o'yinda omad  “SHtuttgart“ ga kulib boqqan va 15 ta bahsda jamoalar murosa yo'lini tanlaganlar.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“SHalke 04”: Feyrmann - Uchida, Hovedes, Felipe Santana, Aogo - J. Jones, Noyshtedter - Farfan, K.-P. Boateng, Draksler - Scalai

“SHtuttgart”: Ulrayx - SHvaab, Rudiger, Niedermaer, Raush - Kvist, Gentner, Laytner, Ti. Verner - Maksim - Ibishevich

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“SHalke 04”: K. Papadopulos, Annan, Xuntelaar

“SHtuttgart: Boka, Didavi, Kakau

“SA” tahmini: “SHalke 04” 50%-50% “SHtuttgart”


“Gannover – “Ayntraxt Frankfurt

Boshlanish vaqti: 01.12.2013 (19:30)

Stadion:HDI Arena, Gannover

Qishning ilk kunida bo'lib o'tadigan “Gannover“ – “Ayntraxt F“ bahsining ham qiziq o'tishini tahmin qilish mumkin. Ushbu ikki jamoa bu mavsumda muxlislar kutgan o'yinni namoyish etayotganlari yo'q. O'z-o'zidan tushunarliki, jamoalar faqat va faqat uch ochko uchun bahs olib boradilar. Ularning bundan o'zga ilojlari ham yo'q. Mezbonlar hisobida 14 ochko mavjud va ular turnir jadvalining 13 pog'onasini band etishgan. Frankfurtliklarda esa boryo'g'i 11 ochko bor. Ular jadvalning 15 pog'onasidan joy olishgan. Ikki autsayder o'rtasida shu paytga qadar 48 ta to'qnashuv bo'lib o'tgan. Ularning 17 tasida “Gannover“, 15 tasida “Ayntraxt F“ futbolchilari zafar quchishgan. 16 ta uchrashuv esa durrang bilan nihoyasiga etgan.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Gannover”: Cieler - X. Sakai, Marselo, K. SHulz, Prib - SHmiedebax, Andreasen - SHlaudraff, Xusti - A. Sobiex, M. Diuf

“Ayntraxt F”: Trapp - S. Yung, Zambrano, Anderson, Ochzipka - Rode - Barnetta, Flum - Maer - Joselu, Kadlech

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Gannover”: Fuyri, Felipe, Gokdemir, Sane, Franka

“Ayntraxt: CHelozzi, Russ, Aigner, SHtendera

“SA” tahmini: “Gannover” 45%-55% “Ayntraxt F”


“Borussiya Menxengladbax – “Frayburg

Boshlanish vaqti: 01.12.2013 (21:30)

Stadion: Borussiya-Park, Menxengladbax

Monxengladbaxning “Borussiya“ si 1 dekabr kuni Borussiya-Parkda “Frayburg“ ni qabul qiladi va shu uchrashuv bilan 14 tur o'yinlariga yakun yasaladi. Gladbaxliklarning o'yinlari borgan sari ochilib bormoqda. Turdan-turga chiroyli va mazmunli o'yin namiyish etayotgan “Borussiya“ borgan sari natijalari yomonlashib borayotgan “Frayburg“ dan ham uch ochko olishga urunib ko'radi. Bu masalaning ijobiy uddalanishiga ishonish mumkin. Muxlislari ko'z o'ngida Gladbaxliklar chindan ham ajoib o'yin ko'rsatadilar. Bu ikki jamoaning o'zaro bahslari tarixiga nazar tashlasak, ustunlikning “Borussiya M“ emas, balki “Frayburg“ tomonida ekani diqqatimizni tortadi. Jamoalar shu kunga qadar 26 bor uchrashgan bo'lib, o'yinlarning 9 tasida “Frayburg“ g'alaba qozongan. 7 ta uchrashuv Menxengladbaxlik futbolchilar g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa, yana 10 ta bahs durrang bilan nihoyasiga etgan.

“SA” tahmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqadilar:

“Borussiya M”: SHtegen - Korb, Yanchke, SHtransl, Vendt - Kramer, G. Xaka - Xerrmann, Arango - Raffael - M. Kruze

“Frayburg”: Baumann - Zorg, Krmas, Diagne, Lorensoni - Ginter - Klaus, Fernandes, Mexmedi, Kokvlin - Freiz

Bahsda jamoasiga yordam bera olmaydigan futbolchilar:

“Borussiya M”: Alvaro Domingez, Mero

“Frayburg: Xedenshtad, Muydza, SHmid, SHuster, Terrazzino

“SA” tahmini: “Borussiya M” 55%-45% “Frayburg”

Bundesliga to'purarlari:

Robert Levandovski (Borussiya Dortmund)  - 9 (1)

SHtefan Kisling (Baer  Leverkuzen) - 8 (1)

Vedad Ibishevich (SHtuttgart) - 8 (2)

Mario Mandjukich (Bavariya) - 8 (0)

Pier-Mishel Lazogga (Gamburg) - 8 (0)

Siz – aziz muxlislarga uchrashuvlarni kuzatishingizni maslahat beramiz. Bundesliga o'yinlarining tur hisoboti bilan esa keyinroq batafsil tanishtirib o'tamiz.

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика