So’nggi yangiliklar

21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  0 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  3 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  4 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  1 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  7 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  8 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5

Bugun “Manchester Siti” ochko yo'qotadi?! Yangiliklar

Bugun “Manchester Siti” ochko yo'qotadi?!

Raqibning “Real Madrid”ligi va hali umuman zabt etilmagan cho'qqi bosimi hattoki Pepni ham chuqur o'yga toldiradi.

Birozdan keyin (18:00) «shaharliklar» APL 36-turidan o'rin olgan bahsda divizionda qolishga intilayotgan «Everton» bilan to'qnash keladi. Ikki frontda jang qilish ko'plab jamoalarga pand bergan. Pep va uning jamoasi ikki kundan so'ng YCHL yarim finali javob o'yinida «Etihad»da “Real Madrid”ni qabul qilishi lozim. “Manchester Siti” ikkita teng kuchli tarkibga ega deyiladi, ammo asosiy ishlarni hal qiluvchi yigitlar ajralib qolgan. Narigi tomonda «Real» Kamavinga borasida muammoga uchrab bo'ldi. Tabiiyki Pep katta o'yin oldidan yo'qotishlarga uchrashni istamaydi, «Everton» esa premer-ligada qolish uchun jon jahdi bilan harakat qilishni allaqachon boshlab yuborgan. O'tgan turda mavsum kashfiyoti bo'lgan «Brayton» 5-1 hisobida mag'lub qilingani so'zimiz isboti.

«Arsenal»ning bosimi.

Taqibchi «Arsenal» bilan oradagi farq bir ochko va zaxirada bir o'yin bor. Ammo Pep so'nggi turlarda yarador «CHelsi» va «Brayton»ga qarshi o'yinlar borligini biladi, bu esa murabbiyga bo'lgan bosimni kuchaytirishi bor gap. Aksiga olib «Arsenal» omadsiz o'yinlardan keyin o'ziga kela oldi. «To'pchilar» «Siti»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin avval «CHelsi» keyin esa «Nyukasl»ni ishonchli hisobda mag'lub etishdiAPL so'nggi turlarida nimalar sodir bo'lishini hech kim bilmaydi. Ehtimol, bizni dahshatli yakun kutib turgandir. Yuqoridagi faktorlar sabab Pep APLni o'z holiga tashlab qo'ya olmaydi.

 

Ushalmagan orzu.

Bilasiz “Manchester Siti” YCHLda biror marotaba g'olib chiqmagan. Yarim final, ilk uchrashuvdan so'ng ajoyib imkoniyat hosil bo'lgan, «Etihad»da minimal hisobda g'olib chiqilsa bas. Narigi juftlikdagi raqib katta ehtimol «Inter» bo'ladi. Raqibning “Real Madrid”ligi va hali umuman zabt etilmagan cho'qqi bosimi hattoki Pepni ham chuqur o'yga toldiradi. SHu sababdan murabbiy «Real»a qarshi optimal tarkibni qo'yishga intiladi va «Everton»ga qarshi o'yinda etakchilarga dam bersa ajabmas.

 

Jaloliddin

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика