Bundesliga, 1-tur: "Bavariya" ochko yo'qotgan va "Borussiya" gollar-shousini taqdim etgan turda porlagan Zabicer
19 avg 2019 16:23
Yangiliklar


Bundesliga, 1-tur: "Bavariya" ochko yo'qotgan va "Borussiya" gollar-shousini taqdim etgan turda porlagan Zabicer
Qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy o'tgan dastlabki tur tafsilotlari haqida to'xtalib o'tamiz.
Germaniyada yangi mavsum ananaga ko'ra amaldagi chempion ishtirokidagi o'yin bilan boshlandi. O'tgan haftaning juma oqshomida Myunxenda bo'lib o'tgan "Bavariya" - "Gerta" bellashuvida ishqibozlar jami to'rtta golga guvoh bo'lishdi. Robert Levandovskining dubli ham mazkur bahsda "Bavariya"ga g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Aksincha, aynan Germaniya chempionatining to'purari yakunda "Bavariya"ga 1 ochko taqdim etishga muvaffaq bo'ldi. Xorvatiyalik mutaxassislarning o'zaro duelida Ante Kovich qo'l ostidagi "Gerta" amaldagi chempion maydonida qimmatli 1 ochkoni qo'lga kiritdi. Niko Kovach esa "Bavariya" boshqaruvida mavsumni durang bilan boshlashiga to'g'ri keldi. Qizig'i, myunxenliklar chempionat startidan avval o'tkazilgan Germaniya superkubogida ham "Borussiya"ga imkoniyatni boy berishgandi. Hozircha rasman ikkita uchrashuvda maydonga tushgan "Bavariya" g'alaba qozonganicha yo'q.
Bayern Munich Robert Lewandowski - 24', Robert Lewandowski - 60' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 00:35 2
:
2
Tugadi
|
Hertha Berlin Dodi Lukebakio - 36', Marko Grujic - 38' |
Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin
Bosh hakam: Harm Osmers
SHu tariqa Bundesliganing yangi mavsumidagi ilk o'yinda kichik sensaciya qayd etildi. Bu esa Germaniya chempionatining yangi mavsumi qiziqarli bo'lishiga yaxshigina anonsga ham aylandi.
SHanba kuni esa chempionatning qolgan 6 uchrashuvi o'tkazildi.
"Volfsburg"da mehmon bo'lgan "Kyoln" mezbonlarga 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Arnold va Vegxorstning gollariga uchrashuvning so'nggi daqiqasida Terodde javob to'pini yo'lladi. SHu tariqa "Volfsburg" Oliver Glasner boshqaruvida mavsumni g'alaba bilan boshladi.
Wolfsburg Maximilian Arnold - 16', Wout Weghorst - 60' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 19:30 1
:
2
Tugadi
|
FC Koeln Simon Terodde - 90' |
Stadion: Volkswagen Arena, 25099 tomoshabin
Bosh hakam: Sven Jablonski
Kristian SHtrayx va Sandro SHvarc boshqaruvidagi "Frayburg" hamda "Maync" o'rtasidagi bahsda hisob 80-daqiqagacha ochilgani yo'q. Lekin uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida "Frayburg" mehmonlar davrozasiga qatorasiga uchta to'p yo'lladi va mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi.
Freiburg Lucas Hoeler - 81', Jonathan Schmid - 84', Gian-Luca Waldschmidt - 87' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 19:30 0
:
3
Tugadi
|
Mainz 05 |
Stadion: Schwarzwald-Stadion, 24000 tomoshabin
Bosh hakam: Robert Hartmann
Bremenda esa "Verder" kutilmaganda mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi. O'z uyida "Fortuna" Dyusseldorfni qabul qilgan bermenliklar o'z darvozalaridan uchta to'p o'tkazib yuborib, raqibga bir gol bilan javob qaytardi. Natijada Fridxelm Funkel boshqaruvidagi kamtarin "Fortuna" Dyusseldorf mavsumni ishonchli g'alaba bilan boshladi.
Werder Bremen Johannes Eggestein - 47' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 19:30 3
:
1
Tugadi
|
Fortuna Duesseldorf Rouwen Hennings - 36', Kenan Karaman - 52', Kaan Ayhan - 64' |
Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 42100 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Zwayer
Leverkuzenda kechgan "Bayer" hamda "Paderborn" klublari o'rtasidagi bahsda muxlislar gollar-shousiga guvoh bo'lishdi. Dastlab Leon Beyli kiritgan golga mehmonlardan Sven Michel javob qaytardi. So'ngra Kai Xavercning goliga "Paderborn"dan Streli Mamba o'z munosabatini gol bilan bildirdi va uchrashuvda ikkinchi marotaba muvozanatni tikladi. Biroq tanaffusdan keyin Kevin Folland tomonidan kiritilgan gol "Bayer"ga g'alabani taqdim etdi.
Bayer Leverkusen Leon Bailey - 10', Kai Havertz - 19', Kevin Volland - 69' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 19:30 2
:
3
Tugadi
|
Paderborn Sven Michel - 15', Streli Mamba - 25' |
Stadion: BayArena, 26208 tomoshabin
Bosh hakam: Tobias Stieler
"Bavariya" ilk turda ochko yo'qotgach ko'pchilikning diqqat markazida bo'lgan "Borussiya" Dortmund o'z uyida "Augsburg"ni qabul qildi. Mazkur o'yinga bo'lgan qiziqish esa o'z-o'zidan yuqorilab ketgandi. Bahs esa kutilmagan scenariy ostida boshlandi. "Augsburg" azosi Florian Niderlexner bellashuvning ilk daqiqasidanoq hisobni ochishga erishdi. "Borussiya" uzoq kuttirmasdan tezkor javob to'pini yo'lladi. Pako Alkaser tomonidan hisob tenglashtirilgach, "Borussiya"ning gollar jo'mragi ochilib ketdi. Natijada o'yin yakuniga qadar dortmundliklar yana to'rt marotaba "Augsburg" darvozasiga yo'l topib, hisobni 5:1 ko'rinishiga keltirishdi. Jamoaga yangi kelib qo'shilgan Yulian Brandt ham zaxiradan tushiboq debyut o'yinida gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Borussia Dortmund Paco Alcacer - 3', Jadon Sancho - 51', Marco Reus - 57', Paco Alcacer - 59', Julian Brandt - 82' |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 19:30 1
:
5
Tugadi
|
Augsburg Florian Niederlechner - 1' |
Stadion: Signal Iduna Park, 81365 tomoshabin
Bosh hakam: Frank Willenborg
Myonxengladbaxda esa turning qiziqarli to'qnashuvi "Borussiya" Myonxengladbax va "SHalke" o'rtasida kuzatildi. Murosasiz o'tgan bahsda jamoalar harchand o'rinmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Natijada mazkur jamoalar mavsumni cho'ntakda 1 ochko solgan holda boshlashdi.
Borussia Moenchengladbach |
1. Bundesliga . 1-tur 17/08/2019, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
Schalke 04 |
Stadion: Borussia-Park, 54022 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Turning so'nggi ikkita bellashuvi dam olish kuni bo'lib o'tdi. Unda dastlab "Ayntraxt" o'z uyida "Xoffenxaym"ni qabul qilgan bo'lsa, Bundesligaga chiqqan "Union Berlin" "Leypcig"ni mehmon qildi.
Frankfurtda o'tgan bellashuvda o'yinning ilk daqiqasida Martin Xinteregger tomonidan kiritilgan gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va "Ayntraxt" g'alabana tantana qildi.
Eintracht Frankfurt Martin Hinteregger - 1' |
1. Bundesliga . 1-tur 18/08/2019, 19:30 0
:
1
Tugadi
|
Hoffenheim |
Stadion: Commerzbank Arena, 50200 tomoshabin
Bosh hakam: Daniel Siebert
Turning so'nggi qarama-qarshiligi "Union Berlin" va "Leypcig" o'rtasida kechdi. Elitada yangi bo'lgan debyutantlar "buqalar"dan javobsiz to'rtta to'pni qabul qilib olishdi. Birinchi taymdayoq "Leypcig" o'yin taqdirini hal etdi. Tanaffusdan keyin esa Kristofer Nkunku hisobni yanada yiriklashtirdi.
Union Berlin |
1. Bundesliga . 1-tur 18/08/2019, 22:00 4
:
0
Tugadi
|
RB Leipzig Marcel Halstenberg - 16', Marcel Sabitzer - 31', Timo Werner - 42', Christopher Nkunku - 69' |
Stadion: Alte Foersterei, 22467 tomoshabin
Bosh hakam: Markus Schmidt
SHu bilan Germaniya Bundesligasining 1-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Mazkur turda 5ta mezbon hamda ikkita mezbon jamoalari g'alaba nashidasini surishdi. Qolgan ikkita bellashuvda esa g'olib nomi aniqlanmadi. Ishqibozlar Germaniya Bundesligasining ilk turida jami 30ta gol guvohiga aylanishdi. Mazkur gollarning 17tasini mezbonlar kiritishni va qolgan 13tasiga mehmonlar mualliflik qilishdi.
"Borussiya" Dortmund va "Bavariya" hujumchilari Pako Alkaser hamda Robert Levandovski mazkur turda dubl qayd etishdi. "Leypcig" azosi Marsel Zabicer esa birinchi turda uchta golga assistentlik qildi. SHuningdek, Aksel Vitcel hamda "Fortuna" Dyusseldorf futbolchisi Erik Tommi jamoasining ikkita goliga hammualliflik qilishdi.
Turning eng yaxshi darvozaboni nomiga esa "Verder"ga qarshi o'yinda 9 marotaba seyv amalga oshirgan "Fortuna" Dyusseldorf kiperi Zak SHteffen loyiq ko'rildi.
Bundesliga, 1-tur ramziy terma jamoasi (5-3-2):
Darvozabon: SHteffen ("Fortuna" Dyusseldorf)
Himoyachilar: Xalstenberg ("Leypcig"), Xinteregger ("Ayntraxt"), Xummels ("Borussiya" Dortmund), Klyunter ("Gerta"), SHmid ("Frayburg")
Yarim himoyachilar: Vitsel ("Borussiya" D), Karaman ("Fortuna" Dyusseldorf), Zabicer ("Leypcig")
Hujumchilar: Levandovski ("Bavariya"), Alkaser ("Borussiya" D)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar