So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Bugun Messi va Argentina hikoyasi tugaydimi? Yangiliklar

Bugun Messi va Argentina hikoyasi tugaydimi?

Meksikaga qarshi o'yin Messining Argentina termasi tarkibidagi so'nggi o'yinlaridan biri bo'lishi ham mumkin.

Leo oldinroq bergan intervyusida katta ehtimol bu mundial faoliyatidagi so'nggisi ekanligiga ishora qilgandi.

1-turda Argentinani sensacion tarzda mag'lub qilgan qitadoshlarimiz bugun musobaqa 2-turida Levandovski boshliq polyaklarga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa avvalida guruh autsayderi deya qaralgan Saudiya Arabistoni termasi vakillari hozircha ushbu mundialning "syurpriz" jamoalaridan biri bo'lib turibdi. Polshaga qarshi o'yin barchaning diqqat-etiborida bo'lishi tabiiy. Argentinaning mag'lubiyatini tasodif deya atayotganlar ham kam emas. 


18:00 da start oladigan bahsda shu va shunga o'xshash savollarga javob olishimiz mumkin. Endi esa jamoalarning real imkoniyatlarini chamalaymiz, albatta faktlar bilan. Hozirgacha ikki terma jami 4 bor to'qnash kelgan va ularning barchasida evropaliklar g'alaba qozongan. O'yinlarning o'rtoqlik maqomida ekanligi Saudiya Arabistoni termasi muxlislarini tinchlantiradi. 



1. 13.04.1994. Polsha 1-0 Saudiya Arabistoni

2. 07.12.1994. Saudiya Arabistoni 0-2 Polsha

3. 10.12.1994. Saudiya Arabistoni 1-2 Polsha

4. 28.03.2006. Saudiya Arabistoni 1-2 Polsha

Ko'rib turganingizdek, o'yinlarda minimal hisoblar qayd etilgan. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, daraja bir-biriga yaqin. Polsha 1-turda Meksika bilan bahslashganidan xabaringiz bor. Robert penaltini golga aylantira olmagan o'yinda ustunlik Lotin Amerikasi jamoasi tomonida bo'ldi. 

SHu erda yana statistikaga murojaat qilsak. Saudiyaliklar Meksika bilan jami 5 bor to'qnash kelishgan: 4 mag'lubiyat va 1 durang. Faktlar bu o'yinda Polshaning g'alabasiga ishora qilmoqda, ammo o'tkazilgan o'yinlar uzoq o'tmishda bo'lgani qitalararo futbol darajasi ancha tenglashgani va albatta ilk turda Argentina mag'lub qilinganini unutmasligimiz lozim. O'yinda saudiyaliklar tarkibida jamoa sardori Salmon Al Faraj va himoyachi Yosir Al SHahroni ishtirok etolmaydi. Polshada esa hammasi joyida. 



Turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak. Saudiya Arabsitoni 3 ochko bilan etakchi, Polsha hamda Meksika ilk turdagi durang evaziga ikkinchi va uchinchi o'rinlarda joylashgan (Meksikada sariq kartochkalar ko'p), Argentina esa ochkosiz oxirgi pog'onada. 



Bugun Saudiya Arabistoni g'alaba evaziga pley-offga chiqqan ilk jamoaga aylanishi mumkin. Polsha so'nggi turda ko'zi qonga to'lgan Argentina bilan o'ynashini hisobga olib maksimal g'alaba uchun harakat qiladi. Meksika esa tunda bo'lib o'tadigan bahsda Messi va Argentina hikoyasiga nuqta qo'yishga intiladi. Kutamiz, ko'ramiz va kuzatamiz... Ha aytgancha, Meksikaga qarshi o'yin Messining Argentina termasi tarkibidagi so'nggi o'yinlaridan biri bo'lishi ham mumkin. Leo oldinroq bergan intervyusida katta ehtimol bu mundial faoliyatidagi so'nggisi ekanligiga ishora qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Argentina – Meksika uchrashuvi bugun 00:00 da boshlanadi.


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика