Bugun Qo'qon muxlislari uchun maxsus futbolkalar sotuvi tashkil etiladi!
16 may 2015 12:54
Yangiliklar

Bugun Qo'qon muxlislari uchun maxsus futbolkalar sotuvi tashkil etiladi!
Xabaringiz bor, bugun "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida "SHo'rtan"ni qabul qiladi.
Yurtimizdagi faoliyatini boshlab yuborgan "Joma" kompaniyasi klublar bilan hamkorlikda marketing ishlarini ham yo'lga qo'ygan. Avvalroq, "Neftchi" muxlislari uchun maxsus futbolkalar savdosi amalga oshirilganligi xaqida xabar qilgandik.
Bugun esa Qo'qondagi stadion oldida "JOMA" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, "Qo'qon-1912" jamoasi ramzlari tushirilgan futbolkalar sotuvi amalga oshiriladi. Ushbu savdo kompaniyaning O'zbekistondagi rasmiy vakillari tomonidan tashkil etiladi.

Fikrlar