Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyada Rossiya chempioni bilan o'ynaydi
23 fev 2021 12:32
Yangiliklar


Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyada Rossiya chempioni bilan o'ynaydi
Antaliyadagi xalqaro turnirda ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bugun CSKA vakillariga qarshi o'ynaydi.
Kecha jamoamiz “Emir Hotels” sport majmuasida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. Mashg'ulotlarda murabbiylar shtabi asosan futbolchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligiga etibor qaratdi.
Bugun Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Rossiya chempionatining ikki karra chempioni CSKA” klubi bilan kurash olib boradi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz oq liboslarda maydonda harakat qiladi. Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 16.00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar