So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  24 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  2 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Bugun va ertaga 145 yillik musobaqada yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi Yangiliklar

Bugun va ertaga 145 yillik musobaqada yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi

23 va 24 aprel kunlari Angliya kubogi yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi.

1871 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan ushbu kubokda bu mavsumda 736ta klub ishtirok etdi.

Hozirga kelib ularning 4tasi sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Musobaqa reglamentiga ko'ra yarim final va final Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. Bugun dastlabki yarim finalda "Everton" va "Manchester Yunayted" klublari to'qnash kelishadi. Bahsni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

MYU ushbu kubokni 11 bor qo'lga kiritgan. So'nggi marta Manchester klubi 2004 yil Angliya kubogini yutgan. "Everton" 5 marta kubokda zafar quchgan. Oxirgi marta 1995 yilda ushbu sovrin "Everton" muzeyiga borgan edi.

Ertaga esa "Kristal Pelas" va "Uotford" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Bu o'yinda Kreyg Pauson hakamlik qiladi.

"Kristal Pelas" bir marta 1990 yilda Angliya kubogi finaliga chiqib MYUga yutqazib qo'ygandi. "Uotford" ham bu kubok finaliga bir bor chiqqan. 1984 yilda hal qiluvchi bahsda jamoa "Everton"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

Bu yilgi Angliya kubogi finali 21 may kuni bo'lib o'tadi.


Angliya kubogi. Yarim final

23 aprel - "Everton" - "Manchester Yunayted" (21:15)

24 aprel - "Kristal Pelas" - "Uotford" (20:00)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика