So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Bular "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir Yangiliklar

Bular "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir

G'urur va faxr ! Bu inson uchun eng oliy tuyg'ulardan biridir.
Har bir ota ona o'z farzandini dunyoga kelganida uning kamolini ko'rishni, bergan talimini oqlashini va u bilan faxrlanishni istaydi. Bugungi kunda "Mashal" PFK ham bir olam g'urur va faxrga to'lgan. O'z vaqtida klubimizda futbol sir-asrorlarini o'rgangan yosh futbolchilar bugun O'zbekiston nomidan maydonga tushmoqda. Ular qaysi klubda bo'lmasin va qaerda o'ynamasin , ular hamisha klubning faxri va g'ururi bo'lib keladi.

Ikki kun oldin Mirjalol Qosimov O'zbekiston Milliy terma jamoasini tarkibi elon qildi. Ushbu tarkibga nazar solsak faqatgina Zohir Qo'ziboev "Mashal" klubidan jalb etilgan. Zohir garchi futboldagi dastlabki talimini klub akademiyasi olmagan bo'lsa ham , aynan jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning mehnati natijasida shu darajaga etib bormoqda. Xomyakov Qo'ziboevni birinchi ligadan o'z klubiga qo'shib oldi va Oliy ligada murabbiy uslubiga xos futbolchi sifatida maydonga qo'ydi. Zohir murabbiyning ishonchini oqladi va debyut mavsumidayoq to'purarlar qatoriga kirishni uddaladi. Xomyakov esa o'z navbatida O'zbekiston Milliy terma jamoasiga munosib futbolchini etishtirib berdi.

Tarkibda nafaqat Qo'ziboev bilan, balki bir necha yillar futbol sirlarini aynan "Mashal" akademiyasida o'rganib, futbolga dastlabki qadamini maktabimizda bosgan va bugun O'zbekiston nomidan maydonga tushishga shaylanayotgan Fozil Musaev, Lutfulla To'raev, Eldor Suyunov, Farrux Sayfievlar hamisha klubning faxri va g'ururidir. Terma jamoaga munosib nomlarni chiqirib bergan "Mashal" , bugun Germaniyaga qarshi maydonga tushishi mumkin bo'lgan Eldor SHomurodov va Otabek SHukurovlarni o'z akademiyasidan chiqib berdi. Yuqoridagi nomlari qayd etilgan har bir futbolchi qaysi klub sharafini himoya qilishidan qatiy nazar bizga o'zgacha iftixor bag'ishlaydi.

Mehnatini samarasini ko'rgan ota-onadek, bugun voyaga etgan va futbolda o'z o'rnini topgan futbolchilar klub uchun hamisha o'z farzandidek bo'lib qoladi.

Humoyun Davurov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика