So’nggi yangiliklar

22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  0 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  3 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  7 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  24 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  36 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0

Bugungi tur imkoniyatlari Yangiliklar

Bugungi tur imkoniyatlari

Avvallari "Traktor" qarshiliklar uchun juda noqulay raqib hisoblanardi.
To'g'ri, "Nasaf" mezbonligida o'tadigan o'yinlarda ular g'alaba qozonib kelganlar. Ammo Toshkentda jamoa juda qiynalardi. Hozirgi paytda xuddi shunday "Metallurg" Ro'ziqul Berdiev jamoasi uchun noqulay raqib. To'g'ri, bugunga kelib "Metallurg" mag'lubiyat iskanjasiga tushib qoldi. "Paxtakor" bilan o'yindan kelib chiqsak, jamoa yomon o'ynamadi, faqat yakuniy zarbani bera olmayapti. 2014 yil Qarshida durang natija qayd etilgan edi, ammo Bekobodda 2:0 hisobida "ajdarlar" ustun kelganlar.

Bu o'yin qiziqarli kechishi aniq, agar "Nasaf" birinchi gol urib olsa hisob yiriklashib ketishi ham mumkin.



"Nasaf" (Qarshi) - "Metallurg" (Toshkent)
15 may. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:00.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), V. Lushin (Guliston), R. Nugmanov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Imkoniyatlar: 50:50%


"Bunyodkor"dan bugunga kelib omad ochiqchasiga yuz o'giryapti. Jamoa yomon o'ynayapti deb aytib bo'lmaydi. Ammo "Lokomotiv" kabi aniq tarkib yo'q. Har safar Lushan kamida ikki nafar futbolchini almashtiryapti. Jamoa OCHL bilan qo'shib hisoblaganda 14ta o'yinda o'zining asosiy tarkibini tuzib ololmadi. "Mashal"da esa aksincha, hamma o'z nuqtasidan muqim o'rin olgan. Bu gapni fakt bilan keltirsak. "Mashal"da hozirgacha 8 nafar futbolchi oliy liganing barcha turlarida harakat qildi. "Bunyodkor"da Rashidov va Hamdamov 7tadan o'yinda maydonga tushgan. Sardor 3ta o'yinda zaxiradan maydonga chiqqan, Doston esa bor-yo'g'i uchta o'yinni to'liq o'tkazgan. "Mashal"dagi o'rtacha daqiqa 82 daqiqani tashkil etgan bo'lsa, "Bunyodkor"da 8ta o'yin 55 daqiqani tashkil etdi. O'yin amaliyotining futbolda o'rni katta. Bularni barchasini va "Bunyodkor"ning mezbonligini inobatga olgan holda imkoniyatlarni 50:50% baholadik.



"Bunyodkor" (Toshkent) - "Mashal" (Muborak)
15 may. "Bunyodkor" stadioni. 18:30.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Imkoniyatlar: 50:50%
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика