Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi Polsha bilan o'ynaydi
13 apr 2016 10:36
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi Polsha bilan o'ynaydi
8 aprel kuni yig'inga kirishgan Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoa polshalik tengdoshlariga qarshi “Jar” stadionida bahs olib boradi. Uchrashuv 16:00da boshladi.
Polsha o'smirlar terma jamoasi 10 aprel kuni Toshkentga etib keldi va bir necha mashg'ulotlar o'tkazish barobarida, delegaciyaning barcha azolari Toshkentning eng etiborga sazovor joylariga sayohat uyushtirishga ulgurdi.
Takidlash kerakki, O'zbekiston U-16 terma jamoasi 15 aprel, juma kuni Polshaga qarshi yana bir uchrashuv o'tkazadi.
Malumot uchun, 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2016 yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida, Hindistonda bo'lib o'tadi. Unda Osiyoning 16 mamlakati o'smirlari ishtirok etadi.
Ushbu turnir saralash bahslari davomida Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi terma jamoa Maldiv (8:0), Falastin (6:0) hamda Yaman (5:2) jamoalari ustidan g'alaba qozonib, “A” guruhi g'olibi sifatida qita birinchiligiga yo'l olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar