So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Bugungi kun modasi: "CHapaqaylar" Yangiliklar

Bugungi kun modasi: "CHapaqaylar"

Bugun jahonning ko'plab klublarining skautlari chap oyoqda to'p tepadigan iqtidorli futbolchilarni qidirishdan charchamayapti.
Bunga sabab chap oyoqda harakat qiluvchi Messi, Robben yoki Beyl kabi jahon futboli yulduzlarini kashf qilishimi? Futbol ishqibozi hisoblanuvchi biz va siz har kuni futbol ko'rishni kanda qilmaymiz va bundan charchamaymiz. Televizor orqali ko'rgan uchrashuvlarimizda bizni ko'proq chapaqaylar ajablantiradi, shundaymi? Xatto o'zimizning klublar ham asosiy etiborni chap oyoqda to'p tepadigan futbolchilarga qaratmoqda. Demak, chap oyog'iga ishonadigan futbolchilarga talab katta va ular modada! Bu maqolamizda bugunda mashhur bo'lib turgan va kelajakda porlashi kutilayotgan chapaqaylar haqida so'z yuritamiz.


Lionel Messi ("Barselona")


Bu futbolchi haqida ortiqcha gapirib o'tirishning keragi yo'q, chunki deyarli har kuni Messi haqida yozladi va uning o'yinidan parchalar ko'rsatiladi. "Barselona" vakillari unga "sovchi" bo'lganida, Leoning bu qadar yuqori cho'qqilarga erishishini hech kim kutmagan bo'lsa ajab emas. Ronalduni keksayishiga yo'l qo'ymayotgan bu futbolchini chapaqaylar sardori desak bo'ladi.

Aren Robben ("Bavariya")


CHap oyoqda to'p tepishda Messidan qolishmaydigan 31 yoshli Robben hozirgacha "Bavariya"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Uning kutilmagan burilishlari va raketadek tezligi har qanday himoyani sarosimaga solib qo'ya oladi. Raketadek deganimga hayron bo'lyapsizmi? Esingizdami, Braziliyada o'tgan jahon chempionatida Ramosdan ikki-uch metr ortda qolayotgan Robben, bir necha soniyadan so'ng Serxioni "changida" qoldirib ketadi va Kasilyas darvozasini aniq nishonga oladi.


 "Bavariya"ning Robben-Riberi juftligi hujumga o'tganida, faqat mo'jiza bu hujumni goldan saqlab qolishi mumkindek taasurot uyg'onadi.


Garet Beyl ("Real")


Avvaliga "Tottenxem" himoyachisi bo'lgan Garet Beyl hozirgi kunda "Real"ning hujum chizig'ida to'p tepadi. "Inter"ga qarshi o'yinda "shporlar" safida harakat qilgan Beyl o'sha paytdagi eng kuchli himoyachilardan biri sanaladigan Maykondan bemalol qochib, raqib darvozasini nishonga olishdan charchamagan. Garetning aynan shu "ochilib ketishi" unga "Real"ga o'tishga katta yordam bergan. Ayni damda u "Qirollik klubi"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.  Beylning gollari tufayli Evro-2016 saralashida qatnashayotgan Uels terma jamoasini guruhda birinchi o'ringa olib chiqdi.


Anxel di Mariya ("Manchester Yunayted")


"Real"da o'z o'yinining yuqori saviyasini namoyish etgan Anxel di Mariya hozirda "Manchester Yunayted" safida o'z darajasida o'ynay olmayapti. Balki unga ingliz futboliga ko'nikish qiyinchilik tug'dirayotgandir? Ammo o'tgan mavsumda di Mariya "Real" CHempionlar ligasida g'olib bo'lishi uchun ko'p mehnat qilgan. Anxel CHempionlar ligasi final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Di Mariya "Qizil iblislar" safida yana o'z o'yinini topib oladi degan umiddamiz.


Marselo ("Real")


Hozirgi kunda "Real" chap qanot himoyachisi rolida Marselodan boshqasini tasavvur qila olmasak kerak. To'g'ri, Koentrau ham kuchli futbolchi, ammo Marselo tajribali va irodaliroq. U "Qirollik klubi" hujumlarining deyarli yarmidan ko'pida ishtirok etadi. Qanot himoyachisining chap qanotdan yorib kirib, xuddi Azar kabi o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga olganini bir necha marta ko'rganmiz. Dunyoning barcha murabbiylari bunday futbolchini o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi.


Allen Xalilovich ("Barselona")


"Barselona" kelajagi hisoblanayotgan Allen Xalilovich hozirda "Barselona" B jamoasida to'p tepyapti. U ilk professional shartnomasiga 16 yoshida imzo chekkan. Allen 2 yil davomida Zagrebning "Dinamo" klubi tarkibida 44 marta maydonga tushib, 7ta golga mualliflik qilgan. Iqtidorli futbolchini uzoq muddat kuzatgan Kataloniya klubi, 2014 yilda Xalilovichni xarid qildi. 18 yoshli futbolchi Xorvatiyaning deyarli barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida to'p tepgan. Bu yosh iqtidor egasi, 1996 yilda tug'ilgan bo'lishiga qaramay, hozirgacha Xorvatiya terma jamoasining 7ta uchrashuvida maydonga tushib ulgurgan.


Martin Edegor ("Real")


Bu futbolchi haqida juda ko'p yozishdi. Martin 15 yoshida Norvegiya chempionatida ishtirok etuvchi "Stryomsgodset" safida 23 marta maydonga tushib, 5ta golga mualliflik qildi. 1998 yilda tavallud topgan futbolchi Norvegiya terma jamoasi safida 4ta o'yinda ishtirok etdi. "Real" ham o'z kelajagini "Barselona" kabi chapaqayga ishonishni maqsad qildi. Edegor 16 yoshli futbolchilar orasida eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylangan. Axir bu "Qirollik klubi"-ku!


Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")


Jamshid Iskanderovga o'zbek futbolining kelajagi sifatida qaralmoqda. U tepada nomlari keltirilgan futbolchilar kabi Evropaning grand jamoalarida o'ynay oladi. Iskanderov "Paxtakor"ning asosiy ijodkori hisoblanadi. Anchadan beri "bizning futbol - zerikarli" deb yurgan yurtdoshlarimiz, bugungi kunda bu futbolchi tufayli o'z fikrini o'zgartirgan bo'lsa ajab emas. Tana tuzilishi uncha katta bo'lmagan Jamshidda kuchli zarba borligini ko'pchilik uning jarima zarbalari orqali biladi. "Paxtakor" yarim himoyachisi kelajakda "Barselona", "Real", "Bavariya" kabi klublarda to'p tepishiga umid qilamiz.


Sardor Rashidov ("Bunyodkor")


O'zbek futboli ishqibozlari Sardor Rashidovni Krishtianu Ronalduga taqqoslashdan charchashmayapti. Ular to'g'ri qiladi, chunki Sardorda Ronaldudagi tezkorlik, kuchli zarba, ajoyib dribling bor. Uning harakatlari tufayli stadionlarga muxlislar qaytmoqda. Kamina, Rashidovning o'yinlarini katta etibor bilan kuzataman va hozirgacha Sardorning chap oyog'i bilan amalga oshirgan biror jarima to'pini raqib darvozaboni bir urinishda ushlab olganini eslay olmayman. Agar "Bunyodkor" yarim himoyachisi o'z ustida ishlashda davom etsa, albatta o'zi maqsad qilgan yuqori cho'qqilarga erishadi. Sardor Rashidovning o'yini bir tarafdan "qaldirg'ochlar" murabbiyi Sergey Lushanga ham bog'liq, u to'g'ri taktika tanlab, istedodli yarim himoyachimizdan unumli foyalanadi degan umiddamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика