So’nggi yangiliklar

23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  24 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:32"Мальорка" — "Барселона". Педри, Ямал ва Рафинья асосий таркибда  34 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  11 21:12АПЛ. "Тоттенхэм" илк турда йирик ғалабага эришди  2 21:08Виталий Левченко: "Энг зўр мухлислар водийда"  17

Bugun Manchester derbisi. Statistika va qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Bugun Manchester derbisi. Statistika va qiziqarli malumotlar

Bugun, 10 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bahsi bo'lib o'tadi.

Bugungi kunda Manchester derbisi intizorlik bilan kutiladigan o'yinlar orasida "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi "El-Klassiko"dan keyingi o'rinni egallaydi. "Old Trafford"da bo'lib o'tadigan derbiga oid qiziqarli malumot va statistikalarni etiboringizga havola qilamiz.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 1881 yilning 12 noyabrida bo'lib o'tgan. O'sha paytlarda bu ikki klub boshqacha nom bilan atalar edi. "Manchester Siti"ni "Vest Gorton, "Manchester Yunayted"ni esa "Nyuton Xit" deb atashgan. 19 asrda bo'lib o'tgan birinchi derbida "Nyuton Xit" yani "Manchester Yunayted" 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

1947 yil


"Old Trafford" hamda "Etixad" stadionlari orasidagi masofa uzoq emas. Engil mashinada 10 daqiqa ichida birinchi arenadan ikkinchisiga etib olishingiz mumkin.


MANCHESTER DERBISI
JamoalarG'alabaDurangMag'lubiyat
"Manchester Yunayted"725250
"Manchester Siti"505272


Yirik hisob qayd etilgan o'yinlar:

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 1:6 (1926 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:5 (1955 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 5:0 (1994 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 1:6 (2011 yil)


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 10 dekabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasida bo'lib o'tgan. "Etixad"dagi bahsda hisob ochilmagan (0:0).


Manchester derbisida eng ko'p ishtirok etgan futbolchi Rayan Giggz hisoblanadi. "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi 36ta derbida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan.


Manchester derbisi to'purarlari:

FutbolchilarKlubGol
Ueyn RuniManchester Yunayted11
Jo XaysManchester Siti10
Frensis LiManchester Siti10
Bobbi CHarltonManchester Yunayted9
Serxio AgueroManchester Siti8
Kolin BellManchester Siti8
Erik KantonaManchester Yunayted8
Brayan KiddManchester Siti, Manchester Yunayted8
Jo SpensManchester Yunayted8
Pol SkoulzManchester Yunayted7
Dennis ViolletManchester Yunayted7


Sovrinlar:

JamoaLiga g'olibiAngliya KubogiAngliya liga KubogiAngliya SuperkubogiCHempionlar ligasiEvropa ligasiUEFA SuperkubogiKlublar o'rtasidagi jahon chempioni
Manchester Siti45440000
Manchester Yunayted20125213111


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика