Bugun Srechko Katanec tarixiy natijani takrorlashi mumkin
26 mar 11:05
Yangiliklar
Bugun Srechko Katanec tarixiy natijani takrorlashi mumkin
Agar terma jamoamiz ushbu uchrashuvda mag'lub bo'lmasa, 30 yillik natijani takrorlashi mumkin bo'ladi. Yani, O'zbekiston terma jamoasi mag'lubiyatsiz seriyasini 11 ta uchrashuvga etkazib oladi.
So'nggi bor terma jamoamiz Rustam Akramov boshchiligida 1994 yilda ketma-ket 11 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan.
Malumot uchun, O'zbekiston MTJning mag'lubiyatsiz seriyasi 2023 yilning 12 sentyabr oyidan beri davom etmoqda. SHu vaqt orasida terma jamoamiz 10 ta FIFA maqomidagi uchrashuvda ishtirok etib, hech birida mag'lub bo'lmagan.
Ushbu mag'lubiyatsiz seriyani 13 ta o'yin deb ham hisoblasak bo'ladi, biroq bu erda Qirg'iz Respublikasi, Vetnam va Falastinga qarshi uchrashuvlar kiritilmagan. Sababi ushbu bahslar FIFA reytingiga tasir qilmagan uchrashuvlar hisoblanadi.
Fikrlar