Bugun OCHL 1/8 final o'yinlariga start beriladi

Xayrulla Xoliqov
7 may 2018, 08:07
Ikki haftalik tanaffusdan so'ng Osiyo chempionlar ligasi yana final manzili sari yo'lini davom ettiradi.

Bugun musobaqaning 1/8 final bahslari start oladi va kun tartibidan o'rin olgan ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi. G'arb mintaqasi jamoalari Qatarning "Al Sadd" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasini qabul qilsa, "Persepolis" BAAda "Al Jazira" mehmoni bo'ladi.

Ertaga kurashga Sharq mintaqasi vakillari ham kirishishadi. 1/8 finalning javob o'yinlari 14-15-16 mayga belgilangan.  

1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar

G'arb mintaqasi

7 may (dushanba)
20:30. "Al Jazira" (BAA) - "Persepolis" (Eron)
21:15. "Al Sadd" (Qatar) - "Al Ahli" (S.Arabistoni)

8 may (seshanba)
19:45. "Zob Ahan" (Eron) - "Istiqlol" (Eron)
21:10. "Al Ayn" (BAA) - "Al Duhayl" (Qatar)

Sharq mintaqasi

8 may (seshanba)
16:00. "Buriram Yunayted" (Tailand) - "Chonbuk Xyunday" (J.Koreya)
16:30. "Tiyanjin Kuanjian" (Xitoy) - "Guangju Evergrand" (Xitoy)

9 may (chorshanba)
15:00. "Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Shanxay SIPG" (Xitoy)
16:00. "Ulsan Xyunday" (J.Koreya) - "Suvon Samsung" (J.Koreya)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia