So’nggi yangiliklar

13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  13

Bugun Italiyada Indzagi - Gattuzo "to'qnashuvi" Yangiliklar

Bugun Italiyada Indzagi - Gattuzo "to'qnashuvi"

Bugun Italiya A seriyasi 13-turidan o'rin olgan "Lacio" - "Milan" uchrashuvi bo'lib o'tadi.


«Milan»ning chempionatdagi ketma-ket g'alabali seriyalaridan so'ng Gattuzoni rosa maqtashdi. Ammo shuni aytish kerakki, qo'lga kiritilgan g'alabalar hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda qayd etildi va bu jamoa o'yinida keskin o'zgarish yuzaga kelgani yo'q.

«Milan» mag'lub etgan «Sampdoriya», «Jenoa» va «Udineze» o'sha paytda o'zlarining optimal sport formalarida emasdi. «Milan» turnir jadvalida ECHLga yo'llanma beruvchi hududda ham bo'lishga ulgurdi, ammo o'shanda ham muammolar hali bartaraf etilgani yo'qligini ko'rsatib turgandi.



«Yuventus» bilan bo'lgan bahs buni amalda yana ko'rsatib berdi. Ustiga-ustak o'sha o'yinda jamoa to'purari Gonsalo Iguain qizil kartochka olishi bugungi to'qnashuvda ham «Milan»ga qo'shimcha qiyinchilik taqdim etadi.

«Lacio»ga qarshi «Milan» asosiy «snayperi»siz qiynalib qolishi aniq. Biroq bu Gattuzo oldida turgan yagona muammo emas. Gap shundaki, yaqindagina jarrohlik stoliga yotgan Bonaventura mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi. Lukas Bilya yaqin 4 oy davomida jamoaga yordam berolmaydi. Lazaretni shuningdek yana uch markaziy himoyachilar: Mattia Kaldara, Mateo Musakko va Andrea Romanoli to'ldirib turishibdi. Bu esa Gattuzoni yana taktik sxemani o'zgartirishga majbur qiladi. «Lacio»ga qarshi Gattuzo katta ehtimol futbolchilarni 3-4-3 joylashuvi asosida maydonga tushiradi. «Milan»ning mazkur sxemasi ishonchli o'yinni kafolatlamaydi. SHundoq ham «Milan» chempionatda 16ta gol utkazib yuborib eng kam gol qo'yvorgan jamoalar ichida 11-o'rinni egallab turibdi.



«Lacio» joriy mavsumda mavsumda faqatgina «Yuventus» va «Napoli» darvozasiga yo'l topa olmadi. Qolgan uchrashuvlarda rimliklarning hujum chizig'i uyaltirmayapti. Ammo bu «Lacio»ga jiddiyroq vazifalar uchun kurashishga etarli bo'lmayapti. Jamoa o'zidan kuchliroq yoki turnir jadvalida teparoq turgan raqiblar bilan muammolarga duch kelmoqda. Ammo turnir jadvalida o'zidan pastki o'rinda borayotgan jamoalarga qarshi ishonchli o'ynab, ochkolar hisobini oshirib borishmoqda. «Milan» esa buni ham uddalay olmayapti.

«Lacio» ayni paytda o'yin jihatidan ham, ruhiy taraflama ham «Milan»dan ustunroq ko'rinmokda. Bu esa ularga mazkur bahsda favorit nomini beradi.


Taxminiy tarkiblar:

«Lacio»:
Strakosha – Uollas, Acherbi, Radu – Marushich, Parolo, Badel, Lulich – Luis Alberto, Milinkovich-Savich – Immobile

«Milan»: D. Donnarumma – Abate, Sapata, Rodriges – Kalabriya, Kesse, Bakayoko, Laksalt – Suso, Kutrone, CHalxanoglu




Lazio

Joaquin Correa - 90'

Serie A . 13-tur

25/11/2018, 22:00

1
:
1
Tugadi

AC Milan

Wallace - 78'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 38000 tomoshabin

Bosh hakam: Luca Banti

45'
90'
33'  Sergej Milinkovic-Savic
64'  Luis Alberto (Joaquin Correa)
65'  Sergej Milinkovic-Savic (Jordan Lukaku)
82'  Stefan Daniel Radu (Felipe Caicedo)
90'  Joaquin Correa
78'  Wallace
87'  Gianluigi Donnarumma


SHahboz Beg'amov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика