Bugun OFK kubogi finali
31 okt 2015 07:56
Yangiliklar
FIFA Quvayt mamlakatini diskvalifikaciya qilganidan so'ng OFK kubogi yarim finallaridagi ikki Quvayt klubi "Al Qodisiya" va "Quvayt SK"ga texnik mag'lubiyat yozildi. SHu tariqa Tojikistonning "Istiqlol" hamda Malayziyaning "Johor Darul Tazim" klublari musobaqa finaliga yo'l olishdi.
Hal qiluvchi bahs bugun, 31 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Uchrashuvni yaponiyalik Tojo Minoru boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OFK kubogi final o'yinini "beIN SPORTS 8 HD" va "Alkass Five HD" kanallari jonli efirda namoyish etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar