So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Bugungi raqibimiz Hamad boshchiligidagi Bahrayn Yangiliklar

Bugungi raqibimiz Hamad boshchiligidagi Bahrayn

10 oktyabr kuni Dubaydagi “Seventh” stadionida milliy terma jamoamiz o'zi kabi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Bahrayn termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Biz uchun tanish raqibga qarshi bellashuv 4 yillik tanaffusdan keyin bu jamoa bilan navbatdagi o'yinga aylanadi. Oxirgi yillarda mavqeini yo'qotib qo'ygandek ko'ringan Bahrayn Osiyo Kubogiga yo'llanma olish orqali yana avvalgi holatiga qaytishga urinadi.

FIFAga azo bo'lish uchun ariza topshirgan "qizillar" 1965 yil vaqtinchalik qabul qilinishdi. Ularning to'la-to'kis FIFA tarkibiga kirganligi esa 1968 yil Mexikoda bo'lib o'tgan kongressda malum qilingan. 1970 yilda OFK ham Bahraynni o'ziga azo sifatida qabul qildi. SHu yilning o'zidayoq Bahrayn Futbol Associaciyasi birinchi xalqaro turnirni o'tkazdi. "Fors Ko'rfazi Kubogi" bahslari ushbu mamlakatda bo'lib o'tdi. Hozirda Bahraynda futbol ommaviy sport turiga aylanib bo'lgan va milliy terma jamoa ishtirokidagi bahslarni kuzatish uchun Manamadagi Milliy stadionga har safar ko'p ming sonli muxlislar tashrif buyurishadi. Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni 20 mingga yaqin. Rasman ro'yxatdan o'tgan o'yinchilar 4078 tani tashkil etsa, barcha divizionlardagi klublar soni 52 taga etgan. Bu hududi jihatidan juda kichik bo'lgan va kam aholiga ega mamlakat uchun ancha yaxshi natija hisoblanadi. Taqqoslash uchun O'zbekiston hududi Bahraynnikidan 575 marta katta va aholisi 22 baravar ortiq. Boz ustiga, Bahrayn quruqlik bo'yicha qo'shni mamlakatlariga ega emas.

BAHRAYN FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan yili
: 1958
FIFA azosi: 1968
Rasmiy internet sayti: www.bahrainfootball.org
Prezidenti: Al Xalifa SHayx Ali Bin Xalifa
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 18 278
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar: 4078
Klublari soni: 52
Futbol rasmiylari soni: 710
FIFA tasarrufidagi uchrashuvlarda maydonga tushishni Bahrayn 1966 yilda boshlagan. Birinchi uchrashuvni bu yurt vakillari Iroqda o'tkazishgan. O'shanda Quvayt terma jamoasiga qarshi kechgan keskin bellashuvda 4:4 hisobidagi gollarga boy durang qayd etilgan. Oradan to'rt kun o'tib, maydon egalari bilan o'tgan uchrashuvda esa iroqlik futbolchilar qanday o'ynash borasida bahraynliklarga dars berishgan va 10:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Ushbu mag'lubiyat terma jamoa tarixidagi eng yirik muvaffaqiyatsizlik sanaladi. Mamlakatda futbolchilar saviyasi 2000-yillarning boshida ko'tarildi va terma jamoa ham natijalarga erisha boshladi. Masalan, 2004 yil Bahrayn FIFA tomonidan eng ko'p taraqqiyotga erishgan terma jamoa sifatida tan olindi. O'shanda Osiyo chempionatida ijobiy natijalarga erishgan "qizillar" FIFA reytingida eng yaxshi ko'tarilishni qayd etishgan. Darvoqe, o'shanda terma jamoa birinchi marta Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etgandi. Guruh uchrashuvlarida 5 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan Bahrayn chorak finalda bizni penaltilar seriyasida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi. Yarim finalda bo'lajak chempionlar Yaponiya terma jamoasiga qo'shimcha vaqtda imkoniyatni boy berib qo'yishgan. Jahon chempionati saralash bosqichlarida esa xuddi biz kabi bu jamoaga ham omad kulib boqmayapti. Ikki bor qitalararo pley-off bahslarida Trinidad va Tobago hamda Yangi Zelandiyaga imkoniyat boy berilgan.

BAHRAYN TERMA JAMOASI
Laqabi:
"Al Ahmar" ("qizillar")
Bosh murabbiyi: Adnan Hamad (Iroq)
Eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi: Salmon Isa (144 o'yin)
To'purari: Husayn Ali (33)
FIFA reytingidagi o'rni: 104
Eng yuqori o'rni: 44 (2004 yil sentyabr)
Eng quyi o'rni: 139 (2000 yil mart)
Birinchi uchrashuvi: Quvayt - 4:4 (1966 yil 2 aprel, Bag'dod)
Eng yirik g'alabasi: Indoneziya - 10:0 (2012 yil 29 fevral, Bahrayn)
Eng yirik mag'lubiyati: Iroq - 1:10 (1966 yil 6 aprel, Bag'dod)
Yutuqlari: Arab Ko'rfazi Kubogi-2011 va Arab sport o'yinlari-2011 g'olibi.

BAHRAYN QIROLLIGI
Rasmiy nomi:
Mamlakat al Bahrayn
Poytaxti: Manama
Yirik shaharlari: Muharraq, Jidd Hafs, Isa, Sitra, Riffa
Valyutasi: Bahrayn dinori
Rasmiy tili: arab
Hududi: 780 kv. km.
Aholisi: 1 mln 348 ming
Internet kodi: .bh

Bahrayn terma jamoasini ayni paytda iroqlik Adnan Hamad boshqarmoqda. 53 yoshli murabbiy o'zining futbolchilik faoliyatini Iroq klublarida o'tkazgan. Murabbiy sifatida arab mamlakatlarida juda mashhur. Iroq va Iordaniya terma jamoalarini yangi saviyaga olib chiqqani ko'pchilik tomonidan etirof etilgan. Bahraynda shu yilning avgustidan ish boshladi. Ilk uchrashuvida Quvaytni dog'da qoldirishni uddaladi. Hamad Bahraynni ham sezilarli kuchaytirishga erishishini taxmin qilsa bo'ladi.

Bahrayn – Iordaniya – 0:1
Bahrayn – Quvayt – 0:0
Qatar – Bahrayn – 0:0
Quvayt – Bahrayn – 0:1

Adnan HAMAD
Tug'ilgan sanasi: 01.02.1961
Tug'ilgan joyi: Samarra, Iroq
Futbolchilikdagi ampluasi: hujumchi
O'ynagan jamoalari: 1975–1982 “Samarra”, 1982–1983 “Salohiddin”, 1984–1988 “Al Zavra”, 1988–1989 “Al Talaba”, 1989–1990 “Al Tayaran”, 1990–1992 “Al Zavra”, 1992–1994 “Samarra”. Iroq terma jamoasida 17 uchrashuvda 6 to'p kiritgan.

Boshqargan jamoalari: 1994–1996 “Al Zavra” (yoshlar), 1996-1998 “Al Zavra”, 1997–1998   Iroq U-20, 1998–1999   “Dubay”, 1999–2001 “Al Zavra”, 2000 Iroq terma jamoasi, 2000–2001 Iroq U-20, 2001 Iroq terma jamoasi, 2001–2002 “Al Zavra”, 2002 Iroq terma jamoasi, 2003 “Al Zavra”, 2003–2004 Iroq U-23, 2004 Iroq terma jamoasi, 2005–2006 “Al Ansor”, 2006–2008 “Al Faysali”, 2008 Iroq terma jamoasi, 2009–2013 Iordaniya terma jamoasi, 2014 “Baniyas”.

SHu yilning 6 avgustidan Bahrayn terma jamoasida.
Osiyoning 2004 yildagi eng yaxshi murabbiyi. Iroqda 4 bor eng yaxshi murabbiy deb topilgan.

Hozirgacha terma jamoamiz Bahrayn bilan 9 bor kuch sinashgan. Unda 3 g'alaba, 4 durang va 2 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar farqi 11ga 8. Biroq ulardan biri bekor qilingan. Buning sababini ishqibozlar yaxshi biladi. Yapon hakamining xatosi tufayli FIFA 1:0 hisobida yutgan bahsimizni bekor qilgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика