Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Reshford o'tgan mavsumda psixologik muammolarga duch kelganini takidladi
31 okt 2022 14:20
Yangiliklar
Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Reshford o'tgan mavsumda psixologik muammolarga duch kelganini takidladi
"Hozir klubda va mashg'ulot maydonchasida boshqacha energiya hukm surmoqda. Endi men o'zimni ishtiyoqqa boy his qilyapman. Aynan shu bilan menda muammo bor edi.
Bazida menda o'ziga xos psixologik muammolar yuzaga keldi. Men na maydonda, na uning tashqarisida o'zimga o'xshardim. Bu mavsumda o'tgan mavsumdagidan eng katta farq aynan shunda.
Jurnalistlarning vazifasi maydonda bo'layotgan voqealar haqida gapirish ekanligini tushunaman, lekin futbolchilar har bir o'yindan oldin xayolini bir joyga jamlashlari kerak. O'tgan mavsumda ko'pincha psixologik holat bilan bog'liq muammolarga duch kelgandim, shuning uchun vaqti-vaqti bilan men bilan sodir bo'lgan voqealardan ajablanganim yo'q", – dedi Markus "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar