So’nggi yangiliklar

03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  2 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  5 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Bugun "Manchester Yunayted" - PSJ. Dahshat! Yangiliklar

Bugun "Manchester Yunayted" - PSJ. Dahshat!

Bugun ECHLning 1/8 final o'yinlari start oladi.

Bugunning eng qiziqarli o'yini shak-shubxasiz "Old Trafford"da bo'lib o'tadi. "Avtobus"dan voz kechgan MYU muammolar girdobidagi PSJni qabul qiladi.

«MANCHESTER YUNAYTED» - «PARI SEN-JERMEN»
Seshanba, 12 fevral 2019 yil.
ECHL 1/8 finali, birinchi o'yin.
Stadion: «Old Trafford», Manchester.
Boshlanish vaqti: 20:00 BST (01:00 UzT).

Tarkiblar holati

«Manchester Yunayted»

Mankunianliklar ushbu o'yinga jangavor tarkib bilan etib kelishdi. Hozirda asosiy tarkib futbolchilari hisoblanmayotgan Valensiya, Darmian va Roxoda jarohatlar bor. SHu boisdan ular bugungi bahsda maydonga tushishmaydi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Roxo, Valensiya, Darmian.
O'yinga qaydnoma: De Xea, Romero, Grant - Smolling, Bayi, Jons, Lindelof, SHou, Yang, Dalot - Pogba, Matich, Errera, MakTominay, Pereyra, Fred - Mata, Lingard, Reshford, Sanches, Lukaku, Marsyal.

PSJ

"Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin Tomas Tuxelda bir necha muammolar bor. Himoyachi Mene, hujumchilar Neymar va Kavani "Old Trafford"da o'ynamaydi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Neymar, Mene, Kavani.
O'yinga qaydnoma: Buffon, Areola, Cibois - Alves, Silva, Bernat, Kurzava, Kerer, Kimpembe, Markinos - Verratti, Paredes, Di Mariya, Draksler, Nkunku - Mbappe, CHoupo-Moting, Diabi.

ECHL 1/4 finali uchun kurashadigan "Manchester Yunayted" va PSJ ilk marta o'zaro bahs olib boradi.

Angliya va Franciya jamoalari bungacha ko'p bora pley-offlarda duch kelishgan. So'nggi 5 qarama qarshilikning 4tasida faqatgina francuzlar keyingi bosqichga yo'llanma olishgan.

PSJ ECHLni C guruhidan boshlagandi. MYU esa H guruhidan chiqdi.

So'nggi yillarda ushbu ikki jamoalarning 1/8 finaldagi natijalari yomon bo'lmoqda. MYU 2013/14 yilgi mavsumdan buyon chorak finalga chiqqanicha yo'q. PSJ esa so'nggi ikki mavsumda aynan shu bosqichdan musobaqani tark etmoqda. Parijliklar 2017 va 2018 yillarda 1/8 finalda "Real" va "Barselona"ga imkoniyatni boy berishdi.

Jamoalar haqida faktlar

"Manchester Yunayted"

Mankunianliklar 11 marta 1/8 finalda maydonga tushadi (6 g'alaba, 4 mag'lubiyat). Umumiy olganda ushbu jamoa 18-marta ECHL pley-off bosqichiga chiqdi. MYU bu bosqichda o'tgan ilk o'yinlarning ikkitasida mag'lub bo'lgan. Keyinchalik esa 1/8 finaldagi 7 o'yinning 6tasida g'alabaga erishdi. O'tgan mavsumda esa jamoa "Sevilya" to'sig'idan o'ta olmadi.

2017/18 yilgi mavsumda mankunianliklar "Sevilya"ga qarshi ilk o'yinda durang o'ynagan bo'lsa-da, javob bahsida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. SHu orqali jamoaning "Old Trafford"da evrokuboklardagi 21 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Undan oldingi mag'lubiyat esa 2012/13 yilgi mavsumda "Real"ga qarshi o'yinda qayd etilgandi.

Demak, "Manchester Yunayted" ushbu bosqichdagi so'nggi 3 o'yinning ikkitasida mag'lubiyatga uchradi. Umumiy hisoblaganda "Yunayted"ning ushbu bosqichdagi uy o'yinlari statistikasi shunday ko'rinish olgan: 6 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat.

"Manchester Yunayted" ushbu mavsum ECHL doirasidagi dastlabki ikki uy o'yinida g'alabaga erisha olmadi - 0:0 "Valensiya", 0:1 "Yuventus". 5-turda esa "Yang Boyz" qiyinchilik bilan taslim qilindi, 1:0.

"Yunayted"ning ECHLdagi 57 foiz goli 85-daqiqadan keyin kiritildi (7tadan 4tasi).

"Old Trafford"da bu mavsum ECHLda juda kam gol urildi - 3 o'yinda 2 gol. "Valensiya"ga mag'lub bo'lganiga qaramasdan "Yunayted"ning evrokuboklardagi so'nggi natijalari ajoyib ko'rinishda: 16 g'alaba, 5 durang, 5 mag'lubiyat.

PSJ

Parijliklar ketma-ket ettinchi marta ECHLning pley-off bosqichiga chiqmoqda. Bu "Real" (22), "Barselona" (15) va "Bavariya"dan (11) keyingi eng yaxshi natija. Biroq jamoa shu vaqtga qadar yarim finalga chiqish kabi eng yaxshi natijasini takrorlay olishmadi.

2013-2016 yillarda PSJ ketma-ket 4 marta chorak finalga chiqdi, biroq so'nggi ikki yilda "Real" va "Barselona" PSJni 1/8 finalda to'xtatdi.

PSJning 1/8 finaldagi statistikasi - 4 g'alaba, 2 mag'lubiyat.

PSJ Angliya klublari bilan 6 marta pley-off o'yinlarida qatnashgan va shularning 3tasida keyingi bosqichga chiqqan. So'nggi marta PSJ 2015/16 yilgi mavsumda "Manchester Siti" to'sig'idan o'ta olmagandi - 2:2, 0:1. "Siti"ga qarshi javob bahsigacha PSJ evrokuboklarda ketma-ket 22 o'yinda gol urib kelayotgandi.

PSJ bu mavsumda Angliya jamoasiga mag'lub bo'lishga ulgurdi. 1-turda "Liverpul" o'z maydonida PSJni 3:2 hisobida mag'lub etishni uddalagandi.

Uchrashuv hakamlari

Bosh hakam - Daniele Orsato
Qanot hakamlari - Fabiano Preti va Alessandro Kostanco
To'rtinchi hakam - Daniele Doveri
Videoassistentlar - Marko Gvida va Massimiliano Irrati.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика