Bugun soat 15:00da O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi
10 sen 2018 10:59
Yangiliklar
Bugun soat 15:00da O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv oldidan bugun 10 sentyabr kuni “International” (sobiq "Interkontinental") mehmonxonasining matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari - Karlos Keyrush va Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Anjuman soat 15:00da boshlanadi. Bugun soat 17:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi "Milliy" stadionda mashg'ulot olib boradi. Akkreditaciyadan o'tgan jurnalistlar uchun mashg'ulotning 15 daqiqasi ochiq.
Soat 19:00da esa "Milliy" stadionda Eron terma jamoasi mashg'ulot olib boradi.
Eslatib o'tamiz, muxlislar O'zbekiston - Eron uchrashuvi chiptalari "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar savdosi davom etmoqda.
Fikrlar