Bugun O'zbekiston terma jamoasini durang qoniqtiradimi?
15 iyu 2021 17:55
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston terma jamoasini durang qoniqtiradimi?
O'zbekiston milliy terma jamoasini Saudiya Arabistoniga qarshi juda ham muhim uchrashuv kutib turibdi.
Saudi Arabia Salman Al-Faraj - 25', Salman Al-Faraj - 33', Ali Al-Hassan - 52' |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 10-tur 16/06/2021, 00:00 0
:
3
Tugadi
|
Uzbekistan |
Stadion: 6339 tomoshabin
Bu o'yinda jamoamizga durang natija ham kifoya qiladimi?
Osiyo mintaqasining F va H guruhi vakillari allaqachon so'nggi tur o'yinlarini o'tkazib bo'lishdi. Bu guruhlarda Livan hamda Tojikiston terma jamoalari 10 ochko bilan 2-bo'lishdi. Bu shundan dalolat beradiki, bugun Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynasak, yakunda terma jamoamizning hisobidagi ochkolar soni Livan va Tojikistonniki bilan tenglashadi, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra biz ulardan yuqoriga joylashamiz. Yani, ikkita raqibimiz allaqachon hisobdan chiqdi. Agar bugun Eron, BAA va Iordaniya terma jamoalaridan biri o'z o'yinida g'alaba qozonolmasa, O'zbekiston terma jamoasini Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda durang natija ham qoniqtiradi.
Malumot uchun, Eron bugun Iroqqa qarshi, BAA Vetnam bilan o'ynasa, Iordaniya Avstraliya maydonida mehmon bo'ladi.
Fikrlar