So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

Bugun yilning eng muhim o'yini bo'ladi: "Yuventus" - "Barselona" Yangiliklar

Bugun yilning eng muhim o'yini bo'ladi: "Yuventus" - "Barselona"

Germaniyaning Berlin shahrida ECHL 2014/2015 yilgi mavsumni final o'yini "Yuventus" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Berlindagi "Olimpiashtadion"da bugun 2015 yilning eng muhim va markaziy bahsi ECHL final uchrashuvi - "Yuventus" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasida kechadi. Bu jamoalar ushbu mavsumda har tomonlama boshqalardan yuqoriroq daraja va saviyada o'ynashdi va haqli ravishda finalga qadar etib kelishdi. Evropa chempionlar ligasidan tashqari ular o'zlarining ichki chempionatlaridan ham boshqa jamoalarni ortda qoldirishga erishishdi. "Yuventus" Italiya chempionligi va Italiya Kubogi sohibiga aylangan bo'lsa, "Barselona" Ispaniya chempionati va Ispaniya Kubogida muvaffaqit qozondi. Ayni paytda ular Evropada eng kuchli ikkita jamoadan biri bo'lib turishibdi. Bugungi bellashuv hozirda eng kuchli jamoa qaysi ekanligiga rasman javob beradi.




Ko'pchilik finalda "Barselona"ning imkoniyatini juda yuqori baholamoqda. Ularning so'zsiz favorit sifatida takidlashmoqda. Buning uchun sabablar etarlicha topiladi. Bunga turinlik futbolchilar ham qarshi emaslar. "Yuventus" rasmiylari ham bu fikrga qarshi deyarli hech bir chiqish qilishmadi. Ular qog'ozda favorit bo'lmaslikka rozi ekanlarini payqash qiyin ish emas.

Yarim finalga tashlangan quradan so'ng bo'lgan holatda ham "Yuventus"ni chetga chiqarib qo'yishganida ham "g'ing" etmagan turinliklar, musobaqa so'nggiga qadar ikkinchi raqamli jamoa bo'lib turishni o'zlariga ep bilishmoqda shekilli.

Lekin Massimiliano Allegri jamoasining ko'rsatayotgan o'yinlari va qayd etayotgan natijalari ularga nisbatan hurmatni saqlashga majbur etadi.

Italiya chempionati fonida ularga pastroq nazar bilan qarash yaramasligini "Real"ga qarshi kechgan o'yin ko'rsatib berdi. Umamn "Yuventus" Evropa chempionlar ligasining pley-off o'yinlarini juda ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Ular bu bosqichda hozirga qadar biror marta mag'lub bo'lishmadi. Turinliklar hozirga qadar qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan barcha musobaqalarda bosh sovrinni o'zlarini qilib olishmoqda. Bugun ular uchun yana bir imtihon Berlinda bo'ladi.




"Barselona" jamoasi hozirgi kunda eng yorqin o'yin ko'rsatayotgan jamoa sanaladi. Tarkibida Messi-Neymar-Suares kabi "uchlik"ka ega yuqori darajadagi futbolchilari bor jamoa istalgan raqib uchun bosh og'riq hisoblanadi. "Barselona" mavsumning ikkinchi qismini shunchaki fantastik tarzda o'tkazmoqda. Avvaliga Ispaniya primerosida chempionlikni rasmiylashtirgan kataloniyaliklar, keyinchalik ECHL yarim finalida "Bavariya"ni taslim etib finalga yo'l olishdi. Finalga qadar esa o'z sovrinlari sonini yana bittaga oshirib olishga muvaffaq bo'lishdi. Ispaniya Kubogi finalida "Atletik"ni mag'lub etib Ispaniya Kubogi sohibiga aylanishdi. Luis Enrike jamoasi mavsumning birinchi qismida qanchalik ko'p tanqid qilingan bo'lsa, ikkinchi qismida aksincha faqat maqtovlar qurshovida qolib ketmoqda. Ular ko'rsatayotgan o'yin bu maqtovlarga to'liq loyiq. Yana bitta g'alaba va "trebl" rasmiylashtirilishi mumkin. Bu ideal mavsum degani.

Eng asosiysi bu jamoalar finalga o'ynashga haqli va loyiq ekanliklarini mavsum davomida isbotlashdi. Finalda munosiblar o'ynamoqda. Yana bir qiziq tomoni shundaki, yutgan jamoa "trebl"ni (Oltin-xet-trik) qayd etadi.

"Yuventus" va "Barselona" bosh murabbiylari Massimiliano Allegri va Luis Enrike uchun bu mavsum yangi jamoalari rulidagi ilk debyut hisoblanadi. Nima bo'lgan taqdirda ham bu ikkala mutaxassis debyutni yomon o'tkazishmadi. SHunchaki bugungi o'yindan keyin kimdir ideal, ikkinchisi esa undan birozgina pastroq darajada mavsumni yakunlagan bo'ladi.

Yilning eng muhim o'yini nafaqat eng kuchli jamoani, balki ushbu yilning eng kuchli murabbiym nomini ham aniqlab beradi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Finalda imkoniyatlar teng. Kimning shunchaki omadi chopsagina emas, qaysi jamoa chinakamiga kuchliroq ekanligini isbotlay olsa o'sha klub Evropada tengsiz bo'ladi.

Bizni chiroyli va unutilmas final kutayotganiga shubha yo'q.

Qolgani yana bir necha soatlardan keyin Berlindagi "Olimpiashtadion"da o'tkaziladigan finaldan so'ng malum bo'ladi.




ECHL-2014/2015 mavsumi.

Final.

"Yuventus" (Italiya) - "Barselona" (Ispaniya)

Berlin, "Olimpiashtadion" stadioni.

Bosh hakam: Juneyt CHaqir (Turkiya)

Boshlanish vaqti: 23:45 ("NTV", "NTV PLYUS Futbol")

Taxminiy tarkiblar:

"Yuventus" - Buffon, Barcali, Bonuchchi, Lixtshtayner, Evra, Pogba, Pirlo, Markizio, Vidal, Teves, Morata.

"Barselona" - ter SHtegen, Alvesh, Pike, Maskerano, Alba, Inesta, Buskets, Rakitich, Messi, Neymar, Suares.


- Ushbu jamoalar evrokuboklarda jami 8 marotaba o'zaro duch kelishgan. SHularning to'rttasida "Yuventus"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, "Barselona" ikki bor g'alaba qozongan va yana ikkita o'yinda durang qayd etilgan.


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика