Bugun Qoraqalpog'iston 2-ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2021
Bugun futbol bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi XXVIII chempionati "KUSHMAG" 2-ligasi final bosqichi bo'lib o'tadi.

Dastlab "Turon" stadionida uchinchi o'rin uchun bahs o'tkaziladi. Unda "Jayxun" va "Xo'jayli" klublari to'qnash keladi. Uchrashuv soat 12:00da boshlanadi.

Soat 15:00da "Turon" stadionida "SKUF" va QMU jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia