So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Bugungi 3 uchrashuvdagi imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Bugungi 3 uchrashuvdagi imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy liganing 2-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tadi.
"Lokomotiv" (Toshkent) - "Neftchi" (Farg'ona)
22 mart 2015. Toshkent. TTYMI stadioni. 16:00
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Majidov (Namangan), A. Kalinin (Qarshi), R. Toshmuhammedov (Nukus).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).



Kecha "Lokomotiv" rahbariyati va futbolchilari o'rtasida o'ta jiddiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Agar jamoa OCHL guruhidan chiqa olmasa, ko'pchilik klubdagi faoliyatini tugatishi mumkin. Buni endi hamma birdek tushunib turibdi, bu esa jamoani bugungi o'yinda xato qilishga haqqi yo'qligidan dalolat. Vadim Abramov sog'lig'i tufayli bahsda ishtirok etishi so'roq ostida. Tarkibda hech qanday yo'qotish yo'q, aksincha bir o'yinlik diskvalifikaciyadan keyin Jasur Hasanovning kattasi safga qaytgan.

"Neftchi"da esa aksincha, muammolar yo'q emas. Murod Bobojonovning mikrojarohati bor, qolaversa asosiy tarkibdan joy olishi mumkin bo'lgan ikki nafar futbolchi Bangladeshdagi saralash bosqichiga yo'l olganlar. Toki, "Neftchi" Turkiyada o'tkazgan yig'ini doirasidagi tarkibi bilan to'liq o'yinlarda ishtirok etmas ekan, jamoaga biroz qiyin bo'laveradi va shunan keyingina jamoaning asosiy kuchiga baho berishimiz mumkin bo'ladi.
Imkoniyatlar: 55/45


"Qizilqum" (Navoi) - "Bunyodkor" (Toshkent)
22 mart 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 16:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxorr), R. Serazetdinov (Toshkent), B. Yo'lcharaev (Guliston)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).



"Qaldirg'ochlar" uchun "Qizilqum" oliy ligadagi eng noqulay raqiblardan biri hisoblanadi. To'g'ri, statistika jamoa foydasiga. Ammo so'nggi yillarda safarda bo'lib o'tadigan o'yinlarda "Bunyodkor" doimo qiyinchilikka uchrab kelyapti. Bugungi o'yin ham shunday bo'lishi mumkin. Jamoaning asosiy kuchi Akmal Rustamov. Autdan to'pni, xuddiki burchak zarbasini amalga oshirgandek jarima maydonchasi ichiga etkazib bera oladi. Bu erda, 1-tur qahramoni Bahriddin Vahobov bor.

"Bunyodkor"da esa kichik muammolar yo'q emas, Rashidovni o'yini chiqmayotganidan klub havotirda. Aksiga olib "stoper" Javlon Ibrohimovning jarohati bor. Birinchi tur g'oliblari o'rtasida bo'lib o'tadigan qiziqarli uchrashuvga Navoiy va zarafshonlik muxlislarni taklif etamiz.
Imkoniyatlar: 50/50


"SHo'rtan" (G'uzor) - "So'g'diyona" (Jizzax)
22 mart 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 16:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).



Muxtor Qurbonov va Davron Fayziev! Bir davrning mohir futbolchilari, endi bir davrning murabbiylari sifatida raqobat qiladilar. Faqat jamoaning bugungi holatlari bir-birinikidagi tubdan farq qiladi. Mavsum oralig'ida "SHo'rtan" o'z saviyasidan kelib chiqib katta transferlarni amalga oshirdi va bu "Neftchi"ga qarshi o'yinda o'z so'zini aytdi. "So'g'diyona" quraga ko'ra dastlabki ikkita o'yinni ham safarda o'tkazishga majbur.

Oliy ligada qolishni istagan klub, avvalo o'z maydonida o'rtamiyonalardan ochko olishi kerak, safarda esa kamida durang natijaga erishishi lozim bo'ladi. Hozircha "Qizilqum"dan mag'lubiyatga uchraldi, endigi o'yin "SHo'rtan" bilan. Agar bu o'yinda ham jamoa ochko ishlay olmasa, bu mavsum yakunida jizzaxliklarga qimmatga tushishi mumkin bo'ladi.
Imkoniyatlar: 55/45


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика