So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Bugun jonli efirda O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichiga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun jonli efirda O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichiga qura tashlanadi

23 iyul kuni O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Soat 19:00 da boshlanadigan ushbu marosim avval xabar berilganidek, “Bunyodkor” stadionida rasmiylar va murabbiylar ishtirokida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo yurtimizda karantin qoidalarining kuchaytirilishi bois, bugungi marosimda mehmonlar ishtirok etmaydi. Marosim “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Malumot uchun, guruh bosqichida Coca Cola Superliganing 14 klubi va saralash bosqichida g'olib chiqqan Pro liganing ikki jamoasi ishtirok etadi.

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Guruh bosqichi ishtirokchilari


AGMK
“Andijon”
“Bunyodkor”
“Buxoro”
“Lokomotiv”
“Mashal”
“Metallurg”
“Nasaf”
“Navbahor”
“Oq-Tepa”
“Paxtakor”
“Qizilqum”
“Qo'qon-1912”
“Surxon”
“So'g'diyona”
“SHo'rtan”.

Guruh bosqichida 16 jamoa 4 tadan 4 ta guruhda kurash olib boradi. Qura jarayonida kuchlilar yoki kuchsizlar savatlari bo'lmaydi. Guruhda jamoalar jami 3 tadan o'yinda ishtirok etadi. Mezbon va mehmon maqomini oldindan ko'rsatilgan format bo'yicha qura aniqlab beradi. Qura natijasiga ko'ra, guruhdagi jamoalardan ikkitasi ikki mezbon va bir safar uchrashuvida, yana ikkitasi esa bir mezbon va ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi. Qura yordamida jamoalarning raqibi aniqlanadi. Bunda 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalarga 2-o'rin egalari raqib bo'ladi. Guruhlarda 1-o'rinni egallagan klublar chorak finalni mezbon sifatida, yani o'z uyida o'tkazadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика