So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  32

Bugungi futbol o'yinlari anonsi Yangiliklar

Bugungi futbol o'yinlari anonsi

Bugun Evropaning bir qator milliy chempionatilarida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Ayni paytda barcha chempionatlar o'zining eng qizg'in pallasida.
Jamoalar har bir ochko uchun qattiq kurash olib bormoqdalar. APLning 27-turida bir qator qiziqarli bellashuvlar kechishi kutilmoqda. Turning markaziy o'yini maqomiga “CHelsi” – “Everton” uchrashuvi ko'proq mos tushadi. Joze Mourino shogirdlari bugun “mersisaydlik” futbolchilar bilan o'zaro hisob-kitoblari bor. Ular birinchi davra o'yinida maydonni boshlari egik xolda tark etgan edilar. Bugun o'sha bahs alamini olish uchun qulay fursat keldi. Joze Mourino jamoasi markaziy o'yinlarda qanday o'ynashni yaxshi biladi. Londonliklarni “o'zgacha” murabbiyi faqat hech kim kutmagan o'yinlarda kutilmagan natijalar qayd etib, o'z muxlislarini ranjitib qo'yadi.

Manuel Pellegrini jamoasi o'z maydonida “Stok Siti” bilan bahs olib boradi. “SHaharlik” futbolchilar ushbu o'yinda o'zlari uchun muhim bo'lgan qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritish yo'lida “Stok Siti” qarshiligini engishiga to'g'ri keladi. Bu o'yin favoriti shubhasiz “Manchester Siti” jamoasi. Lekin futbolda har doim ham favorit jamoalar ishonchni oqlay olmasliklarini ham unutmaslik zarur.



Arsen Venger boshchiligidagi “Arsenal” klubi o'z maydonida “Sanderlend”ni qabul qiladi. Bu uchrashuvda “kanonirlik” futbolchilar o'z aktivlariga navbatdagi uch ochkoni qo'shib qo'yish uchun astoydil kurashishadi. Ammo bunga “Sanderlend” futbolchilari osonlikcha yo'l qo'yisharmikin? Bu savolga bugungi bellashuvdan keyin javob olamiz.

“Manchester Yunayted” jamoasi boshqaruvida faoliyat yuritayotgan Devid Moyes jamoasi ushbu turda “Kristal Pelas” mehmoni bo'ladi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan “qizil iblis” laqabi ostida harakatlanayotgan jamoa uchun har bir raqiblari, aslida ularning  “iblisi” bo'lib chiqmoqda. Bu turda nima ruy berishini yaqin soatlardan so'ng bilib olamiz.

Germaniya chempionatining 22-turi bugun bir qator shiddatli bahslar orqali davom ettiriladi. Turning etiborga moliq o'yini “Volfsburg” – “Bayer” o'rtasida kechadi. Sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan har ikkala klub bugun bir-birlari bilan chinakamiga bahs boylashadi. Bu o'yin futbol shaydolarini zeriktirib qo'ymasligigi aniq. Bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida “aspirinlik” futbolchilar ishonchli g'alabani tantana qilishgandi. “Bo'rilar” turnir jadvalida yuqoriga intilishda davom etishmoqda. Bu o'yin ular uchun katta sinov bo'lishi tabiiy. Dortmundning “Borussiya”si bu turda o'z maydonida chempionat autsayderlari qatorida borayotgan “Gamburg” bilan bahslashadi. Yurgen Klopp shogirdlari so'nggi o'yinlarda ishonchli harakat qilib raqiblarini dog'da qoldirib kelishmoqda. Bu o'yinda “Gamburg” azolari imkon qadar ochkoni qo'lga kiritish uchun harakat qilishlari aniq. Jamoa qo'yi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib bormoqda va ular uchun qolgan o'yinlardagi har bir ochko juda zarur.

Ispaniya chempionatining 25-turida Madridning “Real” jamoasi “Elche” bilan kuch sinashadi. Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda “Real Sosedad” qarshiligini engishga harakat qilib ko'radi. CHempionat peshqadamlari ushbu turda navbatdagi g'alabalarini qo'lga kirita olishadimi, yo'qmi buni bugun tunda bilib olamiz.

SHuningdek, bugun yana bir qator chempionatlarda tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
 
Bugungi o'yinlar jadvali:

 

Angliya premer ligasi, 27 tur.

“Arsenal” – “Sanderlend” (20:00 “NTV-PLYUS Futbol”)
“Emireyts”  stadioni.
Hakamlar
: Andre Marriner, Mark Perri, Piter Benks.
Taxminiy tarkiblar:
“Arsenal”:
SHchensni, Monreal, Sanya, Mertesaker, Koselni, Uilsher, O'zil, CHemberlen, Kasorla, Arteta, Sanogo.
Bosh murabbiy: Arsen Venger.
“Sanderlend”: Mannone, O`SHi, Bardsli, Verxini, Alonso, Jonson, Kolbek, Bridkatt, Ki Son En, Altidor, Borini.
Bosh murabbiy: Gustavo Poyet.
Birinchi davradagi o'yini: (“Sanderlend” – “Arsenal” 1:3)

“CHelsi” – “Everton” (17:45 “NTV-PLYUS Futbol”)
“Stemford Brij” stadioni.
Hakamlar:
Li Probert, Stiven CHayld, Ron Genfild.
Taxminiy tarkiblar:
“CHelsi”
: CHex, Ivanovich, Keyxill, Aspilikueta, Koul, Oskar, Azar, Matich, Villian, Ramires, Eto`O.
Bosh murabbiy: Joze Mourino.
“Everton”: Xovard, Disten, Koulmen, Beyns, Jagelka, Miralyas, Makkarti, Berri, Barkli, Pienar, Traore.
Bosh murabbiy: Roberto Martines.
Birinchi davradagi o'yini: (“Everton” – “CHelsi” 1:0)

“Manchester Siti” – “Stok Siti” (20:00)
“Etihad” stadioni.
Hakamlar:
Kris Foy, Gari Besiuk, Richard Uest.
Taxminiy tarkiblar:
“Manchester Siti”:
Xart, Kolarov, Demichelis, Kompani, Sabaleta, Silva, Fernandino, Yaya Ture, Nasri, Jeko, Yovetich.
Bosh murabbiy: Manuel Pellegrini.
“Stok Siti”: Begovich, Uilson, SHoukross, Kemeron, Piters, Nzonzi, Adam, Palasios, Odemvingi, Arnautovich, Krauch.
Bosh murabbiy: Mark Xyuz.
Birinchi davradagi o'yini: (“Stok Siti” – “Manchester Siti” 0:0)

“Kristal Pelas” – “Manchester Yunayted” (22:30 “NTV-PLYUS Futbol2”)
“Selxerst Park” stadioni.
Hakamlar:
Maykl Oliver, Styuart Bert, Endi Gerrett.
Taxminiy tarkiblar:
“Krsital Pelas”:
Speroni, Uord, Dileyni, Denn, Ins, Panchon, Edinak, Ledli, Bolazi, Dikgasoy, SHamax.
Bosh murabbiy: Toni Pulis.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Smolling, Vidich, Rafael, Evra, Kerrik, Kleverli, Yanuzay, Mata, Runi, van Persi.
Bosh murabbiy: Devid Moyes.
Birinchi davradagi o'yini: (“Manchester Yunayted” – “Kristal Pelas” 2:0)

“Vest Bromvich” – “Fulxem” (20:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Fulxem” – “Vest Bromvich” 1:1)
 
“Vest Xem” – “Sautgempton” (20:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Sautgempton” – “Vest Xem” 0:0)

“Kardiff” – “Xall Siti” (20:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Xall Siti” – “Kardiff” 1:1)



Bundesliga, 22-tur.
“Gamburg” – “Borussiya D” (19:30)
“Imtex Arena” stadioni.
Hakamlar:
Feliks Brix, Mark Borsh, SHtefan Lupp.
Taxminiy tarkiblar:
“Gamburg”: Adler, Dikmayer, Raykovich, Vestermann, Juru, Yansen, Ilichevich, Arslan, Irachek, Rinkon, Lasogga.
Bosh murabbiy: Mirko Slomka.
“Borussiya D”: Vaydenfeller, Fridrix, Papastatopulos, Pishchek, SHmelcer, Mxitaryan, SHaxin, Grosskroyc, Bender, Obameyang, Levandovski.
Bosh murabbiy: Yurgen Klopp.
Birinchi davradagi o'yini: (“Borussiya D” – “Gamburg” 6:1)

“Volfsburg” – “Bayer” (22:30)
“Folksvagen Arena” stadioni.
Hakamlar:
Torsten Kinxefer, Kristian Fisher, Markus SHiffer.
Taxminiy tarkiblar:
“Volfsburg”:
Benalo, Oks, Naldo, Knoxe, Rodrigez, de Bryuyne, Luis Gustavo, Arnold, Medoevich, Perishich, Dost.
Bosh murabbiy: Diter Xekking.
“Bayer”: Leno, Xilbert, Topraq, Benish, Vollshayd, Sem, Brandt, Kastro, Raynartc, Bender, Kissling.
Bosh murabbiy: Sami Xyuyupya.
Birinchi davradagi o'yini: (Bayer” – “Volfsburg” 3:1)

“Borussiya M” – “Xoffenxaym” (19:30)
“Borussiya Park” stadioni.
Hakamlar:
Tobias SHtiler, Patrik Ittrix, Sasha Tilert.
Taxminiy tarkiblar:
“Borussiya M”:
ter Stegen, Yanchke, Korb, Dams, SHtrancl, Kruze, Raffael, Jaka, Xerrmann, Xrgota.
Bosh murabbiy: Lyusen Favr.
“Xoffenxaym”: Kastels, Jonson, Abraxam, Bek, Zyule, Firmino, Salixovich, Rudi, Folland, Xerdling, SHipplok.
Bosh murabbiy: Markus Gizdol.
Birinchi davradagi o'yini: (Xoffenxaym” – “Borussiya M” 2:1)

“Frayburg” – “Augsburg” (19:30)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Augsburg” – “Frayburg” 2:1)

“Nyurnberg” – “Ayntraxt B” (19:30)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Ayntraxt B” – “Nyurnberg” 1:1)

“SHtutgart” – “Gerta” (19:30)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Gerta” – “SHtutgart” 0:1)



Ispaniya chempionati, 25-tur.
“Real” – “Elche” (20:00 “NTV-PLYUS Futbol2”)
“Santyago Bernabeu” stadioni.
Hakamlar:
Eduardo Prieto, Moyses Mateo, Garsiya Sabuko.
Taxminiy tarkiblar:
“Real”:
Diego Lopes, Marselo, Karvaxal, Varan, Pepe, Beyl, Xese, Di Mariya, Isko, Ilyaramendi, Benzema.
Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti.
“Elche”: Errera, Albakar, Botia, Lomban, Korominas, Xil, Fidel, Markes, Peres, Mantekon,  Kristian Errera.
Bosh murabbiy: Fran Eskriba.
Birinchi davradagi o'yini: (“Elche” – “Real” 1:2)

“Real Sosedad” – “Barselona” (00:00 “NTV-PLYUS Futbol”)
“Anoeta” stadioni.
Hakamlar:
Borbalan, Martinez, Prieto.
Taxminiy tarkiblar:
“Real Sosedad”: Bravo, Anxel, Saldua, Martinez, Prieto, Vela, Pardo, Kanales, Bergara, Grizmann.
Bosh murabbiy: Xagoba Arrasate.
“Barselona”: Valdes, Maskerano, Adriano, Alvesh, Pike, Buskets, Xavi, Inesta, Pedro, Messi, Neymar.
Bosh murabbiy: Xerardo Martino.
Birinchi davradagi o'yini: (“Barselona” – “Real Sosedad” 4:1)

“Selta” – “Getafe” (22:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Getafe” – “Selta” 2:0)

“Almeriya” – “Malaga” (02:00 “NTV-PLYUS Futbol”)
Birinchi davradagi o'yini: (“Malaga” – “Almeriya” 2:0)
 


Italiya chempionati, 25-tur.
“Bolonya” – “Roma” (00:45 “NTV-PLYUS Futbol2”)
“Renato” stadioni.
Hakamlar:
Massa, Byanki, Grilli.
Taxminiy tarkiblar:
“Bolonya”: Kurchi, Natali, Marleo, Mantovani, Antonsson, Garich, Lazaros, Kone, Krxin, Kristaldo, Byanki.
Bosh murabbiy: Davide Ballardini.
“Roma”: de Sanktis, Benatiya, Torosidis, Kastan, Bastos, Jervino, Pyanich, de Rossi,  Florenci, Strotman, Destro.
Bosh murabbiy: Rudi Garsiya.
Birinchi davradagi o'yini: (“Roma” – “Bolonya” 5:0)



Franciya chempionati, 26-tur.
“Marsel” – “Loren” (21:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Loren” – “Marsel” 0:2)

“Bordo” – “Evian” (00:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Evian” – “Bordo” 1:1)

“Gengam” – “Nicca” (00:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Nicca” – “Gengam” 1:0)

“Valansen” – “Sosho” (00:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Sosho” – “Valansen” 2:0)

“Bastiya” – “Sent - Eten” (00:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Sent-Eten” – “Bastiya” 2:2)

“Monpele” – “Ayachcho” (00:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Ayachcho” – “Monpele” 1:1)
 


Futbol havosini to'liq his eting.
Salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari!

SHahboz Beg'amov.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика