"Bunday maydonda kombinacion futbol ko'rsatish qiyin"
10 apr 2021 22:21
Yangiliklar
"Bunday maydonda kombinacion futbol ko'rsatish qiyin"
"Nasaf"ga g'alaba keltirgan ikki golga jamoaning serbiyalik yarim himoyachisi Marko Stanoevich mualliflik qildi. SHuningdek uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Biz esa mazkur bahsdan so'ng Markoning fikrlariga quloq tutdik.
"Raqibimiz yaxshi va tajribali ijrochilarga ega jamoa ekanligini bilar edik. O'yin oson bo'lmadi. Lekin maydon holati o'z o'yinimizni to'liq ko'rsatishga to'sqinlik qildi. Bunday maydonda kombinacion futbol ko'rsatish murakkab. Muhimi yakunda g'alabani o'zimizniki qildik. Eng asosiy masala shu.
Standart vaziyatlarda, jarima zarbalarini o'zim amalga oshirmoqdaman. Ayrim hollarda xatoga ham yo'l qo'yyayotganimni sezyapman. SHuning uchun har doim ham zarbalar muvaffaqiyatli chiqavermaydi",- deydi Stanoevich.
Fikrlar