So’nggi yangiliklar

12:13Игорь Сергеев: "Ҳакамларга ўйин борасида жиддий саволлар бор. "Пахтакор-79" билан боғлиқ фожиани унутмаслик лозим"  0 11:58Улуғбек Ҳошимов: "Пахтакор"га қарши биринчи марта ўйнаётганим йўқ"  0 11:27Бобир Абдихолиқов: "Ҳар қандай футболчи асосий таркибда ўйнашни хоҳлайди"  1 11:24Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор" янги футболчиларининг лицензиясини қайтариб олиниши ва очко олиб ташланиши мумкин"  8 11:10Жуд Беллингемнинг қачон сафга қайтиши маълум   0 10:51"Манчестер Юнайтед" яна бир 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  0 10:20Ричард Фрайдей: "Пахтакор" дарвозабонига босим ўтказишга ҳаракат қилдим ва нимадир содир бўлиши мумкинлигини сездим"  2 09:46Жанлуиджи Доннаруммага асосий даъвогар жамоа маълум  6 09:18"Краснодар" сардори фаолиятини АПЛда давом эттиришга яқин  2 08:50Суперкомпьютер Ла лига фаворитлари номини эълон қилди  4 08:24Гарначо МЮ раҳбариятига ультиматум қўйди  9 08:01Пролига. Бугун Қорақалпоғистон дербиси бор  2 07:27Суперлига. Бугун учта учрашув бор  8 07:15Суперлига. "Нефтчи" бир киши кам бўлиб, "Насаф" устидан ғалаба қозонди. "Динамо" эса "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  4 01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0

Bugun "Paxtakor" "kambek" qila oladimi? Yangiliklar

Bugun "Paxtakor" "kambek" qila oladimi?

Teglar :  PaxtakorNasaf
Bugun G'uzor shahrida "Nasaf" va "Paxtakor" o'rtasida O'zbekiston Kubogining 1/8 final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin 18:30da boshlanadi.

Yaxshi bilasiz, "Paxtakor" birinchi o'yinda 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan.

Agar omad kelib jamoa 4:0 hisobida zafar quchsa chorak finalga yo'l olishi turgan gap. Nima deb o'ylaysiz, "Paxtakor" bugun sensaciya ko'rsatgan holda "kambek" qila oladimi yoki  bo'lmasa o'tgan yilgiga o'xshab Kubokni 1/8 finaldayoq to'xtatadimi? Saytimiz xodimlari bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Xayrulla Xoliqov:

- Bu o'yin "Paxtakor" uchun ikki xil ahamiyatga ega. Birinchisi, jamoa o'zini ortiqcha urintirmay Kubok uchun kurashni to'xtatadi va bor etiborini oliy ligaga qaratadi. Ikkinchisi, "Paxtakor" kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida qatnashish uchun ham Kubok uchun oxirigacha kurash olib boradi va bugungi o'yinda jon-jahdi bilan harakat qiladi. Demak, hamma gap 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng "Paxtakor"ning Kubokka bo'lgan munosabatida. Aytaylik, "Paxtakor" hali taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashmoqchi. Bunda nima bo'ladi? Agar shunday bo'lsa, "Paxtakor" ilk daqiqalardan hujumga tashlanadi va birinchi taymni hech bo'lmasa 2:0 hisobida o'z foydasiga hal etishga harakat qiladi.

SHahboz Beg'amov:
- "Paxtakor"ning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, bu imkonsiz. CHunki "Paxtakor"ning hozirgi darvozaboni va himoyasi har o'yinda bir qator xatolarga yo'l qo'ymoqda. "Paxtakor" oxirgi marta qachon quruq o'yin o'tkazganini ham eslash birmuncha qiyin. "Paxtakor" "kambek"ni amalga oshirishi uchun Berdiev bugun asosiy tarkibdagi barchaga dam berishi kerak. "Nasaf"ning eng kuchli tarafi bu himoya va darvozabon. Yaxshisi, "Paxtakor" ikkinchi davrada "kambek"ni amalga oshirishga tayyorlansin. Men yap-yangi "Paxtakor"ni "kambek" qilishiga ishonaman.



Narzulla Saydullaev:
- "Paxtakor" safarda 0:3 hisobida yutqazganida balki "kambek"ka ishonish mumkin bo'lardi. Lekin "sherlar" o'z uyida javobsiz uchta gol o'tkazib yuborishdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" bunday ustunlikni osonlikcha berib qo'ymasa kerak. "Ajdarlar" bitta gol urishsa masala batamom hal bo'ladi. Bundan tashqari, "Paxtakor" bu mavsum oliy ligada hali biron marta yirik g'alabaga erishgani yo'q.

Tolibjon Qosimov:
- Birinchi o'yinda safarda qo'lga kiritilgan yirik g'alaba Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining imkoniyatini maksimal darajada yaxshilab qo'ydi. Lekin, "Paxtakor" kubokdan osongina chiqib ketishiga ishonish qiyin. CHunki, Kubok sohibi keyingi yil OCHL guruh bosqichida o'ynaydi. Demak, bugun Jasur Abduraimov shogirdlari o'z kuchlarini 110 %ga ishga solishadi. Bu esa "Nasaf" futbolchilari birinchi daqiqalardanoq sergak bo'lishlarini talab etadi. Agar "Paxtakor" dastlabki 15-20 daqiqada "ajdarlar" darvozasiga gol urishni uddalasa va raqibni katta bosim ostida ushlay olsa, bu qarama-qarshilikda intrigani kuzatishimiz mumkin.


Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика