So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

Bukilgan qaddini tezda rostlagan “Reynjers” Yangiliklar

Bukilgan qaddini tezda rostlagan “Reynjers”

SHotlandiyaning “Reynjers” klubi ulkan tarixga ega klub hisoblanadi.

Lekin jamoaning oxirgi 10 yillik tarixiga nazar solsangiz, klub irodasiga tan bermaslikning ilojisi yo'q. Quyida etiboringizga Evropa ligasi finalchisining tarixiga nazar solamiz.

Uchinchi ligaga tushirilib yuborilishi

Diqqat qiling, “Reynjers” qariyb 10 yil muqaddam bankrot holatida SHotlandiya Ikkinchi ligasi (uchinchi raqamli divizion)ga tushirib yuborildi. CHindan ham o'sha vaqtda klub bankrot yoqqasiga kelgan. Hattoki, jamoani tarqatib yuborish fikri ham bo'lgan. Ulkan tarixga ega bo'lganligi bois, uni saqlab qolish va imkon qadar qaddini tiklash bo'yicha muxlislar ham astoydil harakat qilishdi. 

Ortga qaytish

Glazgoliklar sekin-asta homiylar topib, SHotlandiya elit ligasi – Premer-liga ortida turuvchi CHempionshipga qaytish uchun atigi 2 mavsum sarflashdi. Atigi 2 mavsum. Aniqroq qilib aytganda, 2012 yili quyiga tushirib yuborilgan jamoa darhol CHempionshipga qaytdi. Kerakli homiclar hisobiga jamoa 2016 yilda mazkur ligada g'olib bo'lib, kuchlilar safiga ko'tarildi. Bu vaqt davomida asosan yoshlar va ayrim tajribali ijrochilar hisobiga “Reynjers” shakllantirildi.

Uzoq kutilgan chempionlik

2021 yil “Reynjers” uchun muhim yillardan biriga aylandi. Klub bankrotlik sabab quyiga ravona qilingan vaqtida hech kim “Reynjers”ni yana chempion bo'lishini taxmin qilmagan. “Seltik”ning uzoq yillik gegemonligini aytishgandi. Stiven Jerrard glazgoliklarni qabul qilib olib, ajoyib tarzda jamoa shakllantirdi. Jermeyn Defo, Jon Flanagan kabi ingliz ijrochilari  taklif qilindi. Yoshlarga etibor qaratdi. Bu esa chempionatni mag'lubiyatsiz yakunlagan holda chempionlikni taqdim qildi. Bu esa klubning qanchalik metindek irodasi ekanligidan dalolat. 

Darqove, glazgoliklarning muxlislari Jerrardni yaxshi xotiralar bilan eslashadi. U tarix yozib keta oldi. 

Xalqaro maydondagi muvaffaqiyat

Diqqat qiling, “Reynjers” joriy mavsum evroarenada ham o'ynashni unutmaganini to'liq isbotlab, Evropa ligasi finaliga yo'l oldi. To'g'ri, jamoa SHotlandiya Premer-ligasi chempionligini azaliy raqibiga topshirib bo'ldi. Biroq “Ayntraxt”ga qarshi kechadigan bahs orqali g'alaba qozonsa, 10 yil ichida botqoqlikdan yuqoriga tez ko'tarilgan jamoa sifatida ko'p yillar yanada eslashlari mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика