Bugungi tadbir. Yoshlar o'rtasidagi turnir finalchilari malum
31 may 2016 13:40
Yangiliklar
Bugungi tadbir. Yoshlar o'rtasidagi turnir finalchilari malum
Tushga qadar "Yoshlik" sport zalida 2006 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar o'rtasidagi turnirning yarim final hamda uchinchi o'rin uchun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Yarim finallardan keyin "Bunyodkor" hamda "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari finalga yo'l olishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa "Spartak" klubi "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va bronza medallari sohibiga aylandi. Final bahsi bugun 15:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Finaldan so'ng taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
2006 yillar turniri
1/2 final.
Spartak - Bunedkor 4:9
Gollar: Anvarov, Bahodirov, O'rinboev (2) - Aliqulov, Abdusamatov (3), Nazarov (2), Ismoilov (2), Suyunov.
Paxtakor - Lokomotiv 3:1
Gollar: Mirzaahmedov, Panforov (2) - Tojiev.
3-o'rin uchun
Spartak - Lokomotiv 2:0
Gollar: O'rinboev (2)
Fikrlar