So’nggi yangiliklar

20:01Абдуқодир Ҳусанов АПЛдаги илк ўзбекистонлик футболчига айланади. У янги жамоаси сафига қачон бориб қўшилади ва "Манчестер Сити"даги қайси рақамни олади?  0 20:00Англия кубоги. "Арсенал" — "Манчестер Юнайтед" 0:0 (матнли трансляция)  1 19:40Гарначо 50 млн евро эвазига бошқа клубга ўтиши мумкин  1 19:15"Атлетико" — "Осасуна". Гризманн ва Альварес асосий таркибда  2 19:10"Арсенал" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  10 19:05Ўзбекистон U-17 "Сурхон U-21"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 19:00"Ўзбек Лоран Блани": Франциялик шарҳловчи Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га трансфери ҳақида гапирди  9 18:30"Абдуқодир Ҳусанов камгап, аммо кучли футболчи" — "Ланс" устози  38 18:15"Венеция" — "Интер". Лаутаро ва Тареми асосий таркибда  2 18:15Абдуқодир Ҳусановнинг укаси "Ланс" академиясида!  7 18:01Уокер Ибрагимович билан музокаралар олиб борди  1 17:21"Барселона" Арауходан норози  2 16:56"Тамворт" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 16:50"Манчестер Сити" "Реал" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи  5 16:24Эртага Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўз юришини бошлайди  0

"Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, jamoamiz juda ahil". Maksim SHackix ishtirokidagi matbuot anjumanida nimalar deyildi? (batafsil) Yangiliklar

"Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, jamoamiz juda ahil". Maksim SHackix ishtirokidagi matbuot anjumanida nimalar deyildi? (batafsil)

Bugun Paxtakor o'yingohida jamoa yangi azolari – bosh murabbiy Maksim SHackix hamda chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovich ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab jamoa ustozi Maksim SHackixga so'z berildi.

"Hammaga salom. Avvalo, safimizga yangi kelib qo'shilgan Iliya Martinovichga so'z berishni joiz deb bildim. Marhamat, uning fikrlariga quloq tutamiz", - dedi SHackix.

SHundan so'ng Iliya Martinovich fikrlari bilan o'rtoqlashdi va savollarga javob qaytardi.

"Xayrli kun. Bu erga kelganimdan juda xursandman. Jamoa yaxshi taassurot qoldirdi. «Paxtakor» katta klub ekanligini ko'rib turibman. Bu tashkiliy ishlar orqali ham sezilib turibdi" - dedi Martinovich.

- Nima uchun aynan «Paxtakor»ni tanladingiz?

- CHunki «Paxtakor» katta tarixga ega klub. Dragan CHeran va Oliver SHarkich bilan klub haqida batafsil gaplashdim va bu erga kelishga qaror qildim. Faoliyatim davomida faqat Evropada to'p tepganman. «Paxtakor» 15-chempionlik sari harakat qilayotganini bilaman, shu bois libosda uchinchi yulduzni paydo qilishga intilamiz. SHuningdek, jamoaga OCHLda yordam bermoqchiman.

- Kecha «Paxtakor» «Nasaf» bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. O'zbek futboli haqidagi ilk taassurotlar qanday bo'ldi?

- Futbolchilar tezkor va texnik jihatdan kuchli ekan. O'yin juda tezkor ravishda o'tdi. «Nasaf»da yosh futbolchilar ko'pligini ko'rdim. 2-davra boshlanishiga 1 hafta qoldi, astoydil tayyorgarlik ko'ramiz.

- Ukraina klubi «CHernomorec» safida o'ynashga ulgurdingizmi?

- Odessaning «CHernomorec» klubi bilan shartnoma imzolagandim, ammo 2 oydan keyin siyosiy holat yuzaga keldi. SHu bois CHernogoriyaga qaytib ketishga majbur bo'ldim.

Martinovich bilan savol-javob yakunlangach, bevosita SHatskix bilan muloqot bo'lib o'tdi.

- CHempionat o'yinlarini kuzatib borarmidingiz, darajasi qanday deb hisoblaysiz?

- Daraja xalqaro maydon orqali belgilanadi. Lekin raqobat jiddiy kechmoqda. CHempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko'paygan. Demak, hammasi to'g'ri yo'lda ketmoqda. Umuman olganda, har yili chempionatni kuzatib kelganman va hammasi to'g'ri yo'lga qo'yilyapti deb o'ylayman.

- «Paxtakor»ga sport direktori bo'lib keldingiz. Bosh murabbiyga aylanish siz uchun syurpriz bo'ldimi?

- Klubga sport direktori sifatida kelgandim. Bu men uchun yangi ish, yangi yo'l edi. Keyinroq «Paxtakor» Voyneski bilan xayrlashdi va meni bosh murabbiylikka taklif etdi. Bolalikdan shu erda o'ynaganim bois taklifga rozilik berdim.

- Yana qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak?

- Iloji boricha har bir chiziqni, chunki raqobat bo'lishi kerak. Raqobat bo'lmasa, o'sish bo'lmaydi. Har bir poziciyada 2 tadan futbolchi bo'lishi lozim. SHunda rivojlanish bo'ladi va futbolchilar ham borini berib o'ynashadi. Agar raqobat bo'lmasa, ruhiy jihatdan qiyinchilik yuzaga keladi. Yana xaridlar bo'ladi, albatta. Bizda yuqori darajali futbolchilar bo'lishi kerak.

- «Paxtakor» siz kelguningizcha asosan, 1 yillik shartnomalar tuzardi, lekin hozir 2 yoki 3 yillik shartnomalar ham tuzilmoqda. Bu sizning tashabbusingizmi?

- «Paxtakor»dek klub har bir futbolchisi bilan har yili shartnomani 1 yilga uzaytiraverishi yarashmaydi. Biz kamida 2 yoki 3 yillik kelishuvni rasmiylashtirishni yo'lga qo'ymoqdamiz.

- O'zbekiston terma jamoasida ancha yillar harakat qildingiz. Bundan tashqari, Valeriy Lobanovskiy shogirdisiz. «Paxtakor» qanday taktika asosida o'ynaydi?

- Hozir boshqa avlod o'ynamoqda. Men Lobanovskiy davrida o'ynagan futbol bo'lmaydi. CHunki futbol ham boshqa yo'nalishda rivojlanib ketdi. Hozir oldingidek og'ir yuklamalar berilmaydi. Ilgari avlod boshqa edi, ekologiya boshqacha edi. Hozirgi kunda futbolchi har qanday poziciyada o'ynashga moslashishi kerak.

- Bilamizki, muxlislarning ko'pchiligi bevafo bo'lishadi. Sizda muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, nima qilaman degan xayol o'tdimi?

- Haqiqiy muxlis hamisha siz bilan birga bo'ladi. Hech bir murabbiy har doim g'alaba qozonmaydi. Mag'lubiyatsiz g'alaba ham bo'lmaydi. Muxlislarga kelsak, bundan cho'chimayman. Rahbariyat va muxlislar faqat g'alabani kutishlarini bilaman.

Agar nazorat qo'limdan chiqib ketsa, jamoadan bo'lmayman, bu aniq. Muxlislar shunchaki ishdan tashqari, 2 soatga kelib, jamoani qo'llab-quvvatlab turishsa, hammasi zo'r bo'ladi.

- Kimlar bilan muzokaralar olib borilayotganini ochiqlay olasizmi?

- Hamma narsani o'z vaqti bo'ladi. Buni ochiqlay olmayman, to'g'ri tushuning. Lekin tez orada bilib olasiz.

- Hozirgi avlod baribir boshqacha, deb aytdingiz. Ayni paytda futbolchilarning jussasi ham kichrayib ketgani bor gap. Bu sizga sezildimi?

- Tan olish kerak, ekologik vaziyat va ovqatlanish tartibi o'zgarib ketdi. Katta shaharlarda mashinalar ko'p bo'ladi. Bu ham katta muammo va hamma joyni muammosi. SHu va boshqa sabablar xohlaysizmi-yo'qmi, albatta tasir ko'rsatadi. Futbol atrofidagi infrastruktura ham o'zgargan. Hozir futbolchi mashg'ulotga keladi, unga hamma narsa muhayyo etiladi, biz o'ynagan davrda bunday emasdi. Biroq bunga sekin-asta moslashib boramiz. Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, jamoamiz juda ahil.

- Aytaylik, «Paxtakor»da yaxshi natijalarga erishdingiz va sizga milliy terma jamoadan taklif bo'ldi. Qaysi birini tanlaysiz?

- Men «Paxtakor» bosh murabbiyiman. Terma jamoa haqida o'ylayotganim yo'q. Albatta, ular uchun qayg'uraman. Menda hozir termaga nisbatan bitta kichik etiroz bor: bilasiz, «Paxtakor» terma asosini tashkil qiladi. SHunday ekan, FIFA kunlaridan tashqari boshqa paytda futbolchilarimizni bezovta qilmasliklarini xohlagan bo'lardim.

- Uzoq vaqtdan buyon termamiz birinchi raqamli to'purarisiz. Eldor SHomurodov sizning rekordingizga etishiga 3 ta gol qoldi. Natijani yangilasa, xafa bo'lmaysizmi? Umuman, SHomurodov haqida qanday fikrdasiz?

- Nima deyishim mumkin? Unga omad tilayman. Uning o'yinlarini uzoq vaqtdan beri kuzatib boraman. Hozirgi paytda O'zbekistonning eng kuchli hujumchisi. Afsuski, kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Unga Rimdan ketishni maslahat bergan bo'lardim. U termaga foyda keltirishi uchun boshqa bir Evropa jamoasida doimiy tarzda o'ynashi kerak.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика