Bugun va ertaga bizni super to'qnashuvlar kutib turibdi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018, 15:55
Joriy hafta oxirida ajoyib to'qnashuvlar guvohiga aylanishimiz mumkin.

10 va 11 noyabrda 4ta dahshatli uchrashuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.

10 noyabr kuni ayni damda Bundesliga turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan Dortmundning "Borussiya" klubi "Bavariya"ni qabul qiladi. "Signal Iduna Park"dagi o'yin Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.


11 noyabrga o'tar kechasi "Boka Xuniors" hamda "River Pleyt" o'rtasidagi Libertadores Kubogi finalining birinchi uchrashuvini tomosha qilishingiz mumkin. Argentinaliklar to'qnashuvi tungi 01:00da start oladi.


Joriy haftaning eng kutilgan uchrashuvi Angliyada bo'lib o'tadi. Manchesterning ikki jamoalari - "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv 21:30da boshlanadi.


Ushbu haftaning eng so'nggi markaziy o'yini A Seriyada o'tkaziladi. Muammolar girdobida qolib ketgan "Milan" Italiya chempionatida hech kimga mag'lub bo'lmayotgan "Yuventus"ni qabul qiladi. Bu o'yinni 12 noyabrga o'tar kechasi, 00:30dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia