So’nggi yangiliklar

13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  0 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  4 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  1 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  7 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  10 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13

Bugun "Mashal" Superliga yo'llanmasini naqd qilishi mumkin Yangiliklar

Bugun "Mashal" Superliga yo'llanmasini naqd qilishi mumkin

Bugun A PRO-ligada 26-tur bahslari bo'lib o'tadi.

Quyi ligada mavsum yakunlanishiga 3ta tur qoldi xolos. Ayni paytda Muborakning "Mashal" klubi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Bu mavsumda A PRO-ligada faqat birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqadi. Qolgan o'rinlarni egallagan klublar xatto pley-offda ham ishtirok etishmaydi. 

"Iftixor" klubi 24-turdan keyin A PRO-ligadan chetlatilgani bois ushbu klub ishtirokidagi oxirgi to'rtta bahsda texnik mag'lubiyat yoziladi va raqib klublarga 3 ochkodan qo'shib qo'yiladi. Kecha "Neftchi" o'ynamay turib 3 ochko oldi. Keyingi turlarda "SHerdor", "Mashal" va "Xorazm" ham texnik g'alabaga erishishadi.

"Iftixor" bilan texnik g'alabani qo'shganda ayni paytda Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa hisobidagi ochkolar soni 54tani tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rinda "Istiqlol" va "SHo'rtan" hisobida bir xil 46tadan ochko bor.

Bugunga belgilangan 26-turda "Mashal" birinchi o'rin masalasi va Superliga yo'llanmasini o'zi uchun ijobiy hal qilishi mumkin. Buning uchun G'uzorda "SHo'rtan" bilan durang o'ynalsa kifoya. Sababi ochkolar teng kelib qolgan taqdirda ham "Mashal" "Istiqlol" va "SHo'rtan"dan o'zaro o'yinlardagi natijalar bo'yicha ustun bo'ladi.



A PRO-liga-2019 so'nggi 3ta tur juftliklari:

26-tur — 31 oktyabr

Oq-tepa - Neftchi
Iftixor - SHerdor -:+
SHo'rtan - Mashal
Istiqlol - Xorazm


27-tur — 6 noyabr

Istiqlol - Oq-tepa
Xorazm - SHo'rtan
Mashal - Iftixor +:-
SHerdor - Neftchi


28-tur — 13 noyabr

Oq-tepa - SHerdor
Neftchi - Mashal
Iftixor - Xorazm -:+
SHo'rtan– Istiqlol


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика