Bugun Xomyakov so'nggi bor "Mashal"ni maydonga boshlab tushadi
29 may 2019 16:23
Yangiliklar


Bugun Xomyakov so'nggi bor "Mashal"ni maydonga boshlab tushadi
"Mashal" klubi matbuot xizmati rossiyalik bosh murabbiy jamoadan ketayotganini elon qildi.
2009 yilda "Mashal"ga kelgan Aleksandr Xomyakov bugun "Mashal" - "SHerdor" uchrashuvida jamoani so'nggi bor maydonga bosh murabbiy sifatida olib tushadi. Uning Muborak klubidagi umumiy statistikasi quyidagicha: 317 o'yin, 130 g'alaba, 67 durang va 120 mag'lubiyat.
Eslatib o'tamiz, kecha Xomyakov saytimiz muxbiri bilan suhbatda tez orada Superliga klublaridan birida ish boshlashini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar