Bugun PRO-liga "B" guruhida mavsumning so'nggi turi bo'ladi
20 noy 2018 09:00
Yangiliklar
Bugun PRO-liga "B" guruhida mavsumning so'nggi turi bo'ladi
Mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing "B" guruhidan o'rin olgan, so'nggi 36-tur bahslari bo'lib o'tadi.
"Iftixor" mehmoni bo'ladigan "Nurafshon" g'alaba qozonsa birinchi o'ringa ko'tariladi. Sababi "SHerdor" va "Nurafshon" o'rtasidagi o'yinlarda ustunlik "Nurafshon" tomonida.
Ushbu guruhda birinchi o'rinni olgan jamoa "A" guruhida uchinchi bo'lgan "Istiqlol" bilan o'ynaydi. Bu guruhda ikkinchi bo'lgan jamoa esa "A" guruhida ikkinchi bo'lgan "Mashal" bilan kuch sinashadi.
PRO-Liga, "B" guruhi. 36-tur
20 noyabr (seshanba)
14:30 - «Iftixor» - Nurafshon»
14:30 - «Labsa» - «Zomin»
14:30 - «Lokomotiv BFK» - «G'ijduvon»
14:30 - «Xotira-79» - «Yozyovon»
«SHerdor» dam oladi.
Fikrlar