So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Bugun “Yuventus” – “Barselona”. Championat.asia xodimlarining ushbu uchrashuv haqida fikrlari qanday? Yangiliklar

Bugun “Yuventus” – “Barselona”. Championat.asia xodimlarining ushbu uchrashuv haqida fikrlari qanday?

Evropa CHempionlar ligasi o'z yo'nalishida davom etadi. Ushbu turnir guruh bosqichining hech shubhasiz markaziy bahsi bugun Turinda bo'lib o'tadi.

“Yuventus” – “Barselona”! Krishtianu Ronaldu ishtirok etishi so'roq ostida turgan o'yinga saytimiz xodimlari o'z tahminlarini bildirishdi.

Narzulla Saydullaev – saytimiz “motor”i, bosh muharriri:

"Yuventus" Ronaldusiz juda ham kuchiz ekanini Italiya A seriyasidagi oxirgi ikki o'yin yaqqol ko'rsatib qo'ydi. Leo Messi o'ynagan oxirgi "El klasiko"da ham "Barselona" mag'lub bo'ldi, yana o'z uyida. Bugun guruhning ikki favoriti o'rtasidagi bahs bo'ladi. Bunday bahslarda odatda durang kuzatiladi. Taxminimcha 2:2 hisobi qayd etilsa kerak.

SHahboz Beg'amov – AGMK jamoasi matbuot kotibi, “Bavariya”ga “Yuventus”dan ko'proq muxlislik qiladigan inson:

Ikkala jamoa ham hozir tushunarsiz futbol namoyish etmoqda. O'yin va natijalar ham tabiiyki barqaror emas. Yangi murabbiylarning falsafasi hozircha nomalum. “Yuventus” — “Barselona” katta afisha, lekin jamoalarning ayni holati o'yin statusiga to'liq javob beradigan darajada emas. Har qanday natija ro'y berishi va istalgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin. Taxmin qilish kerak bo'lsa, durang degan to'xtamda qolaman.

Abdulaziz Iskandarov – futbolchi va murabbiylar bilan intervyu uyushtirish bo'yicha yosh mutaxassis:

"Yuventus" hamda "Barselona" qarama-qarshiligi turning eng qaynoq va shiddatli uchrashuvi bo'lishi kutilmoqda. Bu jamoalarning ECHL doirasidagi avvalgi uchrashuvlarida odatda jamoalar to'qnashgan bo'lsa, endigisida esa nomlar maydonda uchrashishi kutilgan edi yani Messi va Ronaldu. Biroq, Ronalduning maydonga tushmasligi bu borada biroz uchrashuvga bo'lgan qiziqishni so'ndirishi tabiiy. Boisi barchaning nigohi mana shu nomlarga qaratilgandi. Kuman shogirdlarining “El-klassiko”dagi harakatlarini kuzata turib "Yuventus"ning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo'lardim. Taxminim 3:2 "Yuventus" foydasiga.

Jahongir Fayzullaev – saytda Tolibjon Qosimovga fotograflik bo'yicha konkurent, SHahboz Beg'amov tabiri bilan aytganda “Tipaj”:

Bugungi "Yuventus" - "Barselona" uchrashuvi juda ham qiziqarli bo'lishi mumkin edi. Ronaldu - Messi to'qnashuvini barcha kutgandi. Ronalduning koronavirus yuqtirib olishi o'yinning haroratiga tasir qildi. "Barselona" bugun o'zida harakter ko'rsatib, "El klassiko"dagi mag'lubiyatni esdan chiqara olsa g'alaba qozona oladi. "Yuventus" garchi o'z uyida o'ynasa ham, Ronaldu yo'qligi tasir qilishi mumkin. Taxminimcha, "Barselona" minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak.

Farhodjon Uzoqov – Championat.asia ning Qo'qondagi muxbiri:

Menimcha Bartomeuni ketishi futbolchilarga ijobiy tasir qiladi. “Barselona” so'nggi o'yinda “Real”ga yutqazganligi uchun jamoa bu o'yinda mag'lub bo'lmaslik uchun bor kuchini tashlaydi. Mening taxminim durang yoki “Barselona”ni g'alabasi.

Fahriddin Ro'ziev – “Milan”ning O'zbekistondagi yagona yosh muxlisi va suyukli jamoasining ishlari yaxshi bo'lib borayotganidan quvonayotgan xodimimiz:

Afsuski, ko'pchilik kutgan duel yana keyinroqqa surildi. Krishtianu bugun maydonga tusholmaydi. Umuman olganda, har ikki tomonda ham yo'qotishlar etarlicha. Bugun "Yuve" mudofaasida Kellini, de Ligt va Aleks Sandro ko'rinish bermaydi. "Barselona" tomonda esa Pike diskvalifikaciya qilingani, Yumtiti lazaretdaligi bois 21 yoshli Ronald Arauxo asosiy tarkibga kiritilishi kutilmoqda. "El-Klasiko"dagi mag'lubiyatdan keyin "Barselona" g'alaba uchun harakat qilishi tabiiy. "Keksa sinora" ham bu o'yinga yaxshi kayfiyatda etib kela bilmadi - "Verona" bilan durang. Pandemiya davridagi o'yinlar natijasini oldindan taxmin qilish qiyinlashib ketdi. O'ylashimcha, har ikki jamoa g'alaba uchun o'ynaydi, yakunda durang qayd etiladi (1:1).

Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика