So’nggi yangiliklar

17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1

Bugun Salahning tug'ilgan kuni. U maydonga tushadimi? Yangiliklar

Bugun Salahning tug'ilgan kuni. U maydonga tushadimi?

Futbolchi uchun eng yaxshi kunlardan biri o'z tug'ilgan kunida maydonga tushib jamoasiga yordam berish bo'lsa kerak.

Lekin bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salah maydonga tushadimi-yo'qmi, hozircha bir narsa deyish qiyin. Ha, bugun ko'pchilikning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Salah 26 yoshni qarshi oldi. U ECHL finalida elkasidan jarohat olganidan beri yana qachon to'p tepishi ko'pchilikni qiziqtirib qo'ygan mavzu bo'lib turibdi.

Misr terma jamoasi ustozi Ektor Kuper 23talik ro'yxatga Salahni kiritdi, har holda o'z jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchi ro'yxatdan chetda qolsa yaxshi ish bo'lmasdi. Misrlik millionlab muxlislar bugun Urugvayga qarshi kechadigan bahs bilan birga  Salahning ham maydonga tushishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Kechagi mashg'ulot jarayonida barchani qiziqtirgan mavzu Salah bo'ldi. Keyin esa Ektor Kuper ham shu haqda gapirdi: "Muhammad juda tez tiklanyapti. U sog'ayib qoldi. Biz unga juda ko'p etibor qaratdik. Muxlislarni xursand qiladigan yangilik shuki, futbolchi biz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Faqat maydonga tushishi to'liq 100 foiz malum emas. Hammasini vaqt ko'rsatadi".

Ha, Salah terma jamoasining kechagi mashg'ulotida ishtirok etdi, lekin to'liq kuch bilan shug'ullanmagandek ko'rindi. Ko'p hollarda o'zini ayadi. Masalan, futbolchilar qo'lni yuqoriga ko'tarib chigalyozdi mashqlarini bajargan payt Muhammad qo'lini unchalik baland ko'tarmadi, salgina elkasini qimirlatib qo'ydi, xolos.

- "Salah kuni uch marta mashg'ulot o'tkazyapti, - deydi terma jamoa ustozi. - Uning mashg'ulotlari asosan shifokor, o'zi hamda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy yordamida bo'lmoqda. Salah mashg'ulotlarda tinmayapti. Tezroq maydonga qaytishni istamoqda. U o'zini Vatan oldida qarzdor deb hisoblaydi, shuning uchun jarohat olganiga etibor bermay qo'ydi".

Agar hadeb mehnat qilaversa jarohati yana qo'zg'ab qolishi mumkinmi? Argentinalik murabbiy bu borada shunday deydi: "Futbolchi o'zini yaxshi his qilyapti. Lekin menga uning gapi kamlik qiladi. Men uchun shifokorlar xulosasini eshitish ham muhim. Salahning o'zi esa men o'yinga tayyorman demoqda va hech narsadan qo'rqmayapti. Bilaman, futbol jarohatlardan xoli emas, ammo inson sog'ligi hamma narsadan ustun".

Darhaqiqat, Muhammad Salah nomi misrliklar uchun katta ahamiyatga ega. U jahon chempionati saralash bosqichida beshta gol urdi, Afrika millatlar kubogida ikki bor to'p kiritdi. "Liverpul"da o'tkazgan ajoyib mavsumini gapirmasak ham bo'laveradi. Ektor Kuperning aytishicha, agar hammasi joyida bo'lsa Salah bemalol jahon chempionatida to'purar bo'lishga davogarlik qila oladi. Faqat hamma gap uning to'liq sog'ayib maydonga qaytishiga bog'liq.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика