Bunaqasi ilk marta! Hakam tanaffusga ketgan jamoalarni maydonga qaytardi (VIDEO)
17 apr 2018 10:28
Yangiliklar
Bunaqasi ilk marta! Hakam tanaffusga ketgan jamoalarni maydonga qaytardi (VIDEO)
Kecha, 16 aprel kuni "Maync" hamda "Frayburg" o'rtasida Bundesliganing 30-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mayncdagi "Opel-Arena" stadionida o'tgan bahs 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv bosh hakami Gvido Vinkmann tanaffus paytida videoassistent tizimidan foydalanib, o'yin payti sezmay qolgan qoidabuzarlikni aniqladi va jamoalarni maydonga qaytarib, "Frayburg" darvozasiga penalti belgiladi. Hujumchi Pablo de Blasis 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.
Fikrlar