So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Bum! "Surxon" yangi va baquvvat homiy topdi Yangiliklar

Bum! "Surxon" yangi va baquvvat homiy topdi

Teglar :  Superliga"Surxon"
"Surxon" ayni paytda Superligada qolish uchun harakat qilayotganidan xabaringiz bor.

Umuman olganda, Termiz klubi so'nggi 2 mavsumni autsayderlar zonasi atrofida o'tkazdi. Bu yil jamoaning quyi ligaga ravona bo'lishini kutganlar talaygina edi. Biroq, "Surxon" oldinda turgan 3 o'yindan birini yutsa, elitadagi o'rnini kafolatlaydi. Mayli, bu o'z yo'liga...

Championat.asia'da termizlik muxlislar uchun ajoyib xushxabar bor. "Surxon" o'ziga yangi va baquvvat homiy topdi. Gap "ERIELL Group" xalqaro neft-gaz kompaniyasi haqida bormoqda. Malum bo'lishicha, tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishilgan. 

Kompaniya allaqachon Termizda jamoa uchun zamonaviy baza qurish borasida amaliy ishlarni boshlab yubordi. "ERIELL Group" dekabr oyining oxirida "Surxon"ni rasman qabul qilib oladi. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, kompaniya rahbariyati O'zbekistonning janubida yangi grand jamoani tuzmoqchi. Buning uchun 2-3 yil talab qilinadi. SHu maqsadda kelasi yil Termizga ispaniyalik murabbiy olib kelinishi aytilmoqda.

Endi "ERIELL Group" haqida qisqacha. Bu Rossiya Federaciyasi, Markaziy Osiyo, yaqin SHarqdagi neft va gaz sohasidagi etakchi kompaniyalarga quduqlarni qurish hamda kapital tamirlash xizmatlarini ko'rsatuvchi xalqaro neft-gaz kompaniyasi. "ERIELL Holding" boshqaruv kengashining raisi Baxtiyor Fozilov hisoblanadi. 

U 2018 yildan O'zbekistonda xokkey rivojlanishiga homiylik qilayotgan edi. "ERIELL Group", shuningdek, "Spartak" (Moskva) xokkey klubining bosh homiysi va KXLning rasmiy hamkori hisoblanadi.

Xullas, Termiz klubi tez orada keskin kuchaytirilishi kutilmoqda. Aytgancha, yangi homiy to'g'risidagi gaplarni "Surxon" mutasaddisi ham tasdiqladi. Voqealar rivojini esa kuzatamiz.

Superliga. "Surxon" — "Nasaf" uchrashuvi haqida 11 fakt

Muallif :
Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика